3. Tanqidiy fikrlashga yo'naltirilgan texnologiyalar
So’nggi yillarda ta’lim tizimining umumta’lim bosqichida tanqidiy fikrlashni
o’rgatish, o’qitish ishlari qizg’in tus oldi. Ayniqsa, muxtaram Yurtboshimizning
“Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2019-yil 20-
fevraldagi PQ-4199-sonli qarori natijasida yurtimizda tashkil etilayotgan Prezident
maktablarida ta’limni davom ettirish niyatida bo’lgan o’quvchi-yoshlarni imtihonga
tayyorlashda aynan tanqidiy fikrlashga doir bilimlarga ehtiyoj keskin oshdi.
Yurtboshimiz mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim
ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan
majlisidagi ma’ruzasida: “…Bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo‘lida
izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o‘tgan yili prinsipial muhim
islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qat’iy qadamlar qo‘yildi, deb aytishga barcha
asoslarimiz bor. Bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholi uchun munosib hayot
darajasi va sifatini ta’minlashdir. Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu
siyosat bundan keyin ham so‘zsiz davom ettiriladi. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-
intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni – bu Bosh vazir yoki uning
o‘rinbosarlari bo‘ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo‘ladimi, ular
faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak. Endi har birimiz, eng avvalo,
davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi – o‘zimiz mas’ul bo‘lgan soha
va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan
vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Shunday davr keldi”, -
deya ta’kidlab o’tganlari bejiz emas. Tanqidiy fikrlash insonning dunyoqarashida
keskin burilish yasaydi. Tabiat va jamiyatda bo’layotgan voqea-hodisalarning asl
mohiyati namoyon bo’la boshlaydi. Tanqidiy fikrlash mTanqidiy fikrlash - bu
axborotni tahlil qiluvchi, olingan ma’lumotlarni umumlashtiruvchi va o’quv
jarayonini o’zida aks ettiruvchi ochiq fikrlashdir. Tanqidiy fikrlash orqali atrofda
bo’layotgan har qanday jarayonning sodir bo’lish sababi, davomiyligi hamda oqibati
(natijasi) to’g’risida asosli xulosalar yaratish mumkin. Tanqidiy fikrlash
ko’nikmasiga ega bo’lish, albatta, juda katta mehnat talab etadi. Buning uchun,
avvalo, chuqur bilimga ega bo’lish, egallangan bilimlar ustida mustaqil ravishda
analiz-sintez jarayonlarini amalga oshirish, har bir tushunchaga mantiqan
yondoshgan holda hukm va xulosalar chiqarish lozim. Hozirgi kunda zamonaviy
axborot manbalarining jadal rivojlanayotganligi va ma’lumotlarning juda tezlik
bilan ommalashish ehtimolining yuqorigini inobatga oladigan bo’lsak, bizga yetib
kelayotgan ma’lumotlarning ishonchli hamda asosli ekanligi birlamchi muammoga
aylanmoqda. Ma’lumotlarning axborot darajasida aniq ekanligi biz uchun juda
muhim. Muammoning ijobiy yechim topishi nafaqat yangi g’oyalarga, balki
ularning qanchalar foydali ekanligiga ham bo’g’liq. Bu ko’nikma orqali g’oya-
fikrlarni baholaymiz, eng yaxshilarini saralaymiz va hayotimizni o’zgartirish uchun
foydalanamiz. Tanqidiy fikrlaydigan odam go’ya va fikrlarni yaxshi tushunadi.
