• Bu jinslar o’zining tashqi ko’rinishi, belgilari, tuzilishi va shuningdek kimyoviy mineralogik va mexanik tarkibi bilan farqlanadi
  • Kelib chiqishiga ko’ra minerallar
  • TUPROQ VA TUPROQ PAYDO QILUVChI JINSLARNING MINEROLOGIK TARKIBI




    Download 1,17 Mb.
    bet5/8
    Sana01.12.2023
    Hajmi1,17 Mb.
    #109206
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Mavzu-1

    TUPROQ VA TUPROQ PAYDO QILUVChI JINSLARNING MINEROLOGIK TARKIBI
    TUPROQ
    qattiq (mineral va organik zarrachalar),
    suyuq (tuproq eritmasi)
    maxsus ajratiladigan tirik faza (organizmlar, edafon)
    gazsimon (tuproq havosi)
    Barcha tog’ jinslari kelib chiqishiga ko’ra
    Magmatik
    Metamorfik
    Cho’kindi
    Bu jinslar o’zining tashqi ko’rinishi, belgilari, tuzilishi va shuningdek kimyoviy mineralogik va mexanik tarkibi bilan farqlanadi
    Elyuvial jinslar va elyuviy – tub jinslar nurash maxsulotlarining nurash qobig’ida, o’z joyida qolib to’planishidan hosil bo’ladi.
    Delyuvial jinslar yoki delyuviy deb, nurash mahsulotlarining yomg’ir va erigan qor suvlari ta’sirida qiyaliklarning quyi qismlari va tog’ yonbag’irlariga keltirib, to’planishidan hosil bo’ladigan yotqiziqlarga aytiladi.
    Allyuvial yotqiziqlar yoki allyuviy –doimiy oqar suvlar-daryolar faoliyati bilan bog’liq yotqiziqlardir. Toshqinlar natijasida daryo sohillari va daryo bo’ylarida ko’p to’planadi.
    Prolyuvial yotqiziqlar yoki prolyuviy – tog’li o’lkalarda bahorda erigan qor suvlari va vaqtincha kuchli jala yog’in suvlari-sel oqimlari natijasida hosil bo’ladi.
    Muzlik yotqiziqlari yoki morenalar – muzliklar keltirib aralash holda yotqizilgan gil, qum, qirrali va silliqlangan shag’al toshlardan iborat jinslardir.
    Dengiz yotqiziqlari. Bu jinslar qadimgi dengiz o’rnida va to’rtlamchi davrda dengiz transgressiyasi va regressiyasi natijasida hosil bo’lgan yotqiziqlardan iborat. Dengiz yotqiziqlari odatda qatlamli bo’lishi, yaxshi saralanganligi va tuzlarni ko’p saqlashi bilan xarakterlanadi.
    Eol yotqiziqlari – shamolning turli tog’ jinslari zarrachalarini uchirib olib ketishi va yotqizishi natijasida hosil bo’ladi.
    Shamol faoliyati, ayniqsa quruq iqlimli cho’l zonasida kuchli bo’lib qum barxanlari, qum tepachalari, gryada qumlari va mo’tadil iqlimli dengiz qirg’oqlari hamda daryo vodiylarida o’ziga xos qum tepalari –dyunalar shaklidagi relyeflar yuzaga keladi.
    Lyoss va lyossimon yotqiziqlar. Bularga lyoss va lyossimon qumoqlar kabi o’ziga xos qator belgilari bilan ajralib turadigan to’rtlamchi darv yotqiziqlari kiradi. Bu jinslar MDH-Yevropa qismining janubiy va janubi-sharqiy rayonlarida shimoliy Kavkaz va O’rta Osiyoda keng tarqalgan. Lyoss va lyossli jinslarda tabiiy unumdorligi yuqori bo’lgan bo’z tuproqlar, qora, kashtan tuproqlar hosil bo’ladi.
    Kelib chiqishiga ko’ra minerallar:
    Birlamchi minerallarga magmatik va metfmorfik jinslarning mexanik nurashi natijasida kimyoviy jihatdan o’zgarmasdan, g’ovak jinslar va tuproqlarda to’planadigan minerallar kiradi.
    Birlamchi minerallar asosan yirik zarracha (>0,001 mm) larda to’plangan bo’ladi. Tuproq ona jinslari va tuproqda ko’pincha mexanik jihatdan mustahkam va kimyoviy nurashga chidamli bo’lgan kvars SiO2 uchraydi.
    Ikkilamchi minerallar deb, asosan magmatik jinslar va birlamchi minerallarning kimyoviy va biologik nurashi natijasida hosil bo’lgan minerallarga aytiladi.
    Bu minerallarning barchasi nozik dispers mexanik fraksiyalarda (< 0,001 mm) to’plangan bo’ladi va ona jinslar hamda tuproqning muhim tarkibiy qismi va uning unumdorligini belgilaydigan asosiy ko’rsatkichlardan biridir.
    Tuproq tog’ jinslaridan paydo bo’lgan. Ammo tuproq o’zining bir qancha xususiyatlari, ayniqsa unumdorligi, ya’ni o’simliklarni suv, havo va oziq moddalari hamda boshqa hayot omillari bilan ta’min etish xususiyati bilan tog’ jinslaridan keskin farq qiladi.
    Tuproq paydo bo’lishi nihoyatda murakkab biofizik-kimyoviy jarayondir. A.A.Rodening ko’rsatishicha, tuproq paydo bo’lish jarayoni deb moddalar va energiyaning tuproq qatlamida o’zgarishi va harakati singari hodisalar yig’indisiga aytiladi.
    Tuproq paydo bo’lishi yaxlit qoya tog’ jinslarida yoki ularning suv, muz, shamol, gravitasion (bir-birini tortish xususiyati) ta’sirida nurashi va qayta yotqizilishidan hosil bo’lgan mahsulotlari ustida tirik organizmlarning paydo bo’lishi paytidan boshlanadi.
    NURASH
    Tog’ jinslari nurashi, bir joydan ikkinchi joyga ko’chirilishi va qayta yotqizilishi jarayonlarida, dastlabki zich jinslar uchun xarakterli bo’lmagan va tuproq paydo bo’lishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan, qator yangi xossalarga ega bo’ladi:
    1) zich, yaxlit holatdan g’ovak, bo’laklarga bo’lingan holatga o’tadi;
    2) kovaklikka ega bo’ladi, shu tufayli havo sig’imi va havo o’tkazuvchanlik, nam sig’imi va suv o’tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo’ladi;
    3) birlamchi jins hosil qiluvchi minerallar bilan bir qatorda nurash po’stlog’ining tog’ jinslari ikkilamchi minerallarni, almashinadigan singdirish qobiliyatiga ega bo’lgan kolloidli va kolloid kattaligidagi loyli minerallarni saqlaydi;
    4) o’zining granulometrik, mineralogik va kimyoviy tarkibi bo’yicha yer yuzasida qayta taqsimlanadi;
    5) tirik organizmlar uchun qulay shakldagi, biofil elementlar, shuningdek zaharli kimyoviy elementlarni saqlaydi;
    6) materiallarning nurashi, aralashuvi va qayta yotqizilishi jarayonlarida shakllanadigan, litologik qatlamlilikga ega bo’ladi.

    Download 1,17 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TUPROQ VA TUPROQ PAYDO QILUVChI JINSLARNING MINEROLOGIK TARKIBI

    Download 1,17 Mb.