• Qora metall gruppasiga
  • Metalldan tayyorlangan buyumlar va mahsulotlarga xomashyo tanlash va tayyorlash texnologiyasi




    Download 4,71 Mb.
    bet5/45
    Sana13.02.2024
    Hajmi4,71 Mb.
    #155758
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
    Bog'liq
    Majmua maxsulot texnologiya va dizayn

    Metalldan tayyorlangan buyumlar va mahsulotlarga xomashyo tanlash va tayyorlash texnologiyasi .
    Ma’lumki xozirgi vaqtda kimyoviy elementlar davriy sistemasida elementlar metallar va metallmaslarga bo‘linadi, metallar barcha elementlarini yarmidan ko’proq qismini tashkil etadi va elektr uzatuvchanligi temperaturaga bog‘liq bo‘ladi. Metallar issiqlikni ham yaxshi o‘tkazadi.
    Metallarga shunday ta’rif bersa bo‘ladi, «temperatura pasaygan sari elektr o‘tkazuvchanligi ortadigan issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan, bog‘lanuvchan va o’ziga xos yaltiroqlikka ega bo‘lgan elementlar moddalar deb ataladi».
    Demak, materiallar mehnat jarayonining mahsuli bo‘lib, undan insoniyat o‘z talablarini qondiradigan buyumlar yasashda foydalanadi. Materiallar ishlab chiqarishda birlamchi vosita hisoblanadi. Material bo‘lmasa, sanoat jarayonlari ham bo’lmaydi. Masalan, mis (material) ishlab chiqarish uchun rudalar (mis rudalari) qazib olinishi kerak. Xom ashyo materiallarni olish uchun ham mehnat sarflanadi, ya’ni rudalar qazib olinib, qayta ishlash uchun ruda boyitiladigan kombinatlarga yuboriladi. So‘ngra boyitilgan rudalardan mis olinadi. Misdan esa turli xil buyumlar ishlab chiqariladi. Mis olishda ruda xom ashyo material bo‘lsa, buyum ishlab chiqarishda misning o‘zi xom ashyo material hisoblanadi.
    Metallar elementlar davriy sistemasi jadvalining asosan chap qismida joylashgan. Barcha metallar ikki gruppaga, ya’ni qora metallar gruppasiga va rangli metallar gruppasiga bo‘linadi.
    Qora metall gruppasiga asosan temir va uning qotishmalari miqdori kiradi. Qolgan barcha metallar rangli metallar gruppasiga kiradi.
    Rangli metallar quyidagi gruppalarga bo‘linadi:
    a) og‘ir rangli metallar gruppasi: bu gruppaga mis, nikel, qo‘rg‘oshin, kaliy, kadmiy, kobolt, mishyak, surma, vismut, simob va boshqalar;
    b) engil rangli metallar gruppasiga: alyuminiy, magniy, titan, natriy, berilliy, litiy, bariy, kalsiy, stronsiy va kaliy;
    v) qimmatbaho metallar gruppasiga: oltin, kumish, platina, osmiy, iridiy, rodiy, ruteniy va palladiy.

    Download 4,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




    Download 4,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metalldan tayyorlangan buyumlar va mahsulotlarga xomashyo tanlash va tayyorlash texnologiyasi

    Download 4,71 Mb.