Mavzu: mehmonxona xo'jaligida innovatsion faoliyatni qo'llash zarurligi va innovatsiya turlari mundarija: kirish I bob mehmonxona xo'jaligida innovatsion faoliyatning nazariy asoslari




Download 290,5 Kb.
bet9/11
Sana14.05.2024
Hajmi290,5 Kb.
#233430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MEHMONXONA XO\'JALIGIDA INNOVATSION FAOLIYATNI QO\'LLASH ZARURLIGI VA INNOVATSIYA TURLARI..2

XULOSA VA TAKLIFLAR
Ma‘lumki bugungi kunda jahon iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, izlanishlar, yangilanishlar va o‘z navbatida turli mamlakatlar orasida rivojlanib borayotgan integratsiyalashuv sharoitida zamon bilanhamnafas yashash hayot talabiga aylanib bormoqda. Shuni alohida ta‘kidlab o‘tish joizki turli mamlakatlar o‘z iqtisodiyotini rivojlantirishda , aholi farovonligini ta‘minlashda, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallash maqsadida har jabhada turli tuman chora tadbirlar olib boradilar va bunda ular asosan bilimli, aqlli, dono, dunyoqarashi keng va eng asosiysi intellectual salohiyatga ega bo‘lgan kashfiyotchi, ixtirochi yoxud innovatorlarga ehtiyoj sezadilar. Bunda esa ular o‘ziga xos va mos hamda beqiyos intellekt sohiblari uchun shart sharoit yaratib beradilar shuningdek kerakli jihozlar va eng muhimi moliyaviy jihatdan qo‘llab quvvatlaydilar. Birgina innovatorlar misolida olib qaraydigan bo‘lsak ular o‘zlari ishlab chiqaradigan yangi texnika texnologiya, Tovar va xizmatlar uchun foyda olishni maqsad qilib qo‘yadilar va o‘z navbatida yaratgan mehnat mahsuli orqali jamiyat hayotining yengillashuviga keng qamrovli miqyosda hissa qo‘shadilar. Har qanday innovatorlar guruhi ular qaysi innovatsion loyihaning egasi bo‘lishidan qat‘iy nazar innovatsion mahsulotni yaratishda eng birinchi navbatda fanda o‘tkaziladigan fundamental tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar va tajriba konstruktorlik ishlarini amalga oshiradilar. Innovatorlar innovatsion g‘oya va takliflar, izlanishlar asosida yaratgan mahsulotlarini bozorda sotish ya‘ni mahsulot realizatsiyasini amalga oshirishda bir qancha murakkabliklarga duch keladilar ya‘ni ular o‘z mahsulotlarini bozorga olib chiqib sotish uchun bozorning o‘ziga xos asosiy unsuri bo‘lgan raqobat sharoitida raqobatbardosh tovar va xizmatlar yaratishlari kerak. Innovatsion jarayonlarni hamda innovatsion faoliyatni samarali samarali amalga oshirish uchun innovatsion va ilmiy-texnik soha tashkilotlari tarmog’ini shakllantirish hamda bu turdagi korxonalarning o’ziga xos tasniflanishini yaratish zarurdir. Bevosita innovatsion korxonalar tasniflanishiga o’tar ekanmiz, innovatsion faoliyatning asosiy tashkil etuvchisi bo’lib, uning axborot ta‘minoti hisoblanadi. Buning uchun telekommunikatsion tizimlardan foydalanishni hisobga olgan holda innovatsion faoliyatning avtomatlashtirilgan axborot ta‘minotini yaratish lozim. Innovatsion faoliyatga innovatsion jarayon doirasidagi barcha faoliyat, shuningdek, sotuv bozorlarining marketing tadqiqotlari va yangi iste‘molchilarni qidirish, raqobat muhiti va raqobatchi korxonalar mahsulotlarining iste‘mol xususiyatlari, novatorlik g’oyalari va echimlari qidiruvlari, innovatsion loyihani tadbiq etish va moliyalashtirish bo’yicha hamkorlarni izlash kiradi. Milliy innovatsion tizim (MIT) bu xususiy va davlat institutlari va tashkilotlarining to’ri bo’lib ularning