Mavzu: mehmonxona xo'jaligida innovatsion faoliyatni qo'llash zarurligi va innovatsiya turlari mundarija: kirish I bob mehmonxona xo'jaligida innovatsion faoliyatning nazariy asoslari




Download 290,5 Kb.
bet5/11
Sana14.05.2024
Hajmi290,5 Kb.
#233430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MEHMONXONA XO\'JALIGIDA INNOVATSION FAOLIYATNI QO\'LLASH ZARURLIGI VA INNOVATSIYA TURLARI..2

Usulga tegishli ixtiro - moddiy ob‘ekt ustida ashyoviy vositalar orqali harakatlar jarayoniga tegishli ixtiro. Uning patent talablari quyidagilardan iborat:







1
Turizm- alohida iqtisodiy tarmoq rivojlanishi iqtisodiy qonunlarga ega bo`lgan xizmat ko`rsatuvchi tarmoq bo`lib o`ziga ko`p tashkilotlarni biriktirgan faoliyat ko`rsatuvchi sohadir. O`zbekiston Respublikasining turizm to`g`risidagi qonunida turizm jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog`lomlashtirish, ma`rifiy, kasbiy- amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda haq to`lanadigan faoliyat bilan shug`ullanmagan holda 1 yildan oshmagan muddatga jo`nab ketishi yoki sayohat qilishidir. Savdogarlarning karvon tuzib boshqa davlatlarga sayohat qilishi ham turizmga mansub bo`lib, ularning maqsadi savdo-sotiq hisoblangan. Olimlarning turizm to`g`risidagi fikrlarini asosan quyidagicha guruhlarga bo`lish mumkin: turizm bu dunyoni bilish mexanizm; turizm bu savdo-sotiq qilish usuli; turizm bu foyda olish manbai; turizm bu madaniyatni oshirish yo`li; turizm bu bilim olish usuli; turizm bu valyuta ishlash manbai. Sayyohlik yo`nalishlari va turlaridan shopping turizm uchun asosan Polshadan, shuningdek, Angliya, Fransiya, Germaniya alp tog`i, Fransiya va o`rta dengiz sohillari yo`nalishida joylashganligi sabab tranzit turizmning rivojlanganligi hamda savdo ko`zgazmalari` konferensiyalarning yaxshi yo`lga qo`yilganligi bu turizm rivojiga turtki bo`ladi. O`zbekiston Germaniya munosabatlari 1993-yil aprelda Bonn shahrida O`zbekiston elchixonasining ochilishi bilan aloqalar o`rnatildi 1995-yil Shtutgart shahrida Linden muzeyida O`zbekiston Buyuk ipak yo`li merosi ko`rgazmasining ochilishi esa hamkorlik aloqalarini mustahkamladi. Italiyada sayyohlik yo`nalishlaridan klassik turizm- Rim, Vatikan, Neapol, Pompey, Florensiya, Venetsiya, Milanda har yili 30 mln atrofida turistlar tashrif buyurishadi. Shop turizm rojdestvo bayrami, tog` chang`isiga mo`ljallangan kurortlarda, an`anaviy oshxonalari bilan mashhur. Turistik resurslar rivojlanish, ularga etib kelishni asoslashtirish va foydalanish uchun qulay qilish kapital investitsiyalarini talab qiladi. Ba‘zi hollarda kerak bo’lgan investitsiya miqdori shuqadar yirik bo’ladiki, individual biznesmen yoki xususiy soha vakillari bunday imkoniyatlarga ega bo’la olmaydi. Masalan turistik ob‘ektni suv bilan ta‘minlash, kommunal xizmatlarni tashkil etish, suv oqava tizimi va avtomagistrallar qurish juda qimmat turadi va davlat yordamiga muhtoj bo’ladi. Bunday vositalarga shaharlashgan joylarda etishish oson, biroq qishloq joylarida va izolyasiyalangan joylarda ular maxsus yaratilishi lozim. Hukumat organlari suv quvurlari, yo’l avtomobil to’xtash joylari, savdo markazlari, konsert zallari kabilarning qurilishiga o’z mablag’larini ajratayotib, bunda yangi ish joylarni yaratilishini va kelgusida olinadigan soliqlar hisobidan keluvchi daromadlarni inobatga olishadi. Turistik bozorda yanada raqobatbardosh