• Tuproq haqida tushuncha va uning ta’rifi.
  • TUPROQSHUNOSLIK FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI




    Download 1,17 Mb.
    bet2/8
    Sana01.12.2023
    Hajmi1,17 Mb.
    #109206
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Mavzu-1

    TUPROQSHUNOSLIK FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI.
    Tuproqshunoslik - tuproq haqidagi fan bo’lib, tabiiy jism va ishlab chiqarish vositasi hisoblangan tuproqning kelib chiqishi, rivojlanishi, tuzilishi, tarkibi va xossalari, unumdorligi hamda geografik tarqalishi qonunlarini, tabiatda, bioqatlamda va jamiyatdagi asosiy vazifalari va roli, uni meliorasiyalash yo’llari va usullari, muxofaza qilish hamda insonlar ishlab chiqarish faoliyatida oqilona foydalanish qonunlarini o’rganadi.
    - Tuproqning kelib chiqishi, tarkibi, xossalari va uning unumdorligini o’rganish, tiklash, saqlash va oshirib borish, ulardan oqilona foydalanish, muhofaza qilishni o’rgatish; o’simliklarning biologik xususiyatlari va tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qishloq xo’jalik ekinlaridan mo’l va sifatli xosil yetishtirish usullarini yaratish
    - Tuproqning kelib chiqish tarkibi, fizik, agrokimyoviy xossa-xususiyatlarini har tomonlama o’rganish va shu asosida qishloq xo’jalik vositalaridan to’gri va oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, sifati, bonitirovkasini, iqtisodiy bahosini, muhofazasini bilish.
    Tuproq haqida tushuncha va uning ta’rifi.
    V.V.Dokuchayev birinchi bo’lib tuproqning paydo bo’lish omillari va jarayonlari haqidagi ilmiy nazariyani yaratdi hamda tuproq tushunchasiga quyidagicha ta’rif berdi: "Tuproq deganda suv, havo hamda turli tirik va o’lik organizmlar ta’sirida tabiiy ravishda o’zgargan tog’ jinslarining (qaysi xil bo’lishidan qat’iy nazar) "yuza" yoki tashqi gorizontlariga aytiladi“.
    Tuproq haqida tushuncha va uning ta’rifi.
    Tuproqshunoslik asoschilaridan biri N.M.Sibirsev o’z ustozi V.V.Dokuchayevning tuproq haqidagi g’oyalarini yanada rivojlantirib, tuproq haqidagi tushunchaga o’zining ayrim fikrlarini kiritdi va tuproq paydo bo’lish jarayonlarining mohiyatini ancha chuqurroq ochib berishga harakat qildi. U tuproqning quyidagi ta’rifini beradi: "Tabiiy tuproqlar deganda qit’alarning yuza qismi hosilalari yoki tog’ jinslarining shunday tashqi gorizontlariga aytiladiki, undagi umumiy ektodinamik hodisalar, shu qatlamgacha kirib borayotgan organizmlarning ta’siri yoki biosfera tarkibiy qismlaridan yuzaga kelgan jarayonlarning o’zaro birgalikdagi ta’siri tufayli kechadi".

    Download 1,17 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,17 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TUPROQSHUNOSLIK FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI

    Download 1,17 Mb.