|
Mavzu: mehmonxona xo'jaligida innovatsion faoliyatni qo'llash zarurligi va innovatsiya turlari mundarija: kirish I bob mehmonxona xo'jaligida innovatsion faoliyatning nazariy asoslari
|
bet | 1/11 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 290,5 Kb. | | #233430 |
Bog'liq MEHMONXONA XO\'JALIGIDA INNOVATSION FAOLIYATNI QO\'LLASH ZARURLIGI VA INNOVATSIYA TURLARI..2
MAVZU: MEHMONXONA XO'JALIGIDA INNOVATSION FAOLIYATNI QO'LLASH ZARURLIGI VA INNOVATSIYA TURLARI
Mundarija:
KIRISH…………………………………………………………………………..3
I BOB. MEHMONXONA XO'JALIGIDA INNOVATSION FAOLIYATNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Innovatsion faoliyat infratuzilmasi va uning vazifalari………………………5
1.2. Mehmonxona xo’jaligida milliy innovatsion tizim faoliyatini qo’llash……15
II BOB. MEHMONXONA XO'JALIGIDA XIZMAT KO‘RSATISHDA INNOVATSION FAOLIYAT TURLARINI QO’LLASH
2.1. Mehmonxonalarda innovatsion faoliyat turlari, yo’nalishlari va klassifikatsiyasi………………………………………………………………………..24
2.2. Mehmonxonalarda innovatsiyani amalga oshirish jarayonlari va ularning samaradorligi………………………………………………………………………….30
XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………………………..….41
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………...……43
ILOVALAR…………………………………………………………….………46
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Jahon iqtisodiy adabiyotida «innovatsiya» imkoniyatdagi ilmiy texnikaviy taraqqiyotning yangi mahsulotlar va texnologiyalarda o‘z ifodasini topadigan haqiqiy taraqqiyotga aylanishi sifatida talqin etiladi. «Innovatsiya» termini O‘zbekiston Respublikasining o‘tish davridagi iqtisodiyotida mustaqil ravishda ham, «innovatsion faoliyat», «innovatsion jarayon», «innovatsion qaror» va boshqa bir qator turdosh tushunchalarni ifodalash uchun ham qo‘llaniladi.
«Yangiliklar konveyyeri» deb ataluvchi rejimda ishlaydigan yangi avlod ishlab chiqarish tizimlarining yaratilishi. Ushbu yondashuvning mohiyati korxonalarni, birinchidan, yangi, yanada mukammal buyumlarni ishlab chiqarishni doimiy ravishda joriy etishga; ikkinchidan, mahsulot ishlab chiqarishga xarajatlarning barcha turlarini og‘ishmay kamaytirib borishga; uchinchidan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning narxini pasaytira borib ularning sifat va iste’mol xususiyatlarini ko‘tarishga yo‘naltirishdan iborat.
Shunday qilib, yangi mahsulotlar tarqatish uchun qabul qilingan paytidan boshlab yangi sifatga ega bo‘ladi — yangilik (innovatsiya)ga aylanadi. Yangi mahsulotni bozorga chiqarishni savdo-sotiq (kommersializatsiya) jarayoni deb atash qabul qilingan. Yangilikning paydo bo‘lishidan joriy etilishigacha o‘tgan vaqt innovatsion deb ataladi. Kundalik amaliyotda, odatda, yangi mahsulot, yangilik, yangilikni joriy etish, innovatsiya tushunchalari bir xil ma’noda qo‘llaniladi va buni tushunish mumkin. Har qanday ixtirolar, yangi hodisalar, xizmat turlari yoki usullari tarqalgan (savdoga chiqqan) taqdirdagini e’tirof etiladi va endi yangi sifatda ular yangilik (innovatsiya) hisoblanadi.
Keng ma’noda innovatsiya deganda, yangi texnologiyalar, mahsulot va xizmat turlari, ishlab chiqarish, moliya, tijoratga oid, ma’muriy yoki boshqacha xususiyatga ega bo‘lgan tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy yechimlar ko‘rinishidagi yangiliklardan daromad olib foydalanish tushuniladi. G‘oya paydo bo‘lgan, yangi mahsulot yaratilib tarqatilgan paytdan boshlab undan foydalanishgacha bo‘lgan davrni yangilikning hayotiy sikli deb atash qabul qilingan. Ishlarni amalga oshirish ketma-ketligini inobatga olgan holda yangilikning hayotiy sikli innovatsion jarayon mavzuning dolzarbligi hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: mehmonxona xo'jaligida innovatsion faoliyatni qo'llash zarurligi va innovatsiya turlari mundarija: kirish I bob mehmonxona xo'jaligida innovatsion faoliyatning nazariy asoslari
|