bo’lishi uchun sayyohlarga yanada yoqimli, qulay, shinam xizmatlar ko’rsatish, yangi talablar bilan chiqish hamda sayyohlarni turistik ob‘ektda yanada ko’proq qolishga undab, shu yo’l bilan ko’proq daromadlarga olishga intilishadi. Turizmda qo’hna bir aforizm mavjud: «ular qanchalik ko’p turishsa, shunchalik ko’p sarflashadi». SHunday qilib, hozir ham bunday sanoatda sayyohlarni ko’prok turishga undash hollari uchrab turadi. Idial holatda, taklif etilayotgan uskunalar va jalb etuvchilar ob‘ekt joylashgan joyning tabiiy resurslarini to’ldiradi: otel va motellar mahaliy arxitektura va atrof muhit rel‘efi bilan uyg’unlashtirib ketadi; do’konlar mahaliy urf-odat va hunarmandchilikka urg’u berishadi; sayohatchilarga nisbatan ortiqcha rasmiyatchilik bo’lmaydi; sayohatchilar mahaliy hayotning kundalik tashvishlariga to’la bo’lgan bozorlariga bevosita kira olishadi. Shuningdek, jalb etuvchi tashkilotchilar mahaliy tabiiy resurslar va urf-odatlarni saqlab qolish hamda maorif va tadbirkorlik borasida qo’shimcha ishlar olib borishadi. Masalan, qirg’oqqa yaqin shaharlarda dengiz hayotini aks ettiruvchi ekspozitsiyalar yaratiladi; tarixiy shaharlarda muzey va ekskursiyalar tashkil etiladi; sanoat markazlarida industirial merosga e‘tibor berishadi (G’ijduvonda qadimiy kulolxonalar qayta tashkil etilgan, Samrqandda qadimiy usulda qog’oz ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan, Deyton shahrida milliy aviatsiya muzeyi qurilgan). Afsuski ba‘zi, turistik mehmonxonaga uning turistik muhitidan farq qiluvchi monotonlik va past sifat beriladi. Biroq, ba‘zi hollarda qo’lbola jalb etuvchilarning sifati tabiiy resurslarga etarlicha raqobatlasha oladi: Disneylend, Evrodisney va Disneyvourld kabi qo’lbola jalb etuvchilar ko’plab shakllarga ega bo’lishlari mumkin: Yangilikni olib kirishni konstruksiyalash yordamida ta‘lim muassasalari darajasida, region va mamlakat miqyosida ta‘lim tizimining rivojlanishini boshqarish mumkin. Pedagogik yangiliklar kiritishni tiplarga ajratishni asoslash, yangilik kiritishni rivojlanishidagi o’ziga xoslik va qonuniyatlarni o’rganish yangiliklarni kiritishga yordam beruvchi yoki to’sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash va tahlil qilish imkoniyatlarini ko’rsatib beradi. Innovatikadagi tayanch tushuncha innovatsion jarayondir. Innovatsion jarayonlar ta‘limda uchta asosiy: ijtimoiy-iqtisodiy, pedagogik-psixologik, tashkiliy boshqaruv jihatdan qarab chiqiladi. Ushbu jihatlardan innovatsion jarayonlar kechadigan umumiy muhit va shart-sharoitlar ma‘lum ahamiyat kasb etadi. CHunki mavjud shart-sharoitlar innovatsion jarayonlarga yordam berishi yoki to’siq bo’lishi mumkin. Innovatsion jarayon stixiyali yoki ongli boshqaruv xarakterida namoyon bo’ladi. YAngilikni kiritish – eng avval, o’zgarishlarni, sun‘iy yoki tabiiy jarayonlardagi o’zgarishlarni boshqarish vazifasidir. Bu o’rinda innovatsion jarayonlarni uchta jihati: yangilikni yaratish, o’zlashtirish va qo’llashni e‘tiborga oliщ zarur. Aynan mana shu uch tarkibli innovatsion jarayon 34 pedagogik innovatikada o’rganish sohasi bo’lib, didaktikada esa tadqiqot ob‘ekti hisoblanadi va u o’qitish jarayoni hamdir. Boshqa tizimli tushuncha – innovatsion faoliyat ta‘limning u yoki bu darajasida innovatsion jarayonni ta‘minlovchi kompleks qo’llaniladigan chora-tadbirlar jumlasiga kiradi. Bu o’rinda o’qitish jarayoni ham ana shu tadbirlarning