faoliyati va o’zaro xamkorligi yangi texnologiyalarni yaratish, o’zlashtirish, takomillashtirish va tarkatishga olib keladi. Hamma sayyohlarga bir xilda mos kela olmaslikni anglagan holda ko’pchilik turistik ob‘ektlar o’zlarini ommaviy dam olishga mo’ljallangan kurortlar; toza havoda dam olish istovchilar uchun mo’ljallangan joy; kechki faol hordiq chiqaruvchilar uchun mo’ljallangan joy sifatida ko’rsatishga harakat qiladi. Taklif omillari uzi mehmonnavozlik san‘atiga tegishli sanoatga kiradi, mahalliy gudvilga bog’liq bo’ladi, hamda imijni shakllantiruvchi resurs va mahsulotlarni rejallashtirishni talab etadi. Turistik talab va manfaatlarni turligichaligi munosabati bilan turistik ob‘ektlar o’z resurs va imkoniyatlar hamda vositalari bilan qoniquvchi aniq bir bozor segmentiga moslashishga majbur bo’lishadi. Turizm san‘atining taklif jihati ikki asosga tayanadi: jozibadorlik va mehmondorchilik. Turizm resurs san‘atidirki, turistik taklif turistik ob‘ektning tabiiy sharoiti va uning jamoasi egalik qilayotgan madaniy meroslarga bog’liqdir. Savdo qadimiy kasblardan biri bo`lib, bugungi kunda ham o`z qadr – qimmatini yo`qotmagan va kelajakda ham mavjud bo`ladi. Chunki har qanday mahsulotni yoki xizmatni ishlab chiqarish oson agarda uning xaridori bo`lsa. Bugungi kunda millionlab tovar va xizmatlar yaratilgan bo`lib ularning sotuvi ham turlicha. XXI asr axborot texnologiyalar asridir. Hamma sohalarda juda ko`p yangiliklar qilinmoqda. Savdo tizimida ham innovatsion yangiliklar juda ko`p uchraydi. Masalan avval xaridorlar tovarlarni izlab topishgan bo`lishsa, hozir tovar va xizmatlar mijozlarni 56 qidirib topishadi. Rivojlangan mamlakatlarda erkin raqobat shu darajaga yetdiki tovar va xizmatlar savdosi internet tarmog`ida ham sotiladigan bo`ldi. Bir vaqtlar mahsulotlar karvon yo`llari orqali olib kelib sotilgan, savdogarlar qayerda qanday mahsulot sotilishini taxmin asosida bilishgan bo`lishsa, bugungi kunga kelib internet yordamida dunyoning xohlagan nuqtasidan tovar va xizmatlarga buyurtma berishingiz yoki mahsulotlarni sotishda qayerda nimaga qanchalik talab shakllanganligini bilib olish imkonoyati mavjud.
O‘zbekistonning mehmonxonalardagi innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni kiritishni lozim topdim:
– Yosh kadrlarga yaxshiroq ishlash va izlanish kerakligi haqida bilim va ko’nikmalarni berish;
– Milliy qadriyatlarimizni turizmda yanada ko’proq aks ettirish;
– Xodimlarning mijozlarga nisbatan muomalasini yaxshilash;
– Malakali kadrlarni tayyorlash;
– Taomlar va nonushtalarni yangi menyu va reseptlar asosida tayyorlash;
– Madaniy hordiq chiqarish uchun xonalarni barpo etish;
– Mehmonxonalar xonalarining sharoitlarini turist talablariga mos keladigan qilib topshirish;
– Xodimlar bilan ishlash va malakasini oshirish;
– Aloqa va internet tarmog’ini yaxshilash uchun yangi texnika va texnologiyalardan foydalanish;
– Sohaga xorijlik investorlarni jalb qilish va buning natijasida turizm va mehmonxona biznesining iqtisodiyotdagi ulushini yanada oshirish.

Download 290,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 290,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: mehmonxona xo'jaligida innovatsion faoliyatni qo'llash zarurligi va innovatsiya turlari mundarija: kirish I bob mehmonxona xo'jaligida innovatsion faoliyatning nazariy asoslari

Download 290,5 Kb.