|
Mavzu: Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik texnologiyani loyihalashtirish va rejalashtirish yo’llari, ta’lim vositalari – ta’lim texnologiyasining tarkibini o’rganish
|
bet | 11/17 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 351 Kb. | | #110027 |
Bog'liq Abdumutalova Muhayyo 20.38 mustaqil ta\'im pedagogikaADABIYOTLAR RO'YXATI
1. "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar Strategiyasi to'g'risida" 2017 yil 7 fevrvldagi PF-4947-sonli farmoni.
2. Jabborova Onaxon Mannopovna, & Ismoilova Dilafruz Muhiddinovna. (2020, May). Optimization of primary education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1229-1232.
3. Jabborova Onahon Mannopovna, Jumanova Fatima Uralovna, & Mahkamova Shohida Rahmatullayevna. (2020). Formation of Artistic Perception of Future Teachers. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(4), 4087-4095.
4. Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-qunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'qrisida O'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 2017 yil 6 aprel, 187-son.
MAVZU: Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik texnologiyani loyihalashtirish va rejalashtirish yo'llari, ta'lim vositalari - ta'lim texnologiyasining tarkibini o'rganish.
Topshiriq.10 ta interfaol metodlar.
1.Impuls – plakat metodi.
Ta’rifi
Har bir ishtirokchi uchun vatman varaqlari va markerlar kerak bo`ladi.
Stollarning ustiga oxirigacha yetkazilmagan fikrlar yozilgan plakatlar qo`yilgan: «Ushbu mavzuda meni hammasidan ko`proq ..... qiziqtiradi», «Men shuni aniqlashtirmoqchi edimki, .....», «Men orttirgan bilimlarimni .... qo`llayman», «Ushbu mavzuni o`rganish jarayonida men.... erishdim», «Men ..... to`g`risida ko`proq bilib olmoqchi edim», «Men uchun ..... murakkab bo`ldi», «Menga .....yoqdi».
Iloji bo`lsa, mashq jarayonida xotirjam, past ovozda musiqa yangrab tursin.
Ishtirokchilarga barcha plakatlarni aylanib va ko`rib chiqib, boshlab qo`yilgan fikrlar ustida o`ylab ko`rish va shu plakatlarning o`zida davom ettirib oxirigacha yetkazish taklif etiladi.
Taxminan 15 daqiqadan so`ng plakatlar ilib ko`yiladi. Fikrlar eshittirib o`qiladi, kerak bo`lsa aniqlashtiruvchi savollar beriladi. Ishtirokchilar o`z fikrlarining ostiga ismlarini yozish yoki anonim bo`lib qolishni o`zlari hal qiladilar.
Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda, o`quvchilarning bilimlari, qiziqishlarini tekshirish va aniqlash uchun.
Afzalliklari
Anonimlik o`quvchilar boshqa vaziyatda sukut saqlashni afzal ko`rib aytmagan fikrlarini bayon etishga yordam beradi. Bu mashqda bayon etilgan umidlar va istaklar o`qituvchiga kelgusida mashg`ulotlarni rejalashtirish va o`tkazish vaqtida o`z harakatlarini to`g`rilashga imkon beradi.
Qiyinchiliklari
Agar o`quvchilardan ularning qiziqishlari va qiyinchiliklari to`g`risida so`rab, lekin kelgusida bu ma’lumotlarni e’tiborga olmasangiz, ular o`zlarini qandaydir so`roq qilingan, biroq jiddiy qabul qilinmagan odamlardek sezishlari mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik texnologiyani loyihalashtirish va rejalashtirish yo’llari, ta’lim vositalari – ta’lim texnologiyasining tarkibini o’rganish
|