• Foydalaniladigan adabiyotlar Shoyoqubov Sh. K “O’zbek xalq amaliy bezak san’ati” T 2009 Shoyoqubov Sh. K “Zamonaviy O’zbekiston miniatyurasi” T 2006 Qo’shimcha adabiyotlar
  • 2.MAVZU. .METALLDAN TAYYORLANADIGAN BUYUMLARGA HOMASHYO TANLASH VA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI. REJA
  • Maxsulot tayorlash texnologiyasi




    Download 4,71 Mb.
    bet4/45
    Sana13.02.2024
    Hajmi4,71 Mb.
    #155758
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
    Bog'liq
    Majmua maxsulot texnologiya va dizayn

    Muxokama uchun savollar
    1. Ishlab chiqarish nima?
    2. Ishlab chiqarish turlari necha xil bo’ladi?
    3. Ishlab chiqarish resurslariga nimalar kiradi?
    4. Ishlab chiqarish omillariga nimalar kiradi?
    5. Ishlab chiqarish inson haѐtida qanday ahamiyatga ega?


    Foydalaniladigan adabiyotlar
    Shoyoqubov Sh. K “O’zbek xalq amaliy bezak san’ati” T 2009
    Shoyoqubov Sh. K “Zamonaviy O’zbekiston miniatyurasi” T 2006
    Qo’shimcha adabiyotlar
    Mirziyoyev.Sh.M buyuk kelajagimiz mard va oliyjanob xalqimiz bilan birgalikda quramiz T., 2017
    Mirziyoyev.Sh.M Erkin farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz T., 2016
    O’zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev 2017-2020-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakat strategiyasi T.2017.


    2.MAVZU. .METALLDAN TAYYORLANADIGAN BUYUMLARGA HOMASHYO TANLASH VA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI.
    REJA:
    1. Metalldan yasalgan buyumlar va ularning ahamiyati.
    2. Metalldan tayyorlangan buyumlar va mahsulotlar
    3. Metallarni xossalari
    1. Metalldan yasalgan buyumlar va ularning ahamiyati.
    Tabiatda hozir ma’lum bo‘lgan elementlarning taxminan ¾ qismi metallardir. Metallar yaltiroqligiga ega bo‘lgan plastik moddalardir. Metallar (yunon, metalleio-qaziyman, yerdan qazib olaman) ma’nosini beradi, oddiy sharoitda yuqori elektr o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanlik temperatura koeffisientining manfiyligi, elektr magnit to‘lqinlarining yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan oddiy moddalar. Metallar qattiq holatda, kristall tuzilishda bo‘ladi. Bug‘ holatida esa bir atomlidir. Metallning oksidlari suv bilan birikkanida ko‘pincha asoslar vujudga keladi. Metallarning elektron tuzilishi tufayligina yuqorida aytib o‘tilgan o‘ziga xos xususiyatlariga ega metallar atomlari tashqi elektronlarini osonlikcha beradi. Metallning kristallik panjarasida hamma elektron o‘z atomi bilan birikkan bo‘lavermaydi. Ulardan ba’zilari harakatlanadi, metallardan yasalgan buyum, detall, moslama, qurol, asbob, uskuna, mexanizm, mashina, stanok va inshootlar sifatida, turmushda va ishlab chiqarishda ko‘plab ishlatiladi. Turmushda insonning ehtiyojiga ko‘ra metallardan yasalgan uy-ro‘zg‘or anjomlarini yengillashtirish, madaniy dam olishga xizmat qilish, transport uchun ulov xizmat qilishda ishlatiladi. Turmushda insonning qo‘l mehnatini yengillashtirish va yordam qilishga ketmon, bolta, lapatka, tesha, o‘roq, arra, bolg‘a, har xil o`lchamdagi mixlar, mahsulotlarni solish va saqlashga xizmat qiladigan katta – kichik idishlar, taom tayyorlashda foydalaniladigan pichoqlar, choynak, qozon, tovoq, o‘choq va boshqa ro‘zg‘or buyumlarni ko‘plab ishlatiladi. Metallardan yasalgan buyum va moslamalar insonning o‘z shaxsiy tomorqa uchastkasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun metallardan yasalgan buyumlar