|
«Klassik juftliklar» ( «Klassik uchliklar»)
|
bet | 12/17 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 351 Kb. | | #110027 |
Bog'liq Abdumutalova Muhayyo 20.38 mustaqil ta\'im pedagogika2.«Klassik juftliklar» ( «Klassik uchliklar») metod
Ta’rifi
Ishtirokchilarga ustiga o`zaro klassik yoki barchaga ma’lum bog`liqlikka ega bo`lgan tushunchalar, odamlar familiyalari, ertak va folklor qahramonlarining nomlari yozilgan (bosib chiqarilgan) kichik kartochkalar tarqatiladi.
Masalan, klassik juftliklar:
Funksiya- jadval
Parabola- giperbola
Elektron – proton
Kenglik- uzunlik
Bissektrisa – burchak
Nyuton- olma
Geyl- Lyusak
Boyl- Mariotta
Klassik uchliklar:
Quyosh-havo-suv
Minus-plyus-modul
Mediana- balandlik- bissektrisa
So`zlar tartibsiz ahvolda bir varaq qog`ozga yozilgan, masalan, plyus, parabola i sh.o`. O`quvchilar shu so`zlar orasida klassik juftlik yoki uchlikni topib, tuzishlari va ana shu bog`liqlikni asoslab berishlari kerak. Mashq ham individual tartibda, ham kichik guruhlarda o`tkazilishi mumkin.
Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda.
Afzalliklari
Ushbu mashq o`quvchilarga maktabda o`rganiladigan fanlar o`rtasidagi bog`liqlikni aniqlashga yordam beradi, o`quvchilar birmuncha dastlabki ishni bajarishga ulgurgan mavzular o`rtasidagi aloqani o`rganish uchun juda qulay imkon yaratadi.
Qiyinchiliklar
Aniqlanmagan.
3. “Muloqot” texnologiyasi
Texnologiyaning tasnifi.Ushbu texnologiya talaba(yoki o`qvchi)larning dars jarayonida mustaqil fikrlashga,o`z fikrlarini erkin bayon etishga hamda ularda bahslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan bo`lib,odatda,bunday mashg`ulot talaba (yoki o`quvchi)larni kichik guruhlarga ajratilgan holda o`tkaziladi.
Texnologiyaning maqsadi: tanlangan mavzu, muammo asosida talabalarning fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo`lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishlariga va to`g`ri xulosa chiqarishlariga yoram berish,erkin holda bahslashishlariga sharoit yaratish,muloqotga kirish va muloqot qila olishga o`rgatish.
|
| |