Tabiatda moddalarning katta geologik va kichik biologik aylanishi




Download 1,17 Mb.
bet6/8
Sana01.12.2023
Hajmi1,17 Mb.
#109206
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu-1

Tabiatda moddalarning katta geologik va kichik biologik aylanishi.
Ma’lumki, tuproq tog’ jinslaridan kelib chiqqan. Ammo yer betiga chiqib qolgan tog’ jinslariga hali tirik organizmlar ta’sir etmagan davrda jinslarda faqatgina nurash jarayoni kechadi. Buning natijasida hosil bo’ladigan nurash mahsulotlari tarkibidagi o’simliklar uchun oziq moddalar hisoblangan kul elementlari (Ca, Mg, K, P, S kabilar) atmosfera yog’inlari ta’sirida yuviladi va yuza oqimlar hamda sizot suvlari ta’sirida dengizlar va okeanlarga olib borilib to’liq yoki qisman yotqiziladi, natijada dengiz cho’kindilari hosil bo’ladi.
Har yili suv oqimlari bilan jahon, okeanlariga 20-25 mlrd.t. mineral zarrachalar oqizilib ketiladi, uning asosiy qismi tuproq zarrachalaridir. Yer tarixida kechadigan uzoq muddatli geologik jarayonlar tufayli dengizlar quruqlikka aylanib, undagi cho’kindilar yer betiga chiqib qoladi va u yana qator murakkab nurash jarayonlariga uchraydi. Quruqlik va okeanlar orasida kechadigan moddalarning ana bunday aylanishiga katta geologik aylanish deb aytiladi. O’zining yo’nalishi bilan bu aylanishda nurash po’sti jinslaridagi o’simliklar uchun zarur kul elementlari unda to’planmasdan, aksincha kamayib borib, kambag’allashuvi ro’y beradi.
Organik qoldiqlar mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib, uning bir qismi yangi organik modda-gumusga aylanadi. Bu moddalar mikroorganizmlar ta’sirida sekin parchalanib o’zgarganligi sababli jinslarning yuqori qismlarida to’plana boshlaydi, qisman esa minerallashib azot va kul elementlari kabi oziq moddalarga ajraladi. Ana shu moddalar eritmaga o’tib, tuproqning mineral qismi va gumus moddalari bilan yangi kompleks, kam harakatli birikmalar hosil qiladi va yangi avlod o’simliklar ildizlari orqali ularni singdirib oladi. Natijada, jinslardagi kul elementlari shuningdek, azot oliy o’simliklar, mikroorganizmlar ta’sirida tuproqda yig’ila boshlaydi va qator biokimyoviy o’zgarishlarga uchraydi. Hosil bo’lgan yangi, ancha kam harakatchan shakldagi bu moddalar jinslarning yuqori qatlamlarida yig’iladi. Demak o’simlik hamda tuproqqa aylanayotgan tog’ jinslari orasida kul elementlari va azotning aylanishi yuzaga keladiki, bu jarayon uzluksiz ravishda boradigan organik moddalarning sintezi va parchalanish jarayonlari bilan bog’liqdir. Buning natijasida tuproq unumdorligining muhim omili hisoblangan mineral va azotli oziq moddalarning tog’ jinslari yuqori qismlarida asta-sekin biologik to’planishi yuz beradi. Moddalarning tabiatda ana shunday aylanishini V.R.Vilyams moddalarning kichik biologik aylanishi deb atashni tavsiya etadi.

Download 1,17 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1,17 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabiatda moddalarning katta geologik va kichik biologik aylanishi

Download 1,17 Mb.