Natijada u dunyoni boshqalardan ko’ra yaxshiroq va tezroq anglaydi. Masalan, siz
biror ob’yekt xususida fikr bildirayotgan do’stlaringizning fikriga qo’shilmagan
vaziyatingizda siz ularnig shubhalariga shubha qila boshlaysiz va bu shubhangizning
aniq ekanligini isbotlashga urinasiz, izlanasiz va muvaffaqiyat qozonasiz. Bu
tanqidiy fikrlashning bir ko’rinishi. Tanqidiy fikrlash – bu muammoni hal qilish
uchun ma’lumotlardan aniq va oqilona foydalana olish, qo’shimcha ma’lumotlar
toppish ko’nikmasidir. Professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida
takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim
bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh
kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish
maqsadida Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning 2019-yil 6-sentyabrdagi
“Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida” gi PF5812-sonli farmoni asosida olib borilayotgan ishlarning
asosiy mazmuni kelajak kadrlarini yaratish va bunda ularning professional faoliyat
olib borish ko’nikmasini shakllantirishning shart-sharoitlarini doimiy ravishda
rivojlantirib borishdir. Hozirgi kunda umumta’lim maktablarida o’quvchilarni
kasbga yo’naltirish borasida olib borilayotgan ishlar davomida o’quvchilar
tomonidan kasb tanlashda uchrayotgan qiyinchiliklar: “Men bu kasbni tanlasam,
……………..?” - bu mutaxassislik bo’yicha ish topa olamanmi? - uni uddalay
olamanmi? - yetarli daromad topa olamanmi? - bu sohada yutuqlarga erisha
olamanmi? va boshqa shu kabi savollarga javob topishlarida ularda vaziyatni to’g’ri
tahlil qilishlariga ehtiyoj seziladi. Tahlil bu – murakkab masalani yaxshiroq
tushunish uchun uni mayda qismlarga ajratib chiqishdir. Yuqorida keltirilgan
o’quvchilarga muammo tug’dirayotgan savollar paydo bo’lganida o’quvchilar
ongida, tafakkurida tahlil jarayonlari amalga oshadi va xuddi shu o’rinda ularda
tanqidiy fikr yuritishga, tanqidiy tahlilga ehtiyoj paydo bo’ladi. Tanqidiy fikrlash
jarayonida esa mantiqiy yondoshuv faollashadi, savollar aniq ketma-ketlikda
qo’yiladi, dalillar taqqoslanadi
9
. Natijada, vaziyatdan chiqish, muammoga
nostandart yechim topish mumkin bo’ladi. Aniq va tizimli fikrlash bizdagi
g’oyalarni ifodalash uslubini yaxshilaydi. Natijada odamlar bizlarni yaxshiroq
tushuna boshlaydilar. Tanqidiy fikrlash ko’nikmasiga ega odam: - dalillardan
oqilona va xolis foydalanadi; - fikrlarini aniq va izchil ifodalaydi; - mantiqsiz
xulosalarni yaroqsizlaridan farqlay oladi; - yetarli dalil bo’lmagan taqdirda, qaror
qabul qilishga shoshilmaydi. Masalan korxonaning biror xodimi berilgan topshiriqni
vaqtida bajarmadi. Buning uchun rahbar uni jazolashi kerak. Lekin tanqidiy
fikrlovchi rahbar qaror qabul qilishga shoshilmaydi. Avval qarorning oqibatlarini
tahlil qiladi va qay darajada to’g’ri ish qilayotganligini baholay oladi. Tanqidiy
fikrlash ko’nikmasiga ega insonda mustaqil o’rganish moyilligi baland bo’ladi.
Ya’ni bunda biz bilimimizni yanada boyitib boramiz, qo’shimcha ma’lumotlarga
ehtiyoj sezamiz va ularni izlash orqali harakatga kelamiz. O’quvchilarning kasb
tanlashlarida yuzaga keladigan savollarni to’g’ri tahlil qilishlari uchun ulardagi
tanqidiy fikrlash ko’nikmasini shakllantirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Tanqidiy
fikrlash tufayli inson o’zining ichki kechinmlari va tashqi olam o’rtasidagi
muvozanatni nazorat qila olishi va boshqarishi mumkin. Tanqidiy fikrlash asosida
o’quvchilar o’zlarining qiziqish va qobiliyatlarini to’g’ri baholay oladi, o’zlariga
to’g’ri baho bera oladilar. Bu esa kasb tanlash jarayonidagi muhim omil hisoblanadi.
