|
Xodimlarni bo`sh vaqt bilan qiziqtirish usullari
|
bet | 11/12 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 300,5 Kb. | | #109103 |
Bog'liq Xodimlarni rag‘batlantirish va motivatsiyalash usullari Xodimlarni bo`sh vaqt bilan qiziqtirish usullari
|
Қизиқтириш усуллари гуруҳлари
|
Қизиқтириш усуллари
Қизиқтири
|
|
Ходимларга қўшимча дам олиш вақти
берилиши
|
Режадан ташқари ҳақ тўланадиган таътил.
Ҳақ тўланадиган қўшимча таътил.
Ижодий таътил.
Иш ҳақи сақланилмайдиган қўшимча таътил.
|
Ўзгарувчан иш вақтини белгилаш.
|
Иш вақтининг умумий меъёрига риоя этиб, умумий иш вақтини мустақил белгилашга ижозат бериш.
Ишни тақсимлаш усулидан фойдаланиш.
Ишнинг вахта шаклидан фойдаланиш.
|
Бандликнинг ўзгарувчан шаклларини қўллаш
|
Муваққат ва мавсумий бандлик.
Уйда ишлаш.
Агентлик хизмати.
Уй телефони орқали ишлаш.
Ўзини қизиқтирган қулай иш билан шуғулланиш.
|
Bo`sh vaqt bilan qiziqtirishdan ko`zlangan maqsad ish joyida alohida sharoit yaratish orqali mehnat unumdorligini oshirganlik va muvaffaqiyatga erishganlik uchun xodimlarni rag`batlantirishdir.
Mehnat faoliyatini motivlashni va qiziqtirishni boshqarish – xodimlarning faoliyat sharoitini o`zgartirish, mehnatga undovchi qiziqtirish vositalari va motivlaridan foydalanish yo`li bilan ularning fe`l-atvoriga muttasil ta`sir qilib turish demakdir.
Mehnat faoliyatini motivlash va stimullashni boshqarish jarayoni quyidagi umumiy vazifalarni o`z ichiga oladigan jarayondir:
prognozlash va rejalash;
tashkil etish;
stimullash;
muvofiqlashtirish va tartibga solish;
nazorat, hisob-kitob, tahlil.
Maxsus funksiyalar ham mavjud, chunonchi:
mehnatni motivlash va stimullash tizimini tashxislash;
tashkilotning xodimlarni motivlash va stimullash sohasidagi strategiyasi maqsadlari va qoidalarini ishlab chiqish;
xodimlarni sttmullashsh tizimining mazmunini belgilash;
moddiy pulli va pulsiz mukofotlash tizimini ishlab chiqish;
moddiy rag`batlantirish tizimini ishlab chiqish;
xodimlarni motivlash va stimullashni tartibga soluvchi ichki me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
xodimlarni motivlash va stimullashsh tizimi samaradorligi monitoringi.
Mehnatni motivlash va unga qiziqtirishni boshqarishda quyidagi qoidalarga rioya etilishi lozim:
mehnatni baholash va unga haq to`lashda xodim hissasini tashkil etuvchi hamma jihatlarni hisobga olish;
xodimlarga innovatsiya faoliyatida qatnashish imkoniyatini berish;
xodimlarning har bir guruhiga mehnatga haq to`lash va stimullashning barcha turlaridan bahramand bo`lish imkonini berish;
-hayot yo`lining hamma bosqichlarida xodimlar turmushini ta`minlashda tashkilotning ishtirok etishi;
-xodimni tashkilotda saqlab qolish;
-tashkilotning ta`sir doirasiga xodimdan tashqari uning oila a`zolarini ham jalb qilish.
Xulosa
Xodimlarni jalb qilish va saqlab qolish orqali tashkilot maqsadlariga erishishni ta`minlash – xodimlar mehnatini motivlash va stimullash tizimini shakllantirishning va faoliyat yuritishning asosiy maqsadidir.
Qo`shimcha sifatida quyidagi maqsadlarni ham aytib o`tish mumkin:
-xodimlarni tashkilotga jalb qilish, ularni uyushtirish;
-xodimlarning mehnat ulushini odilona baholash;
-unumdorlikni stimullash;
-moddiy qiziqtirishga va ijtimoiy himoya tadbirlariga qilingan harajatlarning eng maqbul nisbati;
-tashkilotni samarali rivojlantirish.
Korxona xodimlarini motivlash va stimullash tizimi mahalliy ma`muriy hujjatlarda belgilab qo`yilishi kerak. Bu hujjatlar:
-umumiy xarakterda (jamoaviy shartnoma, mehnat shartnomasi, ichki tartib-qoidalar, bo`linma to`g`risida nizom, qo`shimcha reglament, shtat jadvali va h.k.);
-moddiy stimullashshni tartibga soluvchi (mehnatga haq to`lash va moddiy qiziqtirish to`g`risida nizom, ijtimoiy to`lovlar va imtiyozlar – ijtimoiy paket to`g`risida nizom va b.sh.q.);
-bevosita stimullashshni tartibga soluvchi (tashkilotning axloq kodeksi, xodimlarni attestatsiyadan o`tkazish to`g`risida nizom, rahbarlar va mutaxassislarni saralash asosida tanlab olish to`g`risida nizom va h.k.) hujjatlardir.
|
| |