• Birinchi guruhga
  • Ikkinchi guruhga
  • Kapital resurslar
  • Maxsulot tayorlash texnologiyasi




    Download 4,71 Mb.
    bet3/45
    Sana13.02.2024
    Hajmi4,71 Mb.
    #155758
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
    Bog'liq
    Majmua maxsulot texnologiya va dizayn

    Texnologik qurollari deb, inson uning ѐrdamida tabiatga, texnologik predmetiga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va b.). Texnologik predmetlari esa bevosita ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayѐrlanadigan narsalardir (er-suv, xomashѐ va boshqa turli materiallar).
    Texnologik vositalarini texnologik predmetlariga ta’sir etish xususiyatiga ko’ra bir nechta katta guruhlarga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar, turli xil apparatlardan iborat texnologik qurollarini kiritish mumkin. Ularning ѐrdamida ishchi tabiat ashѐlari va kuchlariga bevosita ta’sir qiladi va bu ashѐlar o’zining iste’moli uchun zarur bo’lgan shaklga keltiradi.
    Ikkinchi guruhga-materiallarni saqlash uchun mo’ljallangan texnologik vositalari (tizimlar, turli xil bochkalar, quvurlar, omborlar va boshqalar) kiritiladi.
    Uchinchi guruhga-ishlab chiqarish jaraѐnida bevosita qatnashmaydigan, lekin unga shart-sharoit yaratib beradigan texnologik vositalari kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab chiqarish jaraѐnining amalga oshishi mumkin emas ѐki to’la va samarali amalga oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yo’llar va boshqalar misol bo’la oladi.
    Ma’lumki, biror mahsulotni ishlab chiqarish uchun resurslar kerak bo’ladi. Ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslar faqat manba, zaxira sifatida emas, balki uni harakatga keltiruvchi, unga ta’sir etuvchi omil sifatida ham qaraladi. SHu sababli ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarni ishlab chiqarish omillari deb ham ataladi. Resurslar, odatda tabiiy, kapital va texnologik resurslariga bo’linadi.
    Tabiiy resurslarga-havo, suv, quѐshdan kelaѐtgan issiqlik va ѐrug’lik, yer maydoni, yer osti va yer usti boyliklari, o’simliklar va hayvonot dunѐsi, xullas odamlar ehtiѐji uchun zarur bo’ladigan tabiatning barcha ne’matlari kiradi. Kapital resurslar deb, inson tomonidan yaratilgan va boshqa mahsulot turlarini yaratishga jalb etiladigan resurslarga aytiladi. Iqtisodchilar ularni ishlab chiqarish vositalari, deb ham atashadi. Ularga bino va inshootlar, asbob-uskuna va mashina-mexanizmlar, turli-tuman dastgohlar va jihozlar, xomashѐlar va boshqalar kiradi. Texnologik resurslari deganda, texnologik qilishga laѐqatli kishilar, ularni bilimi, ish tajribasi va texnologik mahorati bilan birgalikda tushuniladi.

    Download 4,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




    Download 4,71 Mb.