• Aqliy hujim”
  • Mavzu: Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik texnologiyani loyihalashtirish va rejalashtirish yo’llari, ta’lim vositalari – ta’lim texnologiyasining tarkibini o’rganish




    Download 351 Kb.
    bet7/17
    Sana02.12.2023
    Hajmi351 Kb.
    #110027
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
    Bog'liq
    Abdumutalova Muhayyo 20.38 mustaqil ta\'im pedagogika

    Darsning jihozi: Tv smart,ko’rgazmalar.
    Darsning uslubi:Musobaqa dars.
    Darsning borishi:
    1)Tashkiliy qism
    2)O’tilgan mavzuni takrorlash
    3)Yangi mavzu bayoni
    Ushbu uslubning ko‘plab afzallik tomonlari borligi ko‘pchilikka ayon. Barcha oliy o‘quv yurtlarida masofadan o‘qitish texnika va texnologiyasini amalga oshirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Axborot texnologiyalarni rivojlanishi masofadan o‘qitishni tashkil etishga yangicha yondashuvni taqozo etadi. Masofadan o‘qitishni tashkil etishni hozirgi zamon modellarining asosida kommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari yotadi. Ushbu texnologiyalar axborotdan foydalanuvchilarga keng qamrovli yo‘l ochib berish bilan birga ularni muhofaza etish muammosini keltirib chiqaradi.
    Masofadan o‘qitishda o‘qituvchi bilan tinglovchining orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotning yo‘qligi ham ba’zi muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, muammoli o‘qitish jarayonini tashkil etishda ma’lum qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Tinglovchini yetuk mutaxassis qilib tayyorlashda muammoli o‘qitishni tashkil etish muloqotni telekonferensiya orqali amalga oshirish mumkin.
    Ammo, bu bilan muammoni to‘la hal etib bo‘lmaydi. Ushbu muammoni hal etish uchun qo‘shimcha o‘quv materiallarni ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Bular qatorida turli darajadagi muammoli topshiriqlar, muammoli vaziyat hosil qiluvchi ko‘rsatmalar va hokazolar bo‘lishi maqsadga muvofiq.
    Mavzu bilan tanishib bo’lgandan so’ng o’quvchilar bilan “Aqliy hujim” metodidan foydalanib savol-javob o’tkizamiz.
    Uyga vazifa: Mavzuni qayta takrorlash.

    MAVZU: Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda internet imkonoyatlari. Internetga kirish va unda ishlash Internet tarmoqlarida axborot makoni elektron pochtalar bilan ishlash.
    Topshiriq.
    TAQRIZ.
    Internet tarmoqlarining paydo bo‘lish sabablaridan biri resurslaridan xamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu xolat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo‘shimcha mablag‘ni asraydi.
    Xozirda kompyuterlarni qo‘llashda ko‘pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muxim axamiyatga ega. Buni butun dunyo komp’yuter tarmog‘i xisoblanmish Internet misolida yaqqol kirish mumkin. Uzatish kanallari orqali o‘zaro bog‘langan komp’yuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog‘i deyiladi. Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur hamda axborot tarmog‘i resurslaridan jamoa bo‘lib foydalanishni taminlaydi. Kompyuter tarmoqlarini ko‘pgina belgilar, xususan xududiy ta’minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko‘ra global, mintaqaviy va lokal (maxalliy) tarmoqlar farqlanadi.
    Global tarmoqlar butun dunyo bo‘yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko‘pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi EXM va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi yo‘ldosh orqali aloqa kanallaridan foydalanadi. Global tarmoq – bu internet. Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo‘lmagan mamlakat shaxarlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanallari sifatida ko‘pincha telefon tarmoqlaridan foydalaniladi.
    Tarmoq uzellari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi. EHMning lokal tarmoqlari bir korxona, muassasaning bir yoki bir qancha yaqin binolaridagi abonentlarni bog‘laydi. Lokal tarmoqlar juda keng tarqalgan, chunki 80-90% axborot o‘sha tarmoq atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoqlari xar qanday tizilmaga ega bo‘lishi mumkin. Lekin lokal tarmoqlardagi kompyuterlar yuqori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan bog‘langan bo‘ladi. Barcha komp’yuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bo‘lishi - lokal tarmoqning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yorug‘lik o‘tkazgich inson soch tolasi kalinligida yasalgan. Bu o‘ta tezkor, ishonchli va qimmat turadigan kabel. Lokal tarmoqda EHMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km gacha, radio kanal aloqasidan foydalanilsa – 22,5 km. Lokal tarmoqlarda kanallar tashkilot mulki xisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi.
    Elektron pochta - bu dasturiy va boshqa vositalar to‘plami bo‘lib, u kompyuterlar o‘rtasida ma‘lumotlarni uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan. Ma‘lumotlar oddiy matn ko‘rinishida yoki matnli bo‘lmagan (grafik , dastur, video, rasm , tovush) shaklida bo‘lib, unda ma‘lumotlarni yetkazish uchun bir necha sekundlardan tortib 10 minutgacha vaqt sarflanadi.
    Bugungi kunda ta’lim tizimimiz to’liq holatda internet tarmog’iga ulanib bormoqda. Maktablar kundalik com tizimiga o’tdi.Unevirsitet ta’lim tizimi esa to’liq holarda kridit modul tizimiga o’tildi. Ta’lim tizimimizda yangi AKT lardan foydalangan holatda o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berilib borilmoqda. Har bir auditorya elektoron do’skalar o’rnatildi. Buning natijasida yanada sifatli ta’lim berish jarayoni yo’lga qo’yildi. Maktablarimizda esa har bir xonada internetga ulanadigon smart televizorlar o’rnatildi. O’qituvchilar undan foydalanib o’quvchilarga multimedialar orqali mavzuni ya’nada chuqurroq tushuntirish ta’savur uyg’otish imkonini beradi.


    Download 351 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




    Download 351 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik texnologiyani loyihalashtirish va rejalashtirish yo’llari, ta’lim vositalari – ta’lim texnologiyasining tarkibini o’rganish

    Download 351 Kb.