|
Mehmonxona xo’jaligida milliy innovatsion tizim faoliyatini qo’llash
|
bet | 4/11 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 290,5 Kb. | | #233430 |
Bog'liq MEHMONXONA XO\'JALIGIDA INNOVATSION FAOLIYATNI QO\'LLASH ZARURLIGI VA INNOVATSIYA TURLARI..21.2. Mehmonxona xo’jaligida milliy innovatsion tizim faoliyatini qo’llash
Milliy innovatsion tizim (MIT) bu xususiy va davlat institutlari va tashkilotlarining to’ri bo’lib ularning faoliyati va o’zaro xamkorligi yangi texnologiyalarni yaratish, o’zlashtirish, takomillashtirish va tarkatishga olib keladi. Hozirgi keskin raqobat sharoitida innovatsion texnologiyalar va ilm-fanni yanada rivojlantirish uchun zarur shart sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega. Bugun zamonning o’zi ushbu masalani siyosatimizni eng muhim yo’nalishlaridan biri sifatida belgilashni taqozo etmoqda. Innovatsion faoliyat qonunchiligi tizimi uch bosqichdan iborat:
1-bosqich: Umumiy fuqarolik qonunchiligi.Unga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksinining ikki qismi va umumiy fuqarolik qonunchiligiga tegishli O‘zbekiston Respublikasi bir qator qonunlari kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fan va texnologiyalarni Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlantirishni muvofiqlashtiruvchi qo‘mita Iqtisodiyot vazirligi Texnologiyalarni transferi bo‘yicha Agentstlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi o‘quv va ilmiy-tadqiqot institutlari kiradi.
2-bosqich: Maxsus innovatsion qonunchiligi. Faqat innovatsion munosabatlarni va innovatsion faoliyatini tartibga soladigan O’zbekiston Respublikasi qonunlari taalluqlidir.
3-bosqich: Qonun osti xujjatlar va vazirliklarni va idoralarni meyoriy jujjatlari. Innovatsion faoliyatini tartibga soladigan O’zbekiston Respublikasi vazirliklarni va idoralarni qarorlari, yo’riqnomalari, qoidalari, farmoyishlari va tavsiyalaridan iborat. Intellektual mulk ob‘ektlari bilan foydalanishni tartibga soladigan asosiy qonunchilik hujjatlarni ro’yxatiga quyidagilar kiradi:
• O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi
• Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida‖ O’zbekiston Respublikasining Qonuni
• Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to’g’risida‖ O’zbekiston Respublikasining Qonuni
• Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonuni
• Seleksiya yutuqlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Qonuni
• Integral mikrosxemalar topologiyalarining huquqiy muhofazasi to’g’risida‖ O’zbekiston Respublikasining Qonuni
• Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma‘lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida qonuni shular jumlasidandir.
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo’lmish fan, adabiyot va san‘at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat‘i nazar, tatbiq etiladi.Ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga bo’lgan huquq patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi. Mualliflik huquqi qo’yidagilarda o’z ifodasini topadi: Mualliflik huquqi ifoda shakliga nisbatan tatbiq etiladi Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni ro’yxatdan o’tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi Fan, adabiyot va san‘at asariga mualliflik huquqi uni yaratish fakti bo’yicha yuzaga keladi. Innovatsiya faoliyati o’ziga quyidagilarni qamrab oladi:
tadqiqotlar va ishlanmalar (ITTKI);
innovatsion faolligini boshqa turlari.
ITTKI o’z navbatida quyidagilardan iborat:
yangi bilimlarni egallash uchun fundamental va amaliy tadqiqotlar va aniq ixtirolarga yoki amaldagi texnik usullarni takomillashtirishga yo’naltirilgan tadqiqotlar;
yangi mahsulotlar yoki jarayonlar konsepsiyasini yoki ularni yaroqlilik va yashash qobiliyatini xilma-xil yangi baholash usullarini ishlab chiqish. Innovatsion faolligini boshqa turlari quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:
mahsulotlarda, jarayonlarda, marketing va tashkillashtirish usullarida o’zgarishlarni yangi konsepsiyasini qidiruvi;
texnik ma‘lumotni, nou-xau va malakali mehnatni xarid qilish; patentlangan ixtirolarga chegirmalar va litsenziya to’lovlar; injiniring, loyiha va boshqa konsultatsion xizmatlardan foydalanish;
xodimlarni malakasini oshirish;
boshqa sub‘ektlar innovatsiya faoliyatining natijasi biriktirilgan dastgohga, dasturiy ta‘minotga yoki yarimfabrikatlarga mablag’ni sarflash;
boshqarish tizimini va o’zining umumiy harakat faolligini takomillashtirish;
yangi marketing va o’z mollarini va xizmatlarini sotish usullarini ishlab chiqish. Sanoat mulki quyidagilarda o’z ifodasini topadi:
Ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga bo’lgan huquq patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi.
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qo’yiladigan, patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda patent idorasining bunday hujjat berish tartibi qonun bilan belgilab qo’yiladi.
Patent egasidan boshqa shaxslar uning ruxsatisiz ixtiro, foydali model, sanoat namunasidan foydalanishga haqli emas.
|
| |