Mavzu: Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik texnologiyani loyihalashtirish va rejalashtirish yo’llari, ta’lim vositalari – ta’lim texnologiyasining tarkibini o’rganish




Download 351 Kb.
bet13/17
Sana02.12.2023
Hajmi351 Kb.
#110027
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Abdumutalova Muhayyo 20.38 mustaqil ta\'im pedagogika

Texnologiyaning qo`llanishi: amaliy, labaratoriya, fakultativ mashg`ulotlarda va darsdan tashqari o`tkaziladigan tarbiyaviy soatlarda qo`llanilishi mumkin bo`lib, mashg`ulot jamoa va kichik guruh shaklida o`quv avditoriyasida yoki tabiat qo`ynida o`tkazilishi mumkin.


4. Panelli munozara metodi
Ta’rifi
Katta guruhda o`tkaziladi (40 kishi va undan ortiqroq):

  1. Munozara muammosi o`qituvchi tomonidan ifodalanadi;

  2. O`quvchilar 5-6 kishidan iborat kichik guruhlarga bo`linib, auditoriyada doira shaklida joylashadilar;

  3. Har bir guruh a’zolari munozara davomida ularning nuqtai nazarini himoya qiladigan vakilni yoki raisni tanlab oladilar;

  4. Muammo kichik guruhda 15-20 daqiqa davomida muhokama etilib, umumiy nuqtai nazar ishlab chiqiladi;

  5. Guruhlar vakillari doira o`rtasiga to`planib, guruhning nuqtai nazarini himoya qilish uchun guruh fikrini bayon etish imkoniga ega bo`ladilar. Qolgan ishtirokchilar muhokama jarayoni va kichik guruhlar vakillari umumiy nuqtai nazarni qanchalik aniq ifodalayotganlari kuzatadilar. Ular o`z fikrlarini bayon etishlari mumkin emas, lekin muhokama davomida o`z mulohazalarini yozib qo`ygan kichik maktublarni uzatish imkoniga ega bo`ladilar;

  6. Guruhlar vakillari boshqa a’zolar bilan maslahatlashib olish uchun tanaffus olishlari mumkin;

  7. Panelli muhokama ajratilgan vaqt tugaganidan so`ng yoki qaror qabul qilinganidan keyin yakunlanadi;

  8. Munozara tugaganidan so`ng guruhlar vakillari muhokama qanday kechganligi yuzasidan tanqidiy mulohaza yuritadilar, qarorlar esa barcha ishtirokchilar tomonidan qabul qilinadi.

Foydalanish doiralari
Ko`proq tabiiy fanlar darslarida qo`llaniladi.
Afzalliklari
Ishtirokchilarga berilgan muammo bo`yicha fikr almashish va uni hal qilish uchun o`z nuqtai nazarini bayon etish imkonini beradi. Tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Qiyinchiliklari
“Panelli munozaraning” barcha ishtirokchilari muhokama qilinayotgan muammoni yechishdan manfaatdor bo`lishlari muhim ahamiyatga ega, chunki faqat shundagina auditoriya e’tibori begona narsalarga chalg`ib ketmaydi.

Download 351 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 351 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda pedagogik texnologiyani loyihalashtirish va rejalashtirish yo’llari, ta’lim vositalari – ta’lim texnologiyasining tarkibini o’rganish

Download 351 Kb.