• Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli qurilma va reaktivlar
  • Laboratoriya ishini bajarish tartibi
  • Mavzu: neftni qayta ishlashda hosil bo’ladigan to’yinmagan uglevodorodlar asosidagi sintezlar mundarija: kirish




    Download 357,5 Kb.
    bet10/12
    Sana14.05.2024
    Hajmi357,5 Kb.
    #230660
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    NEFTNI QAYTA ISHLASHDA HOSIL BO’LADIGAN TO’YINMAGAN UGLEVODORODLAR ASOSIDAGI SINTEZLAR

    II.TAJRIBAVIY QISIM.
    2.1. Kerakli jihozlar va reaktivlar: probirkalar,pipetkalar,kolba, stakan, analitik tarozi, ,qaytarma sovutgich,isitish pechlari va boshqa narsalar kerak boʻladi.
    2.2. Etilen va uning gomologlarining olinishi.
    Ishning maqsadi:
    Bir molyarlli eritma muzlash haroratining pasayishi va qaynash haroratining ortishini aniqlab, eritmada erigan moddaning molekulyar massasini; erigan moddaning konsentratsiyasini; kuchsiz elektrolitlarning dissotsiatsiya darajasini; kuchli elektrolitlarning aktivlik koeffittsientini topish mumkin. Talabalar mashg‘ulot davomida mustaqil ravishda eritmaning muzlash haroratini aniqlab, Raulning ikkinchi qonuni asosida erigan moddaning molekulyar massasini hisoblab topadilar.
    Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli qurilma va reaktivlar: Аnаlitik tаrozi ABS 120-4, 120:0.0001 g, kendal kolbasi,shtativ, o'lchov kolbalari, elektr isitgich, termometr, bidistillyator GFL 2102, benzoy va salitsil kislotalar Rasta usuli bo‘yicha erigan moddaning molekulyar massani aniqlashda erituvchi sifatida benzoy kislotadan foydalaniladi. Benzoy kislotaning krioskopik konstantasi K=8,788 ga teng bo‘lib, uning muzlash haroratlari farqini oddiy termometr yordamida o‘lchash mumkin. Bu usul bilan benzoy kislotada eriydigan, lekin u bilan ta’sirlashmaydigan moddalarning molekulyar massasini, ular juda oz miqdorda bo‘lsa ham aniqlash mumkin. Izoh: benzoy kislota – C6N5COOH (C7H6O2), M=122,05; rangsiz kristall; Tsuyul.=122,4°C, Tqayn.=249,2°C, E=6,09°
    Laboratoriya ishini bajarish tartibi: Tajriba o‘tkazish uchun benzoy kislota va salitsil kislotalardan jadvalda berilgan nisbatda (jadval) aralashma tayyorlab olinadi. Ingichka quruq shisha kapillyarning bittasiga ma’lum nisbatda benzoy kislota va salitsil kislotadan iborat aralashmadan, ikkinchisiga toza benzoy kislotadan solinadi.



    Benzoy kislota(mg)

    0,68

    0,76

    0,84

    0,90

    0,55

    0,62

    0,73

    0,82

    0,70

    0,58

    Salitsil kislota(mg)

    0,32

    0,24

    0,16

    0,10

    0,45

    0,38

    0,27

    0,18

    0,30

    0,42

    Ikkala shisha kapillyar (4) termometrning simob ustunchasiga (3) ikki tarafdan mahkamlanadi va vazelin moyli (1) kolbaga o‘rnatilgan havo g‘ilofiga ya’ni ichki shisha idishga (2) asta tushirilib, aralashma suyuqlanib (gaz gorelkasi (5)) ketguncha qizdiriladi. Rasmda ko‘rsatilganidek, kapillyar rezina xalqa bilan mahkamlanganda, uning to‘ldirilgan qismi termometrning simobli rezervuari bilan barobar turishi kerak. Termometrni mahkamlashda g‘ovakli tiqin bo‘lakchalaridan foydalaniladi. Termometrning simobli rezervuari havo g‘ilofi tubiga tegmasligi lozim. Xammomdagi moy sathi kapillyarning yuqori tomonidan balandroq turishi kerak. Ishlash vaqtida havo g‘ilofini moy xammomidan olish man etiladi. Suyuqlanish harorati odatdagi usulda o‘lchanadi. Avval qizdirishni sekin olib borib, oxirgi kristallarning suyuqlanish harorati, so‘ngra tez sovutilib, birinchi kristallarning hosil bo‘lish harorati aniqlanadi va yozib olinadi.
    Izohkeyingi har bir aralashmani qizdirishni oldindan sovutilgan xammomda olib borish zarur.
    Krioskopik usulda erigan moddaning molekulyar massasini aniqlash qurilmasi
    Tajriba bir xil natija olinguncha bir necha marta qaytariladi. Olingan natija asosida salitsil kislotaning molekulyar massasi hisoblanadi.
    K – benzoy kislotaning krisokopik doimiysi
    G – benzoy kislotaning massasi (ya’ni, erituvchining massasi)
    g – salitsil kislotaning massasi (ya’ni, erigan moddaning massasi)
    ∆TK = Terituvchi – Teritma – erituvchi va eritma kristallanish haroratlari orasidagi farq.
    Izoh: salitsil kislota – C7H6O3, M=138,12; rangsiz kristall; Tsuyul.=159,5°C, Tqayn.=211°C

    Download 357,5 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 357,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: neftni qayta ishlashda hosil bo’ladigan to’yinmagan uglevodorodlar asosidagi sintezlar mundarija: kirish

    Download 357,5 Kb.