|
Mavzu: Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik texnologiyani loyihalashtirish va rejalashtirish yo’llari, ta’lim vositalari – ta’lim texnologiyasining tarkibini o’rganish
|
bet | 14/17 | Sana | 02.12.2023 | Hajmi | 351 Kb. | | #110027 |
Bog'liq Abdumutalova Muhayyo 20.38 mustaqil ta\'im pedagogika5.So`zli tasavvurlar metodi
Ta’rifi
O`rganilayotgan masala bilan bog`liq bo`lgan eng asosiy so`zni oling.
O`quvchilardan ular bu so`zni eshitganlarida xayollariga keladigan boshqa so`zlarni tez yozishini iltimos qiling. Bu atigi 2-3 daqiqa sarflanadigan juda qisqa mashq.
Bironta so`zni ham yozmaslik mumkinligi yuzasidan izoh bering. Natijada o`quvchilar dastlabki so`z bilan tasavvur qiladigan turli so`zlardan iborat “bir lahzalik surat” hosil bo`ladi.
Mavzu o`rganib bo`lingandan so`ng har bir o`quvchidan ular ushbu mavzu bo`yicha nima deb o`ylashi yoki his qilishini bir so`z bilan ifodalashni iltimos qiling. Ushbu mavzuga tegishli bo`lgan so`zni misol keltirishni so`rang. Sinf
aylanib, bunday so`zlarni yig`ib chiqing. Bir yoki ikki nafar o`quvchilardan ushbu so`zlarning ro`yxatini tuzishni iltimos qiling.
Foydalanish doiralari
Ushbu usul mavzuni o`rganish jarayonining boshida o`quvchilar mavzu bo`yicha nimalarni bilishlarini, hamda bu jarayon oxirida – o`quvchilar qanday yangiliklarni bilib olganlarini aniqlash maqsadida qo`llanilishi mumkin.
Afzalliklari
Bunday usul o`quvchilarga o`zlarining shaxsiy rivojini ko`rishga, sizga esa – siz berayotgan ta’lim sifatini baholashga yordam beradi.
Qiyinchiliklari
Mashq uchun ajratilgan vaqtga qat’iyan amal qilish lozim. Jarayonning cho`zilishi mashq mohiyatini o`zgartirishi mumkin.
6. “SINKVEYN” metodi
“SINKVEYN” – bu besh qatordan iborat bo`lib, unda bir tushuncha haqida axborot beriladi. Birinchi qatorda mavzu (kalit so`z) beriladi,ikkinchi qatorda unga bir yoki ikkita aniqlovchi tanlanadi. Uchinchi qatorda unga harakat-holat (fe’l) bilan to`ldiriladi. To`rtinchi qatorda so`z har xil usul bilan yoyiq gapga aylantiriladi. Beshinchi qatorda kalit so`zning ma’nodoshi (sinonimi) keltiriladi.
“Sinkveyn” (taxminiy variant)
Kalit so`zlar: kasb, orzu, maqsad
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik texnologiyani loyihalashtirish va rejalashtirish yo’llari, ta’lim vositalari – ta’lim texnologiyasining tarkibini o’rganish
|