O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan kasbni tanlashlari bilan birgalikda tanlagan
9
. Jumaev A. S.Sharipova. Ijtimoiy pedagogika. T.: NAVRUZ, 2019 y. 196 bet
kasblari uchun zarur bo’lgan bilim manbalarini ham aniqlay oladilar, anglay
oladilar.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish mualliflari fikrlash jarayonini tashkil
etishda idrok qilishning 4 tipini farqlaydilar:Yaxlitligicha idrok etish. Mavzu yoki
fan to’qrisida umumiy bilim bеradigan idrokning shaklidir.Izoqli idrok etish. Bu
Blum izoqlari darajasiga aynandir. Idrokning bu tipida talaba qoya va
hodisalarning o’zaro aloqalarini yoritadi, uning moqiyatini muqokama qiladi,
fanning turli soqalariga oid qoya va axborotlarni qatto tashqi jiqatdan boqliq
qodisalarni birlashtiradi.Shaxsiy idrok etish. Talabalar o’zlarida avvaldan mavjud
bo’lgan shaxsiy tajriba va bilimlar tuzilmasini yangi bilimlar bilan boqlab
tushunish jarayoni aks ettiradi.
Tanqidiy idrok etish. Mazmunni bir tomonga qo’yib, uni taqlil qilish, uning
nisbiy qimmatini, to’qriligini, foydaliligini va talabalarning bilishi, tushunishi va
qabul qilishi doirasida uning aqamiyatini baqolashdir.
Shunday qilib, axborotlarni chorlash, o’ylab ko’rish va fikrlash
mеtodikalaridan foydalanish quyidagi muqim vazifalarni еchish imkoniyatini
bеradi:
- talabalarga maqsadlarini anglab olishga yordam bеradi;
- mashqulotlarda faolligini ta'minlaydi;
- samarali munozaraga chorlaydi;
- talabalarning o’zlari savollar tuzishi va uni savol tarzida bеra olishi uchun
yordam bеradi;
- talabalarga o’z shaxsiy bilimlarini ifoda qilishga yordam bеradi;
- talabalarning shaxsiy mutolaasi motivatsiyasini qo’llab-quvvatlaydi;
- har qanday fikrlarga bo’lgan qurmat kayfiyatini yaratadi;
- talabalarda pеrsonajlarga bo’ladigan iztirobini o’stirishga yordam bеradi;
- talabalar qadrlanadigan fikrlashga sharoit yaratadi;
- talabalarning tanqidiy jalb qilinishiga bir qator umidlar bildiriladi.
Klastеrlarga bo’lish. Bu pеdagogik stratеgiya bo’lib, talabalarning u yoki bu
mavzu bo’yicha erkin va bеmalol o’ylashga yordam bеradi. U faqat qoyalar
orasidagi boqlanishlarni fikrlashni ta'minlash imkoniyatini bеradigan tuzilmani
aniqlab olishni talab qiladi. U fikrlashning oddiy shakli emas, balki miya faoliyati
bilan ziya boqlanadi.
Klastеrlarga bo’lishdan axborotlarni chorlash boshichida qam, fikrlash
boshichida qam foydalaniladi. U muayyan mavzu sinchiklab o’rganilguncha
fikrlash faoliyatini ta'minlashda foydalanilishi mumkin. Klastеrlarga bo’lish
talabalarning tasavvurlarini yangi boqlanishlari yoki ularning grafik ifodalari
ko’rinishlarini ta'minlovchi sifatida qam o’tganliklarini yakunlash vositasi sifatida
qo’llanilishi mumkin. Bu o’z bilimlariga, muayyan mavzu to’qrisida tasavvuriga
va uni tushunishga yo’l ochadigan nazardagi stratеgiyadir.
10
Klastеrlarga bo’lish quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
1.qushingizga kеlgan barcha fikrlarni yozib olish. Bu fikrlarni muqokama qilmang,
shunchaki yozib olavеring.
2. Xatni (matnni) kеchiktiradigan imlo va boshqa omillarga qam parvo qilmang.
3. Sizga bеrilgan vaqt niqoyasiga еtmagunga qadar yozishdan to’xtamang.
Miyangizga fikr kеlishi to’xtab qolsa, toki yangi fikrlar kеlgunga qadar qoqozda
nimalarnidir chizib o’tiring.
4. Imkoni boricha, boqlanishi mumkin bo’lgan qoyalarni tizib chiqing, qoyalarning
oqimi sifati va ular orasidagi aloqalarni chеgaralab qo’ymang.
|