uzvi sifatida ishtirok etadi. Innovatsion faoliyatning asosiy funksiyalariga pedagogik jarayon komponentlarining o’zgarishlari, jumladan: mohiyat, maqsad, ta‘lim mazmuni, shakl, metod, texnologiya, o’qitish vositalari, boshqarish tizimi va boshqalar kiradi. Innovatika pedagogikaga madaniyatshunoslik, lingvistika, iqtisodiyot sohalaridan kirib keldi. SHuningdek, an‘anaviy va ba‘zan tanqid qilinuvchi o’zaro bog’liqlikni xarakterlovchi tatbiqiy innovatikadan ham kirib kelgan (fan ishlab chiqadi va amaliyotda qo’llaniladi). So’nggi yillarda e‘tiborga olinayotgan sub‘ektning o’z ta‘limini loyihalashdagi rolini oshirishni belgilovchi shaxsiy yo’nalishli pedagogik paradigmaning rivojlanishiga yuqoridagi fikr zid keladi. Pedagogikadagi innovatsiya jarayoniga iktisoddagi, ishlab chiqarish va ishbilarmonlikdagi sohalarni mexanik tarzda olib o’tish mumkin emas. Pedagogika faniga shaxs to’g’risida bahs yurituvchi fan sifatida qaralganda, uning ob‘ekti – o’rganuvchi shaxsga to’g’ridan-to’g’ri tashqi ta‘sirni yuzaga keltirmasdan, balki ta‘limni yangilash nuqtai nazaridan olib, o’quvchining bevosita ishtirokida amalga oshirishni taqozo etadi. Ayni shu holat pedagogik innovatikaning ob‘ekti va bahs mavzusini aniqlashda muhimdir. Xuddi shu masala pedagogik innovatikaning nazariy-metodologik asosini yaratishning bosh asosi bo’lib xizmat qiladi. YUqoridagilarga tayangan holda, pedagogik innovatsiya tushunchasi ostida pedagogik innovatsiya fani tabiati, uning yaralishi va rivojlanishi qonuniyatlarini ta‘lim sub‘ektiga munosabatda o’tmish va kelajak an‘analari bilan o’zaro bog’liqlikda tushunamiz. Pedagogik innovatikaning ob‘ekti va predmetini quyidagicha izohlash mumkin: Pedagogik innovatika ob‘ekti – ta‘limda innovatsiyaning paydo bo’lishi, rivojlanishi va o’zlashtirish jarayoni sifatida tushuniladi. Bu o’rinda innovatsiya so’zi ostida ta‘limga yangi elementlarni olib kiruvchi va natijada uni bir holatdan boshkasiga o’tishga olib keluvchi maqsadga 35 muvofiq o’zgarishlar tushuniladi. Pedagogik innovatika predmeti - ta‘limda sub‘ekt - shaxsning yuzaga kelishiga yo’naltirilgan innovatsion ta‘lim faoliyatidagi tizimli munosabatlar tushuniladi (bular o’quvchi, pedagog, administrator - har biri sub‘ektning shaxs sifatida ishtirokini ta‘minlashga qaratilgan. Bugungi kunda innovatsion o’zgarishlar quyidagi yo’nalishlarda: yangi ta‘lim mazmunini shakllantirish; yangi o’kitish texnologiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish; yangi dasturlarni o’zlashtirishning metod, usul, vositalarini qo’llash; o’qitish jarayonida shaxsning o’z-o’zini aniqlashi uchun shart-sharoitlar yaratish; o’qituvchi va o’quvchi faoliyati tashqi ko’rinishini o’zgartirish, ularning o’zaro munosabatlarida o’zgarishlar yasash, ijodiy innovatsion jamoani shakllantirish, maktab, o’rta maxsus va oliy ta‘limni yaratish va rivojlantirishni amalga oshirishni taqozo etadi. Ta‘limda innovatsion jarayonlarni tadqiq etish bir qator nazariy-metodologik muammolarni keltirib chiqarmoqda: jumladan, an‘anaviylik va innovatsiyadagi o’zaro munosabatlar, mazmun va innovatsion sikl bosqichlari, ta‘limda turli sub‘ektlarning innovatsiyaga munosabati, innovatsiyalarni boshqarish, kadrlar tayyorlash, ta‘limdagi yangiliklarni baholash mezonlarini asoslash va boshqalar. Bu muammoalarni hal etish esa boshqa, yuqori darajadagi metodologiyani yaratishni taqozo etadi.