insonning yashashi uchun, hatto bevosita ovqatlanishi uchun taomlar tayyorlashida oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, qaynatish, qovurish, pishirish va saqlash jarayonlarida bevosita muhim rol o‘ynaydi. Ularning ahamiyatli jihati shundaki ularsiz, yuqoridagi jarayonlarni to‘la to‘kis amalga oshirib bo‘lmaydi. Metallardan yasalgan elektro montaj, radio va televideniya buyumlari hamda madaniy dam olishda ishlatiladigan buyum jihozlar insonning ma’naviy hayot turmush tarzini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etib, inson ma’naviy ozuqasini ularsiz ta’minlash mumkin emas. Metallar va ularni yig‘ish hisobiga tayyorlangan transport va ulov moslama hamda mashinalaridan inson hayotida uzoqni yaqin qilishda, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yig‘ishtirishda, tashishda uyro‘zg‘or ehtiyojiga ko‘ra g‘amlanadigan mahsulotlarni, uy chorva hayvonlarini parvarish qilish bilan bog‘liq mahsulotlarni tashish va jamlashda bevosita foydalaniladilar. Turmushda metallardan oddiy temirchi tomonidan tayyorlangan buyumlardan tartib bilan murakkab metalldan yasalgan asbob jihozlar qadimdan 5 hozirgacha yashash tarzi uchun muhim bo‘lib kelmoqda. Ulardan yasalgan mahsulotlarni asosiy qismi oddiy va qayta ishlangan metallar bo‘lgan. Qadimda temirchi hunarmandlar tomonidan metallardan yasalgan temirchilik mahsulotlari asosan uy ro‘zg‘or, dehqonchilik va boshqa yumushlarida to‘liq ishlatilgan. Har qanday jamiyatini rivojlantiruvchi sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, xizmat ko‘rsatish, mahsulotlarini qayta ishlash kabi ishlab chiqarish sohalarida metallar bevosita xomashyosi va mahsulot sifatida foydalanilmoqda. Sanoatda metallardan avvalo xomashyo sifatida, xom ashyoga ishlov beruvchi mashina, stanok, moslama, inshoot, tayyor mahsulot, sanoatni barcha jabhalarida ish bajaruvchi sifatida foydalaniladi. Masalan, yer ostidan qazib olinadigan temir va metallarni rudasi xomashyo sifatida zavodlarda mahsulot tayyorlash uchun qayta ishlovchi jarayonlarida rudani tozalab zagotovkaga aylantirishda, zagotovkaga ishlov berib, uni yig‘ib mahsulotga aylantirishda bevosita metallardan foydalanib ish bajariladi. Xulosa qilib aytganimizda, ishlab chiqarish jarayonlarida quyib oluvchi, tozalovchi, qayta ishlovchi, mahsulot tayyorlovchi, tashish va saqlash jabhalarini metallardan tayyorlangan buyum, detall,asbob, uskuna, moslama, mashina va inshootlarsiz bajarib bo‘lmaydi. Metallardan buyumlar yasash va tayyorlash hayot taraqqiyoti tufayli qadimdan rivojlanib temirchilik bo‘yicha hunarmandchilikka aylangan. Dastlabki qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun yerga ishlov berish qurollarini tayyorlaydigan hunarmandlar yetishdi. Harbiy urushlarda qo‘llanadigan qurollarni yasash zaruriyati unga taalluqli hunarmandlarni vujudga keltirdi. Toza holda metallar kamdan- kam uchraydi. Ularning har xil birikmalari yer yuzida konlar,ma’danlar holida uchraydi. Mikroskopik holatda metallar dengiz suvida, o‘simliklar hujayrasida va hayvonlar tukumida bo‘ladi.Texnikada 10 mingdan ortiq metall qotishmalari ishlatiladi, ularni:ishlab chiqarish uchun 40 dan ortiq kimyo elementlaridan foydalaniladi. Metallar asosan ikki guruhga bo‘linadi: qora (temir va uning qotishmalari) va rangli (hamma boshqa metallar va qotishmalar). Texnikada 10 mingdan ortiq metall qotishmalari ishlatiladi, ularni ishlab chiqarish uchun 40 dan ortiq kimyo elementlaridan foydalaniladi.
