Mavzu: Rivojlantiruvchi va tanqidiy fikrlashga yo'naltirilgan texnologiyalar




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana15.12.2023
Hajmi0,64 Mb.
#119740
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Faxriddin Xudoyorov pedagogika (2)

 
 
 


2. O'quv tarbiya jarayonida rivojlantirish usulining texnologiyasi 
Bolalar maktabga borgunga qadar ham jismoniy, ham ruhiy tomonddn 
intensiv rivojlanib boradi. Biroq, odatda, bu jarayon maktabga chiqish bilan 
susayadi. Bolada o'qishga ishtiyoq tezda pasayadi. Rivojlanishdagi bunday 
holatning sabablaridan biri o‘quvchilarning turli darajadagi rivojlanishini hisobga 
olmaydigan usullaming qo'llanishidir. Sinflar qanday to‘ldirilmasin, u yoki bu fanni 
idrok qilish va o'zlashtirishga nisbatan bolalar rivojlanishini hamisha uchta darajaga: 
yuqori, o‘rta va quyi darajaga ajratish mumkin.
Bu tabiiy hol hisoblanib, bu yerda biz aqliy rivojlanish tushunchasini intellekt 
rivojlanish bilan bog‘laymiz. Bu holda miyaning yetilishi, binobarin, yanada 
kattaroq talablami idrok qilishda va adaptatsiya qilish tezligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Barcha adaptatsiya tizimi ayni shu vazifaga xizmat qiladi. 
Demak muayyan sharoitlarda miya rivojiga ta’sir etish mumkin ekan. 
Quyidagi rivojlantirish usuli tizimi asosida yotgan ba’zi dastlabki nazariy qoidalami 
ko‘rib chiqaylik: 
1. Rivojlantirish usuli asosida umumiy va sotsial psixologiyaning tashqi va 
ichki prinsipi yotadi, unga ko‘ra, ichki rivojlanish tashqi muhit bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Bu tashqi muhit, masalan, maktabning ta’lim muhiti bo‘lishi mumkin. Bola 
intellektual rivojlanishi madaniy yoki ta’limiy muhit ta’sirida tezlashishi yoki 
sustlashishi mumkin. Ta’lim muhitining ta’siri faoliyat uchun qo'llanilayotgan 
usulga ko‘p jihatdan bogiiqdir. Bu usul mushohada jarayonining ichki rivojlanish 
mexanizmlarini avtomatik tarzda ishlatib, bola intellekti rivojiga yordam berishi 
mumkin. 
2.Rivojlantiruvchi usulning maqsadi bolaning kamolotiga uyg‘unlik baxsh 
etish, go‘zallikka bo‘lgan tabiiy intilishini qo‘llab quvvatlash, unda ijobiy his-
tuyg‘ular uyg‘otishdir? Agar faoliyat natijalari kutilgan maqsadga muvofiq kelsa, 
ular bilan moslashsa, bolaning kutilgan natijada bilish ehtiyojlari qondirilsa, 
shundagina ijobiy-hissiy tuyg‘ular vujudga keladi. 
3. Bola, odatda, kamolotga va go‘zallikka intiladi. Bu intilish tabiiy ehtiyoj 
hisoblanib, bunday ehtiyojni qondirish u yoki bu faoliyatni talab etadi. Bu ko‘p 


narsalarda ko‘rinadi: o‘yin davomida,ovqatlanishda, intellektda, ishda va hokazo. 
Odatda, o‘qituvchi bola bilan yaxshi ishlashni, o ‘quvchi esa yaxshi o‘qishni istaydi. 
Biroq har doim ham o'ylagandek bo‘lavermaydi, agar bolaga yordam berib, qo'llab-
quvvatlansa, biz eng yaxshi natijaga erishishimiz mumkin. 
Ta'lim jarayoni bola shaxsiga yo'naltirilganligidan kelib chiqib, maktabgacha 
yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiyasi shaxsning rivojlanishida ijodiy va 
insonparvarlik tamoyillariga asoslangan holda ta'lim-tarbiyaning usul va uslublari 
tizimidan tashkil topgan hamkorlik pedagogikasi tamoyillariga tayanib amalga 
oshirilishi lozim. 
Maktabgacha ta'lim sifati - natija haqida bola shaxsini rivojlantirish nuqtai 
nazaridan bolalar quyidagi shaxsiy natijalarni qanday egallaganiga qarab so'z 
yuritish mumkin: tizimli tabaqalanadigan malakalilik: 
• til malakasi, bolaning o'z fikrlari, istaklari va niyatlarini nutq vositasida va 
nutqsiz vositalarda erkin ifodalashni nazarda tutadi; 
• ijtimoiy malaka, har bir insonga oliy qadriyat sifatida yondashishni, uning o'ziga 
xosliklari va manfaatlarini tushunish mahoratini, uning hissiy holatidagi 
o'zgarishlarni payqashni, vaziyatga qarab muloqot usullarini tanlashni o'z ichiga 
oladi; 
• intellektual malaka, o'z maqsadiga erishish uchun bolaga yangi xatti-harakatlarini 
ijro etishga va ularni bajarishga yordam beruvchi umumiy intellektual faoliyatni 
shakllanganligini nazarda tutadi; 
• jismoniy malaka, bolaning o'z yosh darajasiga mos keluvchi turli harakat turlarini 
egallaganligini ko'rsatadi;
4
Ta'lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi 
bo'g'ini hisoblangan maktabgacha ta'limda jadal o'zgarishlar yuz bermoqda va ular 
quyidagilarda namoyon bo'lmoqda: maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatining 
huquqiy-me'yoriy asosi takomillashmoqda; maktabgacha ta'lim tashkilotlari 
moliyaviy-xo'jalik faoliyatining yangi turlariga o'tmoqda; nodavlat maktabgacha 
4
Abdullayeva N.Maktabgacha ta'limga variativ yondashuv asosida takomillashtirish. Ped. fan. nom... diss. -T.: 2020. 
- 164 b. 


ta'lim tashkilotlari tarmog'i kengaymoqda; ta'limning ilg'or texnologiyalari joriy 
etilmoqda; xodimlarning malaka oshirish tizimi takomillashmoqda; qisqa muddatli 
guruhlar asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining muqobil shakllari joriy 
etilmoqda. 
Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim sifati monitoringini yuritish tuzilmaviy 
va tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi sababli, maktabgacha ta'lim 
tashkilotlaridagi ta'lim jarayonining sifati va samaradorligini baholash zamon 
talablariga javob bermaydi.
5

Download 0,64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Rivojlantiruvchi va tanqidiy fikrlashga yo'naltirilgan texnologiyalar

Download 0,64 Mb.
Pdf ko'rish