|
Amaliy mashg’ulotlar ………………………………………
|
bet | 2/45 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #155758 |
Bog'liq Majmua maxsulot texnologiya va dizayn2.Amaliy mashg’ulotlar ………………………………………
3.Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari ………………………....
4.Glossariy …………………………………………………….
5.Ilovalar …………………………………………………..…
- fan dasturi
- silabus
- ishchi fan dasturi
- tarqatma materiallar
- testlar
- baholash mezonlari
- Adabiyotlar
- O’quv uslubiy majmuaning elektron varianti
MA’RUZA MASHGULOTLARI
1.МАВЗУ: TEXNOLGIYA VA DIZAYN. MAHSULOT TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI. FANNING MAQSAD VA VAZIFASI
1.1.Texnologiya va dizayn fanining maksad va vazifalari. O’zbekistonda ishlab chikarish turlari.
Fanning maqsadi – bo’lajak texnologiya fani o’qituvchilarini o’z kasbining mohir ustasi qilib tarbiyalash, ularga ѐg’och va metallning xususiyatlari to’g’risida boshlang’ich bilimlarni, ularni rejalash, yo’nish, arralash, teshish, pardozlash ishlariqo’l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashinalar elementlari, yangi texnika va ilg’or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanishni hamda mustaqil O’zbekiston kelajagi bo’lgan har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Fanning vazifasi – talabalarga ѐg’och va Metallarni rejalash, yo’nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo’l va elektr asboblarining tuzilishini, ishlashini, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlarni, mashinalar elementlarini, texnologik xaritalarni tuzishni, dizayn talablari darajasidagi ro’zg’orbob va xaridorgir buyumlarni tayѐrlashni, elektr bilan ishlovchi sodda uskuna va jihozlar tayѐrlashni, uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo’llaniladigan zamonaviy qurilish materiallarini; mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilishni, o’lchash va taqqoslash texnologiyalarini, texnologikni ilmiy tashkil etishni o’rgatishdan iborat.
Insonlarning o’z ehtiѐjlarini qondirish maqsadida iqtisodiy ne’matlar yaratishjaraѐni ishlab chiqarish deb yuritiladi. Iqtisodchilar iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni - ishlab chiqaruvchilar, ularni iste’mol qiluvchilarni esa iste’molchilar deb ataydi. Ishlab chiqaruvchilar, odatda, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga bo’linadi. Moddiy sohada moddiy ko’rinishdagi mahsulotlar, tovarlar ishlab chiqariladi. Moddiy ishlab chiqarish sohasiga sanoatdagi zavod va fabrikalarni, qishloq xo’jaligidagi fermer va dehqon xo’jaliklarini misol qilib keltirish mumkin. Moddiy ishlab chiqarish sohasiga moddiy boyliklarni ishlab chiqaradigan ѐki iste’molchilarga yetkazib beradigan hamma tarmoqlar kiradi. Sanoat, qishloq xo’jaligi va qurilishda jamiyat uchun zarur ishlab chiqarish vositalari (mashinalar, materiallar, inshoot va h.) hamda iste’mol mollari (oziq-ovqat mahsulotlari, kiyimlar, poyafzal va hokazolar) yaratiladi. Yuk transporti, ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bo’yicha aloqa, savdo, umumiy ovqatlanish, moddiy-texnika ta’minoti, tayѐrlash va sotish ham moddiy ishlab chiqarish sohasiga kiradi, chunki bo’lar mahsulotlarni yaratishda ѐrdam beradi va ularning realizatsiya qilinishini ta’minlaydi.
Xalq xo’jaligining noishlab chiqarish sohasiga aholiga ta’lim berish, tibbiy xizmat ko’rsatish, madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish, boshqarish, rejalashtirish va boshqa ijtimoiy zarur vazifalarni amalga oshiradigan tarmoqlar kiradi. Bu soha kishilarining texnologik sharoitini, turmushini yaxshilash xalqning farovonligini yuksaltirishga katta ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekiston sanoati ishlab chiqarishi ko’p tarmoqli bo’lgan murakkab sohadir. U elektr energetikasi, ѐqilg’i, qora va rangli Metallurgiya, kimѐ va neft kimѐsi, mashinasozlik va metallga ishlov berish, qurilish materiallari, to’qimachilik, tikuvchilik va boshqa shu kabi tarmoqlardan iborat, Bo’lar sanoatning ikki muhim tarkibiy qismini - og’ir va yengil sanoatni tashkil qiladi.