    2. Qora metallar haqida
    Tabiat va turmushda uchraydigan metallar qora va rangli metallarga bo‘linadi. Qora metallarga cho‘yan va po‘lat kiradi. Ular temir va uglerodning qotishmasidan iborat bo‘ladi. Toza temirdan kam-kam foydalaniladi. List metallar 0,5 dan 2 minggacha qalinlikdagi yupqa metallardan iboratdir. Metall listlari oq va qora bo‘lib, buning sababi ularning yupqa qalin qoplami bo`lishi va bo‘lmasligidir. Qora metall listidan texnik maqsadlarda foydalaniladi. Yupqa oq metallar esa ko‘proq uy-ro‘zg‘or buyumlari uchun ishlatiladi. Qora metallarning asosini temir tashkil qilganligi uchun temir elementi va rudasi haqida qisqacha ma’lumot keltiramiz. Temir-qadimdan ishlatilib kelingan, lekin uning keng ko‘lamda qo‘llanilishi keyinroq boshlanadi, chunki temir tabiatda erkin holda kam uchraydi. 6 Texnikaning ma’lum darajada rivojlanishi tufayligina uni rudalardan ajratib olishga yo‘l ochildi. Ehtimol, inson dastlab meteorit temirini bilgandir temirning qadimgi xalqlar tilida atalishi bunga dalil bo‘ladi: qadimgi misrliklar tilida «benipet» degani «osmon temiri» ma’nosini bildiradi; qadimgi yunoncha “sideros”, lotincha — “sidus” yulduz, osmon jismi bilan bog‘laydilar. Miloddan avvalgi 14- asrlardagi xettlar yozuvida temir haqida osmondan tushgan metall deb eslanadi. Roman tillarida temirning rumocha atalish negizi saqlanib qolgan (masalan, frans. fer, ital. ferro). Miloddan avval 2 minginchi yillarda Osiyoning g‘arbiy qismida temirni rudalardan olish usuli yaratildi; shundan keyin temir Vavilon, Misr, Yunonistonda ham ishlatiladigan bo‘ldi; bronza davrini temir davri egallay boshladi. Temir Yer po‘stida eng ko‘p tarqalgan og‘ir metall. U Yer po‘stining og‘irlik jihatidan 5,1% ini tashkil qiladi. Temirning sanoat uchun ahamiyatli rudalari jumlasiga magnetit (magnit temirtosh) Re3O4 (unda 72%Fe bor), gematit (qizil temirtosh) Fe2O3 (unda 70% gacha Fe bor), getit NFeOa va gidrogetit (limonit) Fe2Oz-N2O (unda 62% ga yaqin Fe bor), siderit FeSOz (unda 48,2%Fe bor) lar kiradi. Tabiiy suvda ham temir birikmalari bo‘ladi. Bulardan tashqari, tabiatda pirit Fe52 ham uchraydi. Mamlakatimizda yirik temir konlari bor. Planetalararo fazodan Yerga tushadigan meteoritlar tarkibida 80— 95% Fe va 5—20% № bo‘ladi.Toza temir oq tusli yaltiroq metall. Zichligi 7,874 g/sm3 , suyuqlanish temperaturasi 1539°S, qaynash temperaturasi 3200°S ga yaqin. Temir to‘rt shakl o`zgarishga ega (a-, v-, v- va b-temir). Bulardan a-temir hajmi markazlashgan kub shaklida kristallanadi, 769 S ga qadar barqaror, ferromagnit xossaga ega. Bu a-temir o‘zining ferromagnitligini yo‘qotib, paramagnit xossa namoyon qiladi va R- temirga aylanadi, lekin bu vaqtda uning kristallik tuzilishida deyarli o`zgarish bo‘lmaydi. 906°S da r-temir o‘tga aylanadi. 1400S da polimorf o`zgarish sodir bo‘lib, u-temir 6-temirga aylanadi; b-temir 1539°S gacha barqaror bo‘lib,, 1539°S da suyuqlanadi. Temir elektr tokini yaxshi o‘tkazadi, o‘rtacha kimyoviy aktivlik namoyon qiladi. Quruq temir odatdagi passiv element, lekin nam havoda tez zanglaydi. Qizdirilganida temir deyarli barcha metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Kislorod bilan temir steximetrik tarkibga ega bo‘lmagan oksidlar beradi. Temir normal elektrod potensiali manfiy bo‘lgani uchun suyultirilgan kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, kislorodsiz