ta’sir etadigan individual axloqidagi o'zgarishlami kuzata borib, unga aniq ma’no
berish va uni boshqarish individual refleksli tarbiya texnologiyasi va metodikasini
yaratishga olib keldi. Mazkur ishlanmalar asosida ijtimoiy ta’sir g'oyalari yotadi.
Barcha turkumlash usullari nazariyalarda umumiy bo‘lmagan, maxsus tomonlami
ifodalaydi, chunki har bir usul o ‘z xususiyatlariga ega bo‘ladi. Shu bilan birga,
barcha ishlarda umumiylikni-bolani aqliy faoliyatga qo‘zg‘atuvchi u yoki bu
belgining mavjudligini ko‘rish mumkin. Shuningdek, boshqa kishi tomonidan
kiritiladigan belgi birinchi individ xulq-atvorini tashkil etishda yangilik bo‘ladi.
Ayni shunda har qanday belgi operatsiyasining mohiyatida xulq-atvomi tashkil
etishga kiritiladigan fuksiyadagi belgining ahamiyati yotadi. Ular turlicha bo'lishi
mumkin (hal qiluvchi, nazorat qiluvchi, yordam beruvchi, kim haqidadir eslatuvchi).
Belgi sovg‘aga o ‘xshash narsa boMadi. Zero, sovg‘a - uni bergan kishi haqidagi
taassurot. Ayni shu tufayli belgi ijtimoiydir, shu sababli u xulq-atvomi tashkil etadi.
Madaniyat tarixida(odamlar, afsona, hatto din) belgi ana shunday ma’no va
ahamiyat kasb etadi. Belgining asosiy xususiyati - ijtimoiylik, ya’ni o‘z xulq-
atvorini o‘zga kishi orqali amalga oshirishdir. Insonning fikrga beixtiyor harakat
yo‘lini shartli ravishda quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin: belgi-reseptor-miya
(ong) his-tuyg‘u aqliy jarayon. Shunday qilib, tashqi signal (axborot sifatidagi belgi)
ong bilan aks etadi, u o ‘ziga xotira, diqqat, tasawur, idrok kabi psixik funksiyalarni
mujassamlashtiradi, bular miyada ilgari yetiladi, u ixtiyorsiz tarzda aqliy jarayonni,
shundan so‘ng esa insonning ongli faoliyatini vujudga keltiradi. Insonning ana shu
tabiati tufayli uning shaxsi rivojlanib boradi.
Asosiy belgi - vosita, bu so‘z, yangi bilim, inson faoliyat tajribasi va uning
usullaridan tarkib topgan o'qituvchi nutqidir. So‘z, nutq - o ‘zaro ta’sir,
kommunikatsiya, ruhiy axloqiy va ijtimoiy-madaniy tajribani berish asosidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytsak, biz rivojlantiruvchi usul asosida yuqorida
bayon etilgan usullaming har biri orqali amalga oshirilgan g‘oyalar sifatida ijtimoiy
ta’sir (kommunikatsiya o'matish) g‘oyasi qo‘yiladi