Og’ir sanoat tabiiy moddiy boyliklar (mineral xomashѐ, neft, toshko’mir, gaz va h.) ni qazib olish va tayѐrlash hamda ulardan turli xil buyumlar tayѐrlash uchun ularni qayta ishlash bilan shug’ullanadi. Mamlakatimizda kon sanoati yer bag’ridagi juda boy rangli metall rudalar, toshko’mir, neft, gaz, qurilish materiallari (ohak, marmar, granit, qum)ni qazib olish va qayta ishlash orqali xalq xo’jaligi uchun zarur mahsulot ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.
Sanoatning ikkinchi muhim tarkibiy qismi bo’lgan yengil sanoat qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan yetakchi tarmoq bo’lib, xalqning gazlama, kiyim-kechak, poyafzalga bo’lgan ehtiѐjini qondiradi. Mamlakatda yetishtiriladigan paxta, kanop, jun, teri va h. mahsulotlarining asosiy qismi ana shu sanoatda qayta ishlanadi. Biroq, bu og’ir va yengil sanoat bir-biriga bog’liq bo’lmasdan, mustaqil rivojlanadi, degan gap emas, albatta. Og’ir sanoat ishlab chiqarish vositalari (turli-tuman yigirish, to’qish dastgohlari, tikish mashinalari va h.) tayѐrlab, yengil sanoatni tez sur’atlarda taraqqiy ettirish bilan birga o’zi ham rivojlanadi. Bundan tashqari yengil sanoat og’ir sanoat uchun xom ashѐ bazasi bo’lib xizmat qiladi.
Xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarini zamonaviy texnika bilan ta’minlashni ilg’or mashinasozlik bazasisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. CHunki aynan mashinasozlikda ilmiy-texnik g’oyalar moddiy jihatdan ro’ѐbga chiqariladi, xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlaridagi belgilovchi yangi texnologik qurollari, mashinalar yaratiladi. Bu sohada resurslarni tejaydigan printsipial yangi texnologiyalarga keng miqѐsda o’tish, texnologik unumdorligini va mahsulot sifatini oshirish uchun asos solinadi.
Aholi uchun madaniy-maishiy va xo’jalikka mo’ljallangan xilma-xil tovarlarni tayѐrlash bilan asosiy mahsulotlar chiqarish bilan sanoatning barcha tarmoqlari shug’ullanadi. Sanoatni xom-ashѐ bilan, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. U o’simlikshunoslik (dalachilik, sabzavotchilik, mevachilik, yem-xashak tayѐrlash va h.) hamda chorvachilik (qora molchilik, qo’ychilik, parrandachilik, baliqchilik va h.)ni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish binolari, inshootlar, turar joylar, yo’llar, kasalxonalar, maktablar va boshqa ob’ektlarni qurish hamda rekonstruktsiya qilishdir.
Xalq xo’jaligi va aholining xilma-xil yuklarni tashish ehtiѐjini uzluksiz hamda o’z vaqtida ta’minlaydi. Jamiyatning ishlab chiqarish - xo’jalik faoliyatida, aholining madaniy-maishiy ehtiѐjlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. U axborotlarning uzatilishini ta’minlaydi va pochta, telegraf, telefon, radio, televideniyani o’z ichiga oladi.
Moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko’rsatish inson haѐti, uning yashashi va kamol topishi uchun moddiy asosdir. SHuning uchun ishlab chiqarishning to’xtovsiz takrorlanishi va uni rivojlantirish har doim eng muhim iqtisodiy qonuniyat va ob’ektiv zaruriyatdir.
Har qanday jamiyatda ishlab chiqarishning amalga oshishi, eng avvalo, uning ro’y berishi uchun bu jaraѐnda qatnashadigan omillar bo’lmog’i lozim. Iqtisodiѐtning tizimi va shaklidan qat’iy nazar ishlab chiqarish ѐki xizmat ko’rsatishning hamma sohalari uchun umumiy bo’lgan uchta omil: ishchi kuchi, texnologik qurollari va texnologik predmetlari bo’lishi shart. Ishchi kuchi deb, insonning texnologik qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlariningyig’indisiga aytiladi.Ishchi kuchi texnologik qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar uchun xosdir.
|
| |