Nodir metallar gruppasiga




Download 4,71 Mb.
bet6/45
Sana13.02.2024
Hajmi4,71 Mb.
#155758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Majmua maxsulot texnologiya va dizayn

Nodir metallar gruppasiga: bu gruppaga suyuqlanishi qiyin metallardan volfram, molibden, tantal va sirkoniy, tarqoq mettallar (talliy, galliy, germaniy, indiy, roniy).
Siyrak yer metallar (lantan va lantanoidlar).
Radioaktiv metallar (poloniy, radiy, aktiniy, toriy, uran) va boshqalar.
Metallarning va ular qotishmalarning ichki tuzilishi hamda xossalarini shuningdek, ularning tuzilishi bilan xossalari orasidagi bog‘lanishi o‘rganuvchi fan materialshunoslik deb ataladi.
Metall va uning qotishmalari xossalari shu metal qotishmalarining kimyoviy tarkibigagina bog‘liq bo‘lmay, balki uning ichki tuzilishiga, strukturalariga ham bog‘liqdir.
Shunday qilib, temperatura pasaygan sari elektr o‘tkazuvchanligi ortidigan elementlarni metallar deb atamoq kerak.
Bundan tashqari, absolyut nol temperaturada moddaning energiyasi minimal bo‘ladi. Bunday xolatlarda metallarning elektron o‘tkazuvchanlik xossasi bo‘ladi, metall oidlarning bunday xossasi bo‘lmaydi, ammo temperatura ko’tarilsa, metall oidlarga ham elektron o‘tkazuvchanlik paydo bo‘ladi. Binobarin, metallarga berilgan yuqoridagi ta’rifga elektron o‘tkazuvchanlikni ham qo‘shish kerak. Mashhur rus olimi M. V. Lomonosov bunday degan edi: «Metallar bog‘lash mumkin bo‘lgan yaltiroq jisimlardir». Shunday qilib, metallar ta’rifiga bog‘lanuvchanlik va yaltiroqlik xossalarini, shuningdek, issiqlik o‘tkazuvchanlik xossalarini ham qo‘shish kerak ekan.
Metallar yaltiroq va plastik bo‘ladi. Yaltiroqlik va, ko’pincha, plastik xossalari sof metallargina xos bo‘lib qolmay, balki ularning qotishmalariga ham xosdir. Demak, metallarning qotishmalari ham metallar deb atasa bo‘ladi.
Metallarning elektr tokini yaxshi o‘tkazishiga sabab shuki, juda kichik potensial ayirmasi xosil qilindi deguncha ular atomlaridagi elektronlar kela boshlaydi, ya’ni musbat qutb tomon boradi, natijada elektr toki vujudga keladi. Metalloidlarda bunday xossa bo‘lmaganligidan, ular elektr tokini o‘tkazmaydi.
Metall va uning qotishmalarini fizik-mexanik va kimyoviy xossalaridan tashqari, ularning texnologik xossalari ham ahamiyatga egadir. Bu xossalarga deformatsiyalanuvchanligi, quyuluvchanligi, kesib ishlanuvchanligi, payvandlanuvchanligi, toblanuvchanligi va boshqa xossalari kiradi. Metallshunoslikni bilmay turib xilma-xil xossali qotishmalar xosil qilish, bu qotishmalardan tayerlangan detal asbob va boshqalarning zarur kerakli tomonga uzgartirib bo‘lmaydi.
Metallmas materiallarga plastmassalar, yog‘och, yelim, rezinalar, lok-buyoqlar hamda qistirmabop, zichlamabop va izolyatsion materiallar kiradi. Mashinasozlikda metallmas materiallar turli buyumlarni metall va uning qotishmalari o‘rnini bosuvchilarni tayyorlashda keng ishlatiladi. Metallmas materiallar ulardan tayyorlanadigan buyumlarning zarur mexanik mustahkamligini, uncha katta bo‘lmagan zichligini ta’minlash bilan birga, ularga kimyoviy chidamlilik, eritkichlar ta’siriga bardoshlilik hamda suv, gaz va bug‘ o‘tkazmaslik, yuqori izolyatsion xossalar kabi juda qimmatli xossalar beradi.
Metall va uning qotishmalari shartli ravishda 2 guruhga ajratib o`rganiladi:

  1. Temir va uning qotishmalari qora metallar.

  2. Rangli metall qotishmalari rangli metall.

Sof (tarkibida qo‘shimchalar judayam oz bo‘lgan) metallarni o‘ziga xos xossalari tufayli texnikani turli sohalarida (masalan, Fe, Cu va Al lardan elektro radio texnikada, Ta, Nb, Si va boshqalardan pribor sozlikda, atom texnikada va boshqa joylarda) qo‘llanilsa, mashinasozlikda va boshqa sohalarda qora va rangli metallar qotishmalari (cho‘yan, po‘lat, latun, bronza va boshqalardan) asosiy konstruksion material sifatida keng foydalaniladi. Ma’lumki, rangli metall va ularning qotishmalari qora metall qotishmalaridan ancha qimmat bo‘lsada, korroziyaga bardoshligi, elektr va issiqlikni yaxshi o‘tkazishi, plastikligi, puxtaligining qoniqarligi, temperatura pasaygan sari elektr o‘tkazuvchanligining ortishi, termik ishlanishi va boshqa xossalari tufayli zarur joylarda keng qo‘llaniladi. Lekin imkon bo‘lsa, qimmatbaho rangli metall va ularning qotishmalari o‘rniga qora metall qotishmalari va nometall materiallardan foydalanish katta iqtisodiy tejamlik beradi.

Download 4,71 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Download 4,71 Mb.