|
Mavzu: mehmonxona xo'jaligida innovatsion faoliyatni qo'llash zarurligi va innovatsiya turlari mundarija: kirish I bob mehmonxona xo'jaligida innovatsion faoliyatning nazariy asoslari
|
bet | 2/11 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 290,5 Kb. | | #233430 |
Bog'liq MEHMONXONA XO\'JALIGIDA INNOVATSION FAOLIYATNI QO\'LLASH ZARURLIGI VA INNOVATSIYA TURLARI..2Kurs ishining vazifalari:
Innovatsion faoliyat infratuzilmasi va uning vazifalarini o’rganish;
Mehmonxona xo’jaligida milliy innovatsion tizim faoliyatini qo’llash;
Mehmonxonalarda innovatsion faoliyat turlari, yo’nalishlari va klassifikatsiyasini tahlil qilish;
Mehmonxonalarda innovatsiyani amalga oshirish jarayonlari va ularning samaradorligini tahlil etish.
Kurs ishining maqsadi: Mehmonxona xo'jaligida innovatsion faoliyatni qo'llash zarurligini amaliy jihatlarini yoritish.
Kurs ishining obyekti: Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish tizimida mehmonxona xo`jaligi xizmatlarini ko`rsatuvchi faoliyat bilan shug’ullanadigan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar hisoblanadi.
Kurs ishining o’rganilish darajasi: Mehmonxona sohasi va uning tarkibida mehmonxona xo‘jaligi iqtisodiyotning muhim tarmog‘i sifatida jahon va mamlakatimiz olimlari diqqat markazida bo‘lib kelgan. Jumladan, mazkur muammoning ilmiynazariy va metodologik hamda amaliy muammolari xorijlik olimlardan F.Kotler, Dj.Bouen, Dj.Meykens, Dj.Uoker, L.F.Xodorkov, Yu.F.Volkov, A.D. Chudnovskiy, N.M.Kuldoshina, A.Braymer, A.L.Lesnik, I.P.Matsitskiy, A.V.Chernishev, A.B.Kosolapov, V.A.Kvartalnov, M.V.Yakimenko, A.Ye.Saak, Dj.A.Michelli, L.P.Shmatko, L.V.Jolobova, G.I.Lyashko, D.S.Ushakov, V.G.Fedsov va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan1. Mamlakatimizda turizm sohasi, uning tarkibiy qismi bo‘lgan mehmonxona xo‘jaligi muammolarini tadqiq qilish bilan I.S.Tuxliev, M.K.Pardaev, T.Abdullaeva, M.T.Alieva, X.M.Mamatkulov, R.Haitbaev, D.X.Aslanova, A.Toksanov, A.S.Soliev, B.Ruzmetov, B.Sh.Safarov, M.Alimova, A.N.Xalikulov, N.Muminov kabi iqtisodchi olimlar shug‘ullanmoqdalar. Ushbu iqtisodchi olimlar ilmiy izlanishlarida turizm sohasi va mehmonxona xo‘jaliklarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari, ularning mamlakatimiz va hududlardagi o‘ziga xos xususiyatlari, sohaga innovatsiyalarni joriy qilish va samaradorligini oshirish muammolari o‘z ifodasini topgan. Mazkur tadqiqotlarda mehmonxona xo‘jaligi faoliyatiga oid masalalar turizmning infratuzilmasi sifatida qarab chiqilgan. Sohada xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish masalalari, ularni baholash va tahlil qilish yo‘llari tadqiqot ob’ekti sifatida o‘rganilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: mehmonxona xo'jaligida innovatsion faoliyatni qo'llash zarurligi va innovatsiya turlari mundarija: kirish I bob mehmonxona xo'jaligida innovatsion faoliyatning nazariy asoslari
|