|
MAVZU: Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda aniq va tabiiy (matematika) fanlari doirasida integrasiyalashgan ta'lim mazmuni
|
bet | 10/17 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 351 Kb. | | #110027 |
Bog'liq Abdumutalova Muhayyo 20.38 mustaqil ta\'im pedagogikaMAVZU: Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda aniq va tabiiy (matematika) fanlari doirasida integrasiyalashgan ta'lim mazmuni.
Topshiriq.Maqola.
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda aniq va tabiiy fanlari doirasida integrasiyalashgan ta'lim mazmuni.
Abdumutalova Muxayyoxon Qaxramonjon qizi
Farg’ona davlat universiteti talabasi
Annotatsiya: Pedagogik kompetentlik o'qituvchilik faoliyatini sifatli tashkil etilishini ta'minlovchi omil. Bugunda o'qituvchining kompetentligi qaysi mezonlar bilan belgilanishin o'rganish muhim bo'lmoqda. Maqolada aniq va tabiiy fanlar tushunchalari, ular o'rtasidagi o'xshashlik va farqlar ko'rsatib berilgan.
Kalit so'zlar: kompetentlik, kompetensiya, professionallik, strategiya, kasbiy pedagogik kompetensiyalar, etalonga mos mezonlar,aniq va tabiiy fanlar.
KIRISH
Mamlakatimiz taraqqiyotining muhim sharti kadrlarni tayyorlash tizimining mukammal bo‘lishi, zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalar asosida rivojlanishi hisoblanadi. Har bir yetuk mutaxassis ta’lim beradigan fanlari turkumini ilmiy – nazariy jihatdan o‘zlashtirishi, ilmiy bilishga doir g‘oyalar, nazariyalar va qonuniyatlarning mazmun – mohiyatini bilishi lozim.
Ilmiy nuqtai nazardan nazariya – bu jarayon mohiyati haqidagi haqiqiy isbotlangan, tasdiqlangan bilimlar tizimidir.
Nazariya – obyektlar mohiyatini, ularning amal qilish, o‘zaro bog‘liqlik, o‘zgarish hamda rivojlanish qonuniyalarini ochib berish asosida voqealarni izohlash, yangi ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlar hamda ularni tavsiflovchi qonuniyatlarni, tadqiq etilayotgan tizimning istiqboldagi qonuniy holatini bashorat qilish imkonini beradi.
Tamoyillar – nazariyaning umumiy va muhim fundamental asosidir.
Fan qonunlari – obyektiv qonunlarni nazariy tasdiqlashshaklida ifodalanishidir (ya’ni tadqiq etilayotgan jarayonlarning, obyektlarning , voqealarning umumiy va zaruriy bog‘liqlik qonunlarini ifodalaydi).
Aniq va tabiiy fanlar fani mutaxassislari tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonunlarini, ularning o‘zaro aloqadorligi asosida yuz beradigan hodisa va voqealarni o‘rganuvchi fanlar erishgan yutuqlardan xabardor bo‘lishi lozim. Chunki, Aniq va tabiiy fanlar fanlar tizimida tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqada rivojlanishini majmuali, ko‘p qirrali, har tomonlama o‘rganuvchi yagona fanlar tizimidir.
Aniq va tabiiy fanlar fanini o‘qitishda, o‘qituvchi nazariy bilimlarni, tabiiy – geograik jarayonlani ta’riflar, gipotezalar, isbotlar va xaritalarga asoslangan holda og‘zaki bayon etadi. Talaba esa mavzuni mustaqil o‘zlashtirishi jarayonida egallagan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etishda qiyin sharoitga tushib qoladi. Bu esa o‘z navbatida dars jarayonini samarali tashkil etishni, multimedia vositalari asosida ma’ruzalar tashkil etishni rivojlantirishni, elektron darsliklar, electron – o‘quv metodik ta’minot resurslaridan, innovatsion metodlardan o‘quv jarayonida unumli foydalanib, talabalar faolligini oshirishni, ijodkorlik qobiliyatlarini takomillashtirishni talab etadi.
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘qituvchi davlat va ijtimoiy buyurtmalarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar:
Aniq va tabiiy fanlar ta’limi jarayonida talaba – yoshlarni ma’naviy – ahloqiy tarbiyalash, ma’rifiy ishlarning samarali shakllari va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
Aniq va tabiiy fanlar fanlaridan tashkil etiladigan ta’lim – tarbiya jarayonida innovatsion va axborot kommunikatsiya va texnologiyalaridan foydalanish;
Aniq va tabiiy fanlar fanlarini o‘qitishda tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda o‘qitish jarayonini jadallashtirish;
Xalqning boy ma’naviy va intellectual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida geografik ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash;
Geografik ta’lim jarayonining o‘quv-metodik majmualar va didaktik ta’minotning yangi avlodi silabusni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Milliy mustaqillik prinsiplari xalqning boy intellectual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi asosida geografik ta’limning barcha darajalari va bo‘g‘inlarida talaba – yoshlarning ma’naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirish;
Aniq va tabiiy fanlar ta’limi jarayonida talaba- yoshlar ongi va qalbiga milliy g‘oya va mafkurani singdirish, ta’lim muassasalarida mafkuraviy tarbiyani bugungi kun darajasiga ko‘tarish;
Ta’lim- tarbiya jarayonida ta’lim va tarbiyani uzviylashtirish, fanlar aro integratsiya orqali ta’lim oluvchilarning barkamolligini ta’minlash, huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigienik ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish.
Mazkur buyurtmalar asosida oliy ta’lim muassasalarida aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda quyidagi zamonaviy yondashuvlar mavjud:
1. Aniq va tabiiy fanlarini o‘qitish jarayoniga tizimli yondashuv;
2. Aniq va tabiiy fanlarini o‘qitish jarayoniga modulli yondashuv;
3. Aniq va tabiiy fanlarini o‘qitish jarayoniga innovatsion yondashuv;
4. Aniq va tabiiy fanlarini o‘qitish jarayoniga talabalar shaxsiga yo‘naltirilgan yondashuv.
Yuqorida qayd etilgan yondashuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun avvalo oliy ta’lim tizimida barcha o‘quv fanlari, xususan aniq va fanlardan tashkil etiladigan o‘qitish jarayonini ilmiy – nazariy asoslari bo‘lgan o‘qitish prinsiplari va qonuniyatlarini aniqlashi lozim.
Aniq va tabiiy fanlarini o‘qitish jarayonida tizimli yondashuv negizida ta’lim mazmuni, o‘qitish metodlari, vositalari va shakllarining uzviyligini ta’minlash yotadi va ta’lim – tarbiya jarayonining mazkur tarkibiy qismlari bir yaxlit tizimini hosil qiladi. Demak, Oliy ta’limdagi o‘qitish jarayoni ta’lim mazmuni, o‘qitish vositasi, metodlari va shakllarini tashkil qilish ko‘p qirrali yagona tizim shaklida amalga oshiriladi, yaxlit tizimni tashkil etadi.
XULOSA
Xulosa shuki, aniq va tabiiy fanlarni shakllantirish bosqichma-bosqich va uzluksiz jarayondir. U oliy ta'lim muassasasida boshlanadi va ish joyida tajribali ustozlar nazorati ostida davom etadi. Shuni unutmaslik kerakki, yuqori kasbiy kompetentlik nafaqat bilim darajasi, balki xodimning amaliy ko'nikmalari, tajribasi va shaxsiy fazilatlari hamdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
MAVZU: Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda aniq va tabiiy (matematika) fanlari doirasida integrasiyalashgan ta'lim mazmuni
|