• Tuproqning tuzilishi Tuproq profili (kesimi) ning tuzilishi
  • Tabiatda moddalarning aylanishi




    Download 1,17 Mb.
    bet7/8
    Sana01.12.2023
    Hajmi1,17 Mb.
    #109206
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Mavzu-1

    Tabiatda moddalarning aylanishi
    TUPROQ PROFILINING SHAKLLANISHI
    Tuproq profili - tuproq genetik gorizontlarining vertikal yo’nalish bo’yicha muayyan tarzda almashib turishi natijasida yuzaga keladigan tashqi qiyofasidir. Tuproq profilini tashkil etuvchi genetik gorizontlar o’ziga xos tashqi morfologik belgilari bilan ajralib turadi. Tuproqlar, sodir bo’ladigan ichki jarayonlarni, ularning paydo bo’lishi (genezisi) ni va rivojlanish tarixini namoyon etadigan, morfologik belgilar deb ataladigan, tashqi ko’rinishga ega. Ana shu belgilar asosida tuproqlarni ona jinslaridan va bir-biridan farqlab ajratish hamda tuproq paydo bo’lish jarayonlarining borishi, uning jadalligi haqida umumiy tasavvurga ega bo’lish mumkin. Tuproqning morfologiyasi haqidagi asosiy fikrlar V.V.Dokuchayev tomonidan aytilgan bo’lib, S.A.Zaxarov uni takomillashtirdi.
    Tuproqning asosiy morfologik belgilari
    tuproq profilining tuzilishi
    tuproq va uning alohida gorizontlarining qalinligi
    mexanik tarkibi
    rangi (tusi)
    yaralmasi
    strukturasi; qovushmasi
    qo’shilmasi
    Tuproq chuquri (kesmasi)
    Tuproqning tuzilishi
    Tuproq profili (kesimi) ning tuzilishi. Aytilganidek, tuproq profili qator genetik gorizontlardan iborat. Tuproq gorizontlari - tuproq paydo bo’lish jarayonlari natijasida paydo bo’ladigan va odatda yer yuzasiga parallel yo’nalgan, deyarli bir xil tuzilishli hamda o’zining morfologik (tashqi) belgilari bilan ajralib turuvchi tuproq qatlamlaridir.
    Tuproq gorizontlari bir-biridan rangi (tusi), strukturasi, qovushmasi singari morfologik belgilari bilan farqlanadi. Ular har xil kimyoviy va mexanik tarkibga ega bo’lib, bu gorizontlarda biologik jarayonlar ham turlicha kechadi.
    Ao - o’simliklarning organik qoldiqlaridan iborat organogen gorizont (o’rmon to’shamasi, dasht o’simliklari namati);
    T - torfli organogen gorizont;
    A1 - gumusli - akkumulyativ (chirindi to’planadigan) gorizont; A2-elyuvial, B - illyuvial yoki o’tuvchi, G - gley (berch) gorizont, C - ona jins, D-ostki g’ovak tog’ jinslari bo’lib, C - dan o’zining litologik tarkibi bilan farqlanadi. Ah - haydalma gorizont, ishlov beriladigan tuproqlardagi haydalma qatlam.

    Download 1,17 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,17 Mb.