CHunki, har bir sohaning rivojlanishi ma‘lum bir asos, fundament (metodologiya)ga ko’ra amalga oshirilishini hisobga olsak, pedagogik innovatika fan sifatida o’zining asosiga (metodologiyasiga) ega bo’lishi ham zaruriy shartdir. SHu jihatdan qaralganda, pedagogik innovatikaning metodologik asosini yuzaga keltirish o’ta dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda pedagogik innovatika metodologik tadqiqotning alohida yo’nalishi hisoblanadi. Ta‘limiy innovatsiyani ilmiy jihatdan asoslash mavjud metodologik bazaga tayanishni talab etadi. Buning uchun umumiy pedagogikaga taalluqli metodologiyaga aloqador bo’lgan ilmiy apparatdan foydalanish maqsadga muvofiq. Pedagogikada metodologiya nimani bildiradi? Bu borada filosoflar, metodologiya bilan shug’ullanuvchilar, pedagoglar o’rtasida turlicha qarashlar mavjud. Ta‘limda innovatsiyaning faoliyatli mohiyati va ularni o’qish shaklida ifodalash zarurati pedagogik innovatika metodologiyasini anglashda ma‘lum talablarni, ya‘ni o’zaro uzviy ikki jihatni - o’qish va faoliyatning o’zaro birligini taqozo etadi. Bu ikki o’zaro bog’liqlikdagi tomonlarni e‘tiborga olib pedagogik metodologiyani aniqlashga harakat qilamiz. M.N.Skatkin fikricha, pedagogika metodologiyasi «Pedagogik xaqiqatni ifodalovchi pedagogik nazariyaning asosi va tuzilishi to’g’risida bilimlarni o’zgartirishga yondashish prinsipi va usullari to’g’risidagi bilimlar tizimi». V.V..Kraevskiy tomonidan keyinchalik rivojlantirilgan fikrga ko’ra: «Maxsus ilmiy pedagogik tadqiqotlarning sifatini baholovchi bilimlar va dasturlarni asoslovchi faoliyat tizimidir» . YUqoridagilarni umumlashtirgan holda shunday deyish mumkin: pedagogik innovatika metodologiyasi pedagogik yangiliklarni yaratish, o’zlashtirish va qo’llashga aloqador bo’lgan asos va tuzilish to’g’risidagi bilimlar va faoliyatlar tizimidir. Demak, pedagogik innovatika metodologiyasi sohasiga bilimlar va shunga muvofiq faoliyatlar tizimi kirib, u nazariy ta‘limot uchun xarakterli bo’lgan o’ziga xos prinsiplar, qonuniyatlar, asosiy tushunchalar va ular o’rtasidagi bog’liqliklar, vositalar, qo’llash sohalari va chegaralarini o’rganadi, izohlaydi va asoslaydi. Pedagogik innovatiSa va uning metodologiyasi ta‘limni modernizatsiyalashda tahlil etish, asoslash va loyihalashda zaruriy vosita bo’lib xizmat kilishi mumkin.
