Mavzu. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qurilmalari reja




Download 11.8 Mb.
bet8/20
Sana31.10.2022
Hajmi11.8 Mb.
#28654
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
1-mavzu. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularni qoʻllanilishii
cybersecurity-artificial-intelligence 11111 (1) (1), 1. Nosimetrik shifrlash algoritmlari Assimetrik shifrlash algori, 402-guruh onlayn kurslar, Elektron ta\'limni boshqaruv vositalari 191 Begbo\'tayeva Sadoqat-fayllar.org, 4-labaratoriya mashg\'ulot topshirig\'i, Pythonda turtle kutubxonasi bilan ishlash (1), Презентация Microsoft PowerPoint (4), Usmon, 9, SANOAT, 1427572, Matematika va informatika ta, 619-guruh dasturlash tillari oraliq nazorat 22.10.2022, Sanoat korxonalarida mehnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi1
Axborot sifati

Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, yetarliligi, aktualligi, o‘z vaqtidaligi, aniqligi, ochiqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy isteomol sifat ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqdir. Ularni batafsil ko‘rib chiqamiz:


Axborotning reprezentativligi - oboekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadida axborotni to‘g‘ri tanlash va shakllantirish bilan bog‘liqdir.
Axborotning mazmundorligi - semantik hajmini ifoda etadi. Axborot mazmundorligi ortishi bilan axborot tizimining semantik o‘tkazish quvvati ortadi, chunki bir xildagi maolumotlarni olish uchun kamroq hajmda maolumotlarni o‘zgartirish talab etiladi.
Axborotning yetarliligi (to‘laligi) - qaror qabul qilish uchun minimal, lekin yetarli tarkibga ega ekanligini bildiradi. Axborotning to‘laligi tushunchasi uning maonosi mazmuni (semantikasi) va pragmatikasi bilan bog‘liqdir. To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun yetarli bo‘lmagan, xuddi shuningdek ortiqcha bo‘lgan axborot ham foydalanuvchining qaror qabul qilish samaradorligini kamaytiradi.
Axborotninng aktualligi - axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o‘zgarish dinamikasiga hamda ushbu axborot paydo bo‘lgan vaqtdan buyon o‘tgan davr oralig‘iga bog‘liq bo‘ladi.
Axborotning o‘z vaqtidaligi - axborotning avvaldan belgilab qo‘yilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi.
Axborotning aniqligi - olinayotgan axborotning oboekt, jarayon, hodisa va hokazolarning aniq holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi.
Axborotning ochiqligi - foydalanuvchi axborotni idroklashi uchun uni olish va o‘zgartirish jarayonlarini bajarish yo‘llari bilan amalga oshiradi. Misol uchun, axborot tizimida axborot foydalanuvchini o‘zgartirishi uchun ochiq va qulay shaklga aylantirib beriladi. Bu axborotning semantik shakli va foydalanuvchining tezaurusini moslashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Axborotning ishonarliligi - axborotning oboektlarini kerakli aniqlikda aks ettirish xususiyati bilan belgilanadi. Axborot ishonarliligi zarur aniqlikda ehtimollar nazariyasi bilan o‘lchanadi, yaoni axborot aks ettirgan ko‘rsatkich uning haqiqiy qiymatidan kerakli aniqlikda bo‘lish ehtimolini bildiradi.
Axborotning barqarorligi - axborotning asos qilib olingan ma’lumotlar aniqligini buzmasdan o‘zgarishlarga taosir qilishga qodirligini aks ettiradi. Axborotning barqarorligi aynan reprezentativlik axborotni tanlash va shakllantirishning tanlab olingan uslubiyotiga bog‘liqdir.
Axborot sifatining reprezentativlik, mazmundorlik, yetarlilik, ochiqlik, barqarorlik ko‘rsatkichlari to‘laligicha axborot tizimlarini ishlab chiqishning uslubiy darajasida belgilanadi. Muhimlik, o‘z vaqtidalik, aniqlik va ishonarlilik ko‘rsatkichlari ham ko‘p jihatdan uslubiy darajada belgilanadi, biroq, ularning miqdorlariga tizimning ishlash xususiyatlari, birinchi navbatda uning mustaxkamligiga jiddiy taosir ko‘rsatadi. Bu joyda aktuallik va aniqlik ko‘rsatkichlari tegishli ravishda o‘z vaqtidalik va ishonarlilik ko‘rsatkichlari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Download 11.8 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Download 11.8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu. Ta’limda axborot texnologiyalari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qurilmalari reja

Download 11.8 Mb.