Tuproq haqidagi dastlabki fikrlar




Download 1,17 Mb.
bet4/8
Sana01.12.2023
Hajmi1,17 Mb.
#109206
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu-1

Tuproq haqidagi dastlabki fikrlar.
Tuproqshunoslik fan sifatida uncha katta tarixga ega bo’lmasada tuproq haqidagi dastlabki ma’lumotlar bundan 2-2,5 ming yillar oldin yuzaga kelgan. Qadimgi Xitoy va Misr, Hindiston va Vavilon, Armaniston, O’rta Osiyo va assuriyalik olimlar, faylasuflarning asarlarida uchraydi. O’sha davrlardayoq insonlar yerga solinadigan mahalliy o’g’itlar (go’ng, hojatxona axlati, turli chiqindilar, ohak) va shuningdek dukkakli, boshoqli ekinlar, ekinlar hosildorligini oshirishning muhim omili ekanligini tajribadan bilganlar Aristotelning shogirdi Teofrast (eramizgacha 372-287) ning "o’simliklar haqida tadqiqotlar" asarida tuproq xossalarini o’simliklarning talabi asosida o’rganish g’oyasi oldinga suriladi. Unda tuproq unumdorligiga ko’ra o’simliklarning turlari va navlarini tanlash, tuproqqa ishlov berish usullari haqida ko’plab ilg’or fikrlar aytilgan.
Abu Rayhon Beruniy
Tuproqshunoslik ilmiy fan sifatida faqat XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagina rivojlana boshladi.
1563 yilda fransuz tabiatshunosi Bernar Palissning "Qishloq xo’jaligida turli tuzlar to’g’risida" traktatasida tuproq o’simliklarni mineral oziq moddalar bilan ta’minlovchi asosiy manba ekanligi haqida fikrlar bayon etilgan. X1X asr boshlarida esa nemis olimi Albert Teyer o’simliklarning "gumus bilan oziqlanishi" fikrini olg’a suradi. Bu nazariyaga ko’ra, tuproq unumdorligini belgilaydigan asosiy omil - tuproq chirindisi xisoblanadi.
Nemis olimi Yustus Libix gumus nazariyasiga keskin qarshi chiqib, o’zining o’simliklarni mineral moddalar bilan oziqlanish nazariyasini olg’a surdi. O’simlik chirindi emas, balki mineral moddalar bilan oziqlanadi, gumus esa karbonat angidridining manbai hisoblanadi, deb ta’kidlaydi.
Tuproq haqidagi ilmiy fan asoschisi - buyuk rus olimi V.V.Dokuchayev (1846-1903) hisoblanadi. V.V.Dokuchayev tuproqshunoslikning asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqdi va tuproq hakidagi ilmiy tushunchani tavsiya etdi. Dokuchayev har bir tuproqning hosil bo’lishi tabiiy zonalardagi iqlimga, o’simliklar va hayvonot olamiga, tuproq paydo qiluvchi jinslarga, joyning relyefi va yoshiga bog’liq ekanligini isbotladi. Ana shunga ko’ra cho’l zonasida (O’rta Osiyoning asosiy qismi shu zonaga kiradi) sariq va oqish (hozirgi bo’z) tuproqlar rivojlanadi deb ko’rsatdi
Tuproqshunoslik fanining rivojlanishi, tuproqlarning turli xossa va tarkibini o’rganishga qator olimlar o’z hissasini qo’shdilar. Jumladan, N.M.Sibirsev, K.D.Glinka, S.S.Kossovich, S.S.Neustruyev, V.R.Vilyams, K.K.Gedroys, L.I.Prasolov va boshqa olimlarning ilmiy tuproqshunoslikni rivojlantirishdagi roli beqiyosdir.
O’rta Osiyo tuproqlarini o’rganish va klassifikasiyalashda S.S.Neustruyevning (1874-1928) ishlari muhim rol o’ynaydi. U 1907 yildan boshlab Turkistonda muntazam tuproq-geografik tadqiqotlar olib bordi. 1926 yilda S.S.Neustruyev o’zining «Turkistonga oid tuproq – geografik asari» da tuproqshunoslikning muhim sohalariga ko’plab yangi g’oyalar tushunchalar kiritdi. Chimkent uyezdiga oid regional monografiyasida O’rta Osiyo tuprog’ining yangi genetik tipi- "bo’z tuproqlar" terminini fanga birinchi bo’lib kiritdi. O’rta Osiyo tuproqlarini o’rganishda N.A.Dimo (1873-1959) xizmatlari katta. O’rta Osiyo respublikalarining turli masshtabli tuproq kartalari N.A.Dimo rahbarligida tuzilgan.
Tuproqlarni o’g’itlash va o’simliklarning oziqlanishi haqidagi ta’limotni rivojlantirishda buyuk sovet olimi akademik D.N.Pryanishnikov (1865-1948)ning ko’plab agrokimyoviy tekshirishlari katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Hozirgi vaqtda O’rta Osiyoda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini yanada oshirish borasida ancha ishlar amalgam oshirilmoqda. Tuproq sharoitlariga ko’ra turli agrotexnika usullaridan to’g’ri va samarali foydalanish ishiga e’tibor kuchaytirilmoqda. Markaziy Osiyo respublikalaridagi Tuproqshunos va agrokimyo ilmiy – tadqiqot oliygohlari, Toshkent Davlat dorilfinuni Tuproqshunoslik fakulteti va qator agrar oliygohlari tuproqshunoslik va agrokimyo kafedralarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar yo’nalishi va regional tuproqshunoslikning rivojlanishiga katta hissa bo’lib qo’shilmoqda. Olib borilgan ko’plab ilmiy tadqiqotlarning natijalari asosida O’rta Osiyo tuproqlariga doir ko’plab yirik fundamental asarlar yaratildi.
Keyinchalik O’rta Osiyoda yirik tuproqshunoslar I.P.Gerasimov, V.A.Kovda, A.A.Rode, N.A.Rozanov va boshqalarning tuproq geografiyasi, fizikasi, borasidagi ishlari paxtachilik rayonlarini o’rganishda M.A.Orlov, I.N.Antipov-Karatayev, S.M.Rijov, M.A.Pankov, N.V.Kimberg, M.U.Umarov. M.B.Baxodirov, A.M.Rasulov, O.K.Komilov va boshqalarning xizmatlari katta.

Download 1,17 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,17 Mb.