Bunday global innovatsion jarayonlarni ilmiy asoslash esa ma‘lum ishlanmalarga muhtojdir. Juda ko’plab yangiliklar: jumladan, umumiy o’rta ta‘limda ta‘lim standartlari, barcha ta‘lim tizimini modernizatsiyalash, kasbiy yo’nalishli ta‘lim, yagona davlat imtihonlari va boshqalar innovatsion pedagogik yondashuvda qarab chikilmagan va unda ma‘lum yangiliklarni o’zlashtirish va qo’llash jarayonidagi yaxlitlilik va tizimlilik ko’zga tashlanmaydi. SHuningdek, innovatsion jarayonlarning ta‘lim muassasalarida boshqaruvini hisobga olish, uzluksiz innovatsion harakatlarni, pedagogik shart-sharoitlarni ishlab chiqish borasida ham nazariy asoslarni yaratish zarurati e‘tiborga olinmog’i zarur. Innovatsion jarayonlar maxsus kadrlarni: pedagoglarni, boshqaruv sohasi kadrlarini, ta‘lim menedjerlarini, yangi ish sohasiga loyiq kadrlarning yangi avlodini yaratish kerakligini ko’rsatmokda. YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib, pedagogik innovatsiyalarni tiplarga ajratish muammosini 37 ko’rib o’tish kerak. Aytilganlarni e‘tiborga olgan holda 10 ta blokdan iborat bo’lgan pedagogik yangilik tizimini taklif etish mumkin. Har bir blok alohida asos va differensial yondashuvga ko’ra shakllanadi. Asoslar pedagogik yangiliklarning quyidagi parametrlari bo’yicha ishlab chiqiladi: fan tuzilishiga, ta‘lim sub‘ektiga, amalga oshirish shartlari va yangiliklar xarakteriga munosabat nuqtai nazaridan qarab chiqiladi. Ishlab chiqilgan tizim (sistematika) bo’yicha pedagogik yangiliklar quyidagi tiplar va mayda tiplarga bo’linadi:
1. Ta‘lim tizimining tuzilmaviy aloqadorligi bo’yicha yangiliklar maqsadlarda, vazifalarda, ta‘lim va tarbiyaning mazmunida, shakllarida, usullarida, o’qitish texnologiyalarida, o’qitish va ta‘lim vositalarida, diagnostika tizimida, nazoratda, natijalarni boshqarish va boshqalarda;
2. Ta‘lim sub‘ektining shaxsiy yondashuviga ko’ra o’quvchi va pedagog qobiliyatlarining rivojlanishi sohasida, ularning bilim, ko’nikma va malakalari, faoliyat usullari, layoqatlilik sohasidagi rivojlanishida;
3. Pedagogik qo’llanish sohasi bo’yicha: o’quv jarayonida, o’quv kursida, ta‘lim sohasida, ta‘lim tizimi va darajasida, o’qitish tizimi darajasida, ta‘limni boshkarishda;
4. Pedagogik jarayon ishtirokchilarining o’zaro faoliyatidagi tiplar bo’yicha: jamoaviy o’qishda, guruhli o’qishda, alohida o’qishda, repetitorlikda, oilaviy o’qishda va boshqalarda;
5. Funksional imkoniyatlari bo’yicha: sharoitlarga yangiliklar (ta‘lim muhitini, ijtimoiy-madaniy sharoitlarni va boshqalarni yangilash), pedagogik vositalar, loyihalar, texnologiyalar va boshqalarga yangiliklar kiritish, boshqaruvdagi yangiliklar (ta‘lim tizimi tuzilishida, boshqaruv faoliyatiga ularning faoliyatini yaxshilashni ta‘minlovchi yangi taklif va qarorlar)da;
6. Amalga oshirish (yo’lga qo’yish) usullari bo’yicha: rejali, tizimli, davriy, stixiyali, tasodifiy;
7. Tarqalish ko’lami bo’yicha: bitta pedagog faoliyatida, pedagoglarning metodik birlashmalari, maktab, maktablar guruhi, region, viloyatlar bo’yicha, xalqaro darajada;
8. Ijtimoiy pedagogik ahamiyati bo’yicha: ma‘lum tipdagi ta‘lim muassasalarida, pedagoglarning aniq kasbiy-tipologik guruhlari uchun;
9. Novatorlik tadbirlarning hajmi bo’yicha: tor doirada, ommaviy, global ko’rinishda;
10. O’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin daraja bo’yicha: korrektirovkali, modefikatsiyalash, modernizatsiyalash, radikal, inqilobiy ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin. Taklif qilingan sistematika turlicha tavsiflarga, turlicha bloklarga ega bo’lishi mumkin. Masalan, o’quvchilardagi ta‘limiy refleksiya bo’yicha innovatsiya o’qitishni diagnostika qilish tizimiga munosabat nuktai nazaridan ham, o’quvchilar faoliyat usullarini rivojlantirish, o’quv jarayonida qo’llash ko’lami yoki usuliga ko’ra ham, sharoitga yangilik kiritish va shu kabi boshqa jihatlardan ham tavsiflanishi mumkin.

Download 290,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 290,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: mehmonxona xo'jaligida innovatsion faoliyatni qo'llash zarurligi va innovatsiya turlari mundarija: kirish I bob mehmonxona xo'jaligida innovatsion faoliyatning nazariy asoslari

Download 290,5 Kb.