|
Tuproq va uning ayrim gorizontlari qalinligi
|
bet | 8/8 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 1,17 Mb. | | #109206 |
Bog'liq Mavzu-1Tuproq va uning ayrim gorizontlari qalinligi. Tuproqning umumiy qalinligi deb, uning yuzasidan boshlab ona jinsigacha bo’lgan gorizontlar (sm da ifodalangan) yig’indisiga aytiladi.
Demak, tuproq qalinligi uning A0+A1+A2+B1+B2 kabi gorizont va gorizontchalarining C (ona jinsi) gacha barcha yig’indisidir. Turli tuproqlarning qalinligi har xil bo’lib, 40-50 sm dan 100-150 sm gachadir. Ammo O’rta Osiyoning qadimdan sug’orilib kelinayotgan madaniy (agroirrigasion qatlamli) voha tuproqlarining qalinligi 250-300 sm va undan ham oshadi.
Ayrim gorizontlar qalinligini belgilashda tuproq yuzasidan boshlab, uning yuqori va quyi chegarasini ko’rsatib sm.da ifodalash ancha qulay (masalan, A0= 0-3 sm. A1=3-18, A2=18-30, B1=30-45 va x.k).
Tuproqning rangi va tusi uning muhim xossalaridan biri bo‘lib, tuproqning tarkibi, kelib chiqishi va xossalari haqida dastlabki qimmatli xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Aksariyat tuproqlarning nomi ularning rangiga qarab berilgan (qizil tuproqlar, sariq tuproqlar, qora tuproqlar, qo‘ng‘ir tuproqlar va hokazo). Boshqa alomatlari bilan bir qatorda, tusining intensivligiga ko‘ra tuproqning tipchalarini ajratib ko‘rsatiladi. Tuproqning qora rangdaligi unda chirindining ko‘pligi bilan bog‘liq. Chirindi miqdori kamayib borishi bilan tuproq to‘q kulrang, kulrang, och kulrang, oqish turlarga o‘tishi mumkin. Tarkibida ko‘p miqdorda karbonatlar, kremnezyom, kaolin, suvda oson eriydigan tuzlar yoki gips bo‘lgan tuproqlar oq rangda bo‘ladi. Oq rangning qizil rang bilan qo‘shiluvidan to‘q va zarg‘aldoq tuslar paydo bo‘ladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
|
| |