sharoitda ikki valentli temir tuzlarini hosil qiladi; konsentrlangan NMO3 va N25O4Da temir passivlanadi. Temir odatdagi sharoitda ishqorlarda erimaydi. Temir Mendeleyev davriy sistemasining IV davriga mansub a -elementlar (oraliq elementlar) jumlasiga kiradi. Temir o‘z birikmalarida +2, + 3 valentli bo‘ladi, lekin uning —2,0,+4 va +6 valentli mahsulotlari ham ma’lum. Temir turli-tuman birikmalar hosil qiladi. Mas., och yashil tusli temir (II)-sulfat Re5O4-7N2O shaklida kristallanadi ( u temir kuporos deyiladi). Temir kuporos ammoniy sulfat bilan qum tuz (L1N4)25O4-Re5O4-6N2O hosil qiladi. Bu modda Mor tuzi deb ataladi.Temir texnikada asosan cho‘yan va po‘lat holida olinadi. Cho‘yanda 90—93% temir, 2— 4% uglerod bo‘ladi. Oltingugurt, fosfor, marganets, xrom, vannadiy kabi qo`shimchalar miqdori cho‘yan hosil qilishda ishlatiladigan rudaning sifatiga bog‘liq. Po‘lat tarkibida 0,3—1,7% uglerod bo‘ladi «yumshoq temir» tarkibida esa 7 uglerod miqdori 0,3% dan kam. Texnikada temir va uning rudalari qora metallar deb ataladi.Temir zamonaviy texnika uchun eng kerakli metallardan biri. Lekin sof temir yumshoq bo‘lgani uchun oz ishlatiladi. Kukun metallurgiya metodi bilan hosil qilingan temir («pishirilgan» temir) juda yaxshi plastik va magnit xossalarga ega. Lekin uglerodli qotishmalarga ega temir va tarkibiga boshqa metallar Qo‘shilgan po‘lat va maxsus markali cho‘yanlar ancha ko‘p qo‘llaniladi. Temir birikmalari sanoatda, qishloq xo‘jaligida, qurilish ishlarida keng qo‘llaniladi. Barcha hayvon organizmlari va o‘simliklarda o‘rta hisobda 0,02% temir bo‘ladi. U asosan kislorod almashinuvi va oksidlanish prosesslari uchun zarur. O‘zida ko‘pgina miqdorda temir to‘playdigan organizmlar (konsentratorlar) ham bor (mas, temir bakteriyalar 17— 20% gacha temir to‘playdi). Hayvon va o‘simliklar organizmidagi deyarli barcha temir oqsillar bilan bog‘langan bo‘ladi. O‘simliklarda temir yetishmasa o‘sishi sekinlashadi va xlorofill hosil bo`lishi kamayadi. O‘simlikda temir ko‘payib ketsa ham zarar qiladi, mas, sholi kam don tugadi. Odam va hayvonlar temirni ovqatdan oladi (jigar, go‘sht, tuxum, dukkakli donlar, non, yorma, lavlagida temir ayniqsa ko‘p bo‘ladi). Odam organizmi uchun bir kecha-kunduzda 60—100 mg temir kerak.Tarkibida temir bo‘lgan dorilar (qaytarilgan temir, temir laktat, temir gliserofosfat, 2 valentli temir sulfat, Blo tabletkasi, feramid, gemostimulin va boshqalar) temir yetishmaydigan kasalliklarda hamda ( quvvat dori sifatida ishlatib kelinadi. Metallar asosan ikki guruhga bo‘linadi: qora (temir va uning qotishmalari) va rangli (hamma boshqa metallar va qotishmalar). Qora metallar. Bular mashina , mexanizm va boshqa konstruksiyalarni ishlab chiqarish uchun asosiy materiallardir. Ular jahonda ishlab chiqariladigan 1.3. Qora metallarning olinishi va ularning turlari tabiatda uchraydigan tog‘ jinslaridan paydo bo‘lgan temir qazib olingandan og‘ir sanoat sohasida rudani qayta ishlash yo‘llari bilan qora metallar olinadi. Qora metall – Ruda konlariga temir, marganets, xrom, titan va vannadiy konlari kiradi. Eng yirik konlarning zapasi bir necha mlrd. t ga, ruda tarkibidagi metall miqdori esa bir necha o‘n prosentga yetadi. Temir rudasi konlari yirik konlar hisoblanib, turli sharoitlarda hosil bo‘ladi. Ular orasida kembriy davridan oldin paydo bo‘lgan temirli kvarsitlarning gematit va magnetitdan nborat metamorfogen konlari muhim ahamiyatga ega. Qora metallar — temir va uning qotishmalarini sanoatda atalishi; uglerodli temir qotishmalari — po‘lat va cho‘yan, shuningdek ferro qotishmalar keng tarqalgan. 8 Rudalardan metallni sof holda ajratib olish ishi texnikada qaytarish, t e r m i k parchalash, almashinish prossesslash natijasida metallurgiyaning turli tarmoqlari (pirometallurgiya, gidrometallurgiya va elektro metallurgiya)da amalga oshiriladi. Nihoyatda toza metal olish uchun moddalarni vakuumda haydash metodidan ham foydalaniladi. Keyingi yillarda zonalar bo‘ylab suyuqlantirish metodi ko‘p qo‘llanilmoqda. Bu metod yod moddaning suyuq metallda yaxshiroq qattiq metallda yomonroq yeyilishga asoslangan. Zonalar bo‘ylab suyuqlantirish metodi asosida (elektron-nur lampalar bilan qizdirib) niobiy, tantal, volfram va boshqa M. yot moddalardan tozalanadi. Metall toza holda kamdan-kam ishlatiladi. Ko‘pincha qotishma holida qo‘llaniladi. Masalan, cho‘yan, po‘lat, jez, bronza, konstantan, melxior, nixrom va boshqa Atmosfera sharoitida metall yemiriladi (korroziyaga uchraydi). Metall buyumlarni yemirilishdan saqlash alohida ahamiyatga ega. Maxsus zanglamaydigan po‘latlarning yaratilishi bu masalani hal qilishga yordam beradi. Metall turmushda, ishlab chiqarishda, qurilishda, kosmonavtika, kemasozlik, mashinasozlik, samolyotsozlikda va boshqa ko‘p sohalarda ishlatiladi. Ishlatilishi kerak bo‘lgan qora metallar temir rudani suyuqlantirishga tayyorlash, asosan maydalash (pechga tiqish), g‘alvirdan o`tkazish (elash), rudani yuvish, bekorchi jinslardan apparat yordamida tozalab boyitish (elektro magnit usuli), rudani qizdirish, Aglomerilasiyalash (Aglomerilasiya mashinasida bo‘laklash), o‘tralash (har hil shaxtadan) bo‘lganligi uchun ximiyaviy tarkibi normallash kabi operatsiyalar orqali qayta ishlanib talab darajasida qora metall qotishmalari (cho‘yan va po‘lat) olinar ekan. Kulrang cho‘yan donsimon tuzilishga ega. Uni qirquvchi instrumenti bilan oson ishlov berish mumkin, suyuq holatda yaxshi quyiladi. Undan dastgohlarning staninasi, shkivlar va boshqa narsalar quyiladi. Kulrang cho‘yanning asosiy kamchiligi - tezsinuvchanligi, shuning uchun undan zarbaga dosh beradigan, cho‘ziladigan, egiladigan detallarni quyib bo‘lmaydi. Oq cho‘yan o‘ta qattiqligi, sinuvchanligi, va qirqish qiyinligi bilan farqlanadi. U po‘lat olish uchun ishlatiladi. Po‘lat tarkibida uglerod (2 % gacha) va boshqa kimyoviy clcmcullar bor. Po‘lat marten, konverter va elektr pechlarda oq cho‘yanning tarkibidagi uglcrodni yondirish yo‘li bilan olinadi. Po‘latni kislorod konverterda eritib olish eng tejamkor usul hisoblanadi. Eng keng tarqalgan usuli esa bu marten pech orqali quyishdir. Konstruksion sifatli po‘latlar tarkibida fosfor yoki oltingugurt oz qo`shimcha miqdorda bo‘ladi. Ulardan qattiq kuch ta’sirida chidaydigan detal va konstruksiyalar tayyorlanadi (shesterniya, tros simian, ko‘prik va kranlaming konstruksiya elementlari). Instrumental po‘latlarda uglerod miqdori 0,7% dan oshiqroq bo‘ladi. Konstruksion po‘latlarga qaraganda instrumental po‘latlar qattiqroq, mustahkamroq va chidamliroq bo‘ladi. Ulardan asosan o‘lchaydigan, qirqadigan va montaj instrumentlar tayyorlanadi. Legirlangan po‘latlar tarkibida, kerak bo‘lgan xossasiga qarab quyidagi elementlar qo`shimcha bo`lishi mumkin: nikel, xrom, volfram, kobalt, vannadiy, molibden, marganets, kremniy
    Qora metallar qotishmalari – cho‘yan va po‘latning asosiy mexanik xossalari: qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo‘rtlik Metallar har xil xossalarga ega bo‘lib, ularning ayrimlari yumshoq va qayishqoq, ayrimlari esa qattiq, bukiluvchan yoki mo‘rt bo‘ladi. Metalldan buyumlarni yasashda ularga mos ashyolarni tanlash uchun metallarning xossalarini bilish zarur. Po‘lat va cho‘yan – temir va uglerodning qotishmasidir. Lekin po‘latning tarkibidagi uglerod cho‘yan tarkibidagi uglerod miqdoridan kam, 2 foizgacha bo‘ladi. Cho‘yandagi uglerod 2–4 foizni tashkil etadi. Cho‘yan tarkibida kremniy, marganes, fosfor va oltingugurt ham bo‘ladi. Cho‘yan mo‘rt, qattiq qotishmadir. Metallar issiqlik va elektr tokini o‘zidan yaxshi o‘tkazadi. Metallarning ana shu xossasini fizika fanidan batafsil bilib olasiz. Kasb-hunarlarga oid ma’lumotlar 59 Metallarga ishlov berishda ularning qattiqlik, elastiklik, plastiklik va mo‘rtlik kabi mexanik xossalarini bilib olishimiz muhim ahamiyatga ega. Metallning qattiqligi uning boshqa narsalar, ya’ni qattiqroq jismlar ta’siriga qarshilik qobiliyati bilan belgilanadi. Agar po‘lat plastinka ustiga qo‘yilgan kernerga bolg‘a bilan urilsa, plastinkada kichkinagina chuqurcha hosil bo‘ladi. Bordi-yu, bu ish mis plastinka bilan qilinsa, chuqurcha kattaroq bo‘ladi. Bundan po‘lat misga nisbatan qattiqligini anglash mumkin. Metallning elastikligi deganda metallning kuch ta’siridan keyin yana o‘z holatiga qaytishiga aytiladi. Po‘latdan va misdan tayyorlangan prujinalarni bir paytda tortib va qo‘yib yuborib ko‘ring. Bunda po‘lat prujina yana o‘z holatiga kelishini, mis prujina esa cho‘zilganicha qolishini ko‘rasiz. Demak, po‘lat misga nisbatan bukiluvchan ekan. Metallning plastikligi deganda esa agar metall tashqi kuch ta’sirida o‘z shaklini o‘zgartirsa-yu, lekin sinmasa, u plastik metall deyiladi. Metallning mana shu xossasidan uni tekislashda, bukishda, yoyishda va shtampovkalashda keng foydalaniladi. Metallning mo‘rtligi metallning ortib boradigan kuchlarga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir. Masalan, cho‘yan plitaga bolg‘a bilan urilsa, u sinadi. Cho‘yan mo‘rt metalldir. Cho‘yan mo‘rt, qattiq qotishma bo‘lganligi uchun undan kuchli zarb tushmaydigan buyumlar tayyorlashda foydalaniladi. Cho‘yandan isitish radiatorlari, stanok staninalari, korpusli detallar va boshqa shu kabi buyumlar tayyorlanadi. Cho‘yanni marten pechlarida, konvertorlarda va elektr pechlarda po‘lat lomlari bilan aralashtirib po‘lat hosil qilinadi. Po‘lat ham cho‘yan singari kremniy, fosfor, oltingugurt va boshqa elementlarning aralashmasiga ega. Ammo bular cho‘yandagidan kamroq bo‘ladi. Po‘lat faqat qattiq bo‘lishi bilan birga bukiluvchan hamdir. Shuning uchun unga mexanik ishlov berish qulay. Po‘latning yumshoq va qattiq xillari mavjud. Sizlar tunukani, ya’ni yumshoq yupqa po‘lat listni bilasiz. Qattiqroq po‘latdan simlar, mixlar, burama mixlar, parchinmixlar va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Juda qattiq po‘latdan metall konstruksiyalar, asbobsozlik po‘latidan kesuvchi asboblar tayyorlashda foydalaniladi. Asbobsozlik po‘latining tarkibida uglerod va boshqa aralashmalar ko‘pligi sababli u konstruksion po‘latga nisbatan qattiqroq va mustahkamroqdir.
    Metallar strukturasining oddly ko‘z bllan yokl lupa orqall ko‘rinadigani makrostruktura, mlkroskopda ko‘rinadigani mikrostruktura, rentgen nurlarl yordamlda aniqlanadigani rentgenostruktura deyiladi.
    Metallar makrostrukturaslnl anlqlashda namuna qirqib olinadi, blr tomonl egovlanadl va yaxshllab jilvirlanadi, unga reaktlv erltma (kislotalarning kuchsiz eritmasi) ta’slr ettiriladi, ya’ni xurushlanadl, metallnlng ayrlm struktura komponentlarlga reaktlv turllcha ta’slr etadlgandan namunada makrorelyef hosll bo‘ladl. Bunday namuna makroshlif deb ataladl. Makroshllf oddly ko‘z bllan yokl lupa orqall kuzatllsa, unlng makrostrukturasl yaqqol ko‘rinadi. Quyma metalining makrostrukturasl dendrlt tuzilishida bo‘ladl. Quyma metall boslm bllan ishlansa, dendrltlar cho‘zilib, tolalar hosll qlladl Bunday metall makrostrukturaslga qarab, deformatsiyalanganlik darajasini va tolalarning yo‘nalishini aniqlash mumkin.
    Maxsus xurushlash usullaridan foydalanib, metallning bir jinsliligini, ichki nuqsonlari (darz, toshqol aralashma, g‘ovak va boshqalar) ni bilish mumkin. Makrostrukturani tekshirish usuli sanoatda va llmiy tadqiqot lshlarida qo‘llaniladi.
    Turmushda ishlab chiqarishda rangli metallar va ularning qotishmalaridan ko‘plab foydalaniladi.
    Rangli metallarga —temir va uning qotishmalaridan boshqa barcha metallar kiradi. Ular to‘rt guruhga bo‘linadi: 1) og‘ ir metallar; 2) yengil metallar; 3) asl metallar; 4) nodir metallar.
    Og‘ir metallar gruppasiga mis, nikel, qo'rg'oshin, Qalay, kadmiy, kobalt, mishyak (margimush), surma, vismut, simob (s. OG‘. 5— 13,6 g/sm3); yengil metallar gruppasiga alyuminiy, magniy, titan, natriy, beriliy, litiy, bariy, kalsiy, stronsiy va kaliy (s. or. 0,53—5 g/sm3); asl metallar gruppasiga oltin, kumush, platina, osmiy, iridiy, rodiy, ruteniy va palladiy; nodir metallar gruppasiga volfram, molibden, Tantal, niobiy, sirkoniy, tarqoq metallar (talliy, galliy, germaniy, indiy, reniy, gafniy, rubidiy, seziy), siyrak yer metallar (lantan va lantanoidlar), radioaktiv metallar (poloniy, radiy, aktiniy, toriy, uran va transuran metallar) kiradi.
    Rangli metallning ko‘pchiligi tabiatda sof holda uchraydi. Masalan, alyuminiy o‘z rudalarida AO3 va A1(ON)3 tarkibli birikmalar holida bo‘ladi. Rudalardan gidrometallurgiya usulida avval AUOz, undan esa elektroliz yo‘li bilan alyuminiy olinadi.
    Alyuminiy kiannt, alunit, nefelin va gil konlarndan ham olinadi. Mis, qo‘rg‘oshinvarux, kobalt, nikel, surma konlari rangli metall ruda konlaridir. Rudada bir necha prosentgina metall bo‘ladi. Tarkibida mis bo‘lgan qumtosh va slaneslardan tashkil topgan cho‘kindi konlardan ko‘p miqdorda mis rudalari olinadi. Bunday konlarga O‘zbekistonda Olmaliq koni misol bo‘la oladi.
    Og'ir rangli metallar guruhiga kiruvchi nikel kimyoviy element 6yna6 t abiatda sulfidli mis-nikelli rudalar va boshqa holda uchraydi. Boyitilgan rudani oksidlab qattiq qizdirish y o‘li bilan NiO olinadi va uni elektr yoy pechlarida qaytariladi. Nikel asosan, mexanik, antikorrozion, magnit yoki elektr, issiqbardosh va olovbardosh xossalarga ega bo‘lgan qotishmalar olishda ishlatiladi. Nikel ishqorli akkumlyatorlar, antikorrozion qoplamalar ishlab chiