Mehmonxonalarda innovatsiyani amalga oshirish jarayonlari va ularning samaradorligi




Download 290,5 Kb.
bet7/11
Sana14.05.2024
Hajmi290,5 Kb.
#233430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MEHMONXONA XO\'JALIGIDA INNOVATSION FAOLIYATNI QO\'LLASH ZARURLIGI VA INNOVATSIYA TURLARI..2

2.2. Mehmonxonalarda innovatsiyani amalga oshirish jarayonlari va ularning samaradorligi
Hayotimizga innovatsion texnologiyalarning kirib kelishi, xizmatlarga bo‘lgan talabning o‘zgarishi, transport vositalarining rivojlanishi, qatnovlar geografiyasining kengayishi va boshqa bir qancha omillar mehmondo‘stlik industriyasi korxonalari xizmatlarining taklifida nafaqat miqdor o‘zgarishlari, balki sifat o‘zgarishlari xam yuz berishiga sabab bo‘ldi. XVII asrga kelib shahar va qishloqdagi joylashtirish vositalari o‘rtasida xizmatlar to‘plami bo‘yichagina yemas, balki narxlar bo‘yicha ham farqlar bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Qishloqdagi joylashtirish vositalari orasida karvonsaroylar va qahvaxonalarni ajratish mumkin. Ular odatda tunash uchun joy va nonushta taklif qilganlar. Shaharda asosiy joylashtirish vositalari mebel bilan jixozlangan xonalar, pansionlar va mehmonxonalar bo‘lgan.
XIX asr oxiriga kelib yirik shaxarlarda zamonaviy qulayliklar: kanalizatsiya, issiq suv ta’minoti, markaziy isitish sistemasi, ko‘targich mashinalar (liftlar), nomerlarda elektr toki va hokazolar mavjud bo‘lgan ko‘p qavatli mehmonxonalar paydo bo‘ladi. Bunday mehmonxonalar qatoriga 1862-yilda ochilgan Parij “Grand oteli” xam kiradi. Mazkur mehmonxonaning texnik jixozlanishi va bezaklari o‘z miqyosiga ko‘ra Evropada yagona edi.
“Oltin asr” davrida boshqaruv nazariyasi xarajatlarni qisqartirish va xizmatlar sifatini oshirish bilan bog‘liq masalalarni chetga surib qo‘yadi, asosiy ye’tiborni narxlarga qaratadi. O‘sha davr Yevropaning deyarli barcha mamlakatlari iqtisodiyotiga xos bo‘lgan omil – inflyasiya ko‘chmas mulk qiymatini ko‘paytirar, mehmonxonalar yesa turmush darajasining o‘sishiga muvofiq ravishda mehmonxonada yashash narxlarini oshirar yedi. Bularning barchasi mehmonxona biznesiga mablag‘lar kiritgan investorlarga daromad olish imkoniyatini berardi. Ammo xukumatlar inflyasiyaga qarshi olib borgan siyosat kapitallarni ishga solish soxalarida o‘zgarishlar yuz berishiga olib keladi: yendilikda ko‘chmas mulk qurilishiga mablag‘lar kiritish avvalgidek foydali yemas. Yangi iqtisodiy vaziyat mehmonxonalarning menejerlarini korxonalarni rivojlantirishning yekstensiv yo‘lidan voz kechish va daromad olish uchun intensiv yo‘ldan foydalanishga majbur qiladi. Ya’ni rentabellikni ta’minlash yo‘li sifatidagi mehmonxonada yashash narxlarini oshirish o‘rnini mehmonxonaning ish samaradorligi o‘sishini ta’minlash zaruriyati yegallaydi. Mehmonxonalar industriyasi 1980-yillarning oxirida amalda duch kelgan qiyinchiliklar samaradorlikni oshirishning yangicha usullaridan foydalanishni talab qildi. Mazkur usullar orasida iste’molchilar talabini kuchaytirishga qaratilgan texnik usullarni va boshqaruv yangi shakllarini amalga joriy yetishga asoslangan tashkiliy-boshqaruv usullarini qayd yetish mumkin. Franchayzing va kontrakt mehmonxona biznesida boshqaruvning ayniqsa keng tarqalgan shakllari xisoblanadi, lekin ular Yevropadan ham ko‘ra ko‘proq Shimoliy Amerikada keng qo‘llaniladi.
Tabiiyki, xar bir mehmonxona o‘z tashkiliy tuzilma xususiyatlariga yegadir. Masalan, bronlashtirish bo‘limi tijorat bo‘limi tarkibiga kirishi, xaridlar bo‘limi yesa moliyaviy direktorga bo‘ysundirilishi, rasmiy ziyofatlar xizmati ovqatlanish xizmatiga qo‘shilishi mumkin. Ba’zida bosh oshpaz bevosita bosh direktorga bo‘ysunadi, ovqatlanish xizmati menejeri yesa faqat ofitsantlarga boshchilik qilishi mumkin, xolos.
Otel kategoriyasiga bog‘liq xolda uning boshqaruv tuzilmasida tegishli bo‘linmalar vujudga keladi, masalan, biznes markaz, fitness markaz, shifokor (ba’zan minipoliklinika). Kurort mehmonxonasida «dam olish bo‘yicha direktor» lavozimi mavjud. Angliya mehmonxonalarida qabul qilingan boshqaruv sxemasining o‘ziga xosligi shundaki, qabul qilish xizmati (Front offits) xo‘jalik xizmati direktoriga bo‘ysunadi, qabul qilish xizmatida ayrim bo‘linmalarga katta xodimlar, masalan, katta telefonist, katta xammol, katta kassir, axborot xizmati kattasi, bronlashirish xizmati kattasi va boshqalar raxbarlik qiladi.
Yirik yuqori toifali mehmonxonalarda, boshqaruv pog‘onalarining soni ortadi. Bosh direktor, nomer fondi, ovqatlanish va ma’muriyatlar xizmati bo‘yicha uch nafar o‘rinbosarga yega bo‘ladi. Nomer fondi direktoriga (Front offitse), xo‘jalik xizmati (oqsochlar va jamoat xonalari, kirxona, ximchistka (kiyomviy tozalash xonasi) bo‘ysunadi. Umumiy ovqatlanish bo‘yicha direktorga oshxonalar, restoranlar, barlar, banket xizmati, nomerlarga xizmat ko‘rsatish xizmati (Room servitse) bo‘ysundirilgan.
Maxsus adabiyotlarda mehmonxona bo‘linmalarini muayyan mezonlarga muvofiq u yoki bu guruxlarga birlashtiradilar. Masalan, mehmonxona bo‘linmalarini asosiy, daromadni shakllantiruvchilarga: nomer fondi, restoranlar, barlar va yordamchi: texnika bo‘limi, kadrlar bo‘limi, buxgalteriyaga ajratadilar.
Texnik menejment maqsadi - turistik majmua moddiy-texnika va texnologik bazasi ishlashining ko‘zlangan xolatiga yerishish va mehmonlar uchun texnikaviy komfortni ta’minlash - turistik kompleksning mehmonlar yextiyojiga yuqori darajada javob berish xisobiga maksimal tadbirkorlik samarasiga (maksimal foydaga) yerishishda mujassamlashgan turistik kompleks menejmenti (mehmondo‘stlik menejmenti) umumiy maqsadining tarkibiy qismi sanaladi.
Turistik kompleksning texnik menejmenti - bu, bozor sharoitida texnika-texnologik va iqtisodiy muammolarni xal yetishni nekbinlashtirish, turistik majmua moddiy bazasining ishonchli va sifatli ishlab turishi xamda xizmat ko‘rsatish sifatining tarkib toptiruvchisi sifatida turist uchun texnik qulayliklar yaratish yo‘li bilan turistik kompleks faoliyat ko‘rsatishining strategik maqsadlariga yerishishga qaratilgan turistik kompleks boshqaruv tizimidir.


Download 290,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 290,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehmonxonalarda innovatsiyani amalga oshirish jarayonlari va ularning samaradorligi

Download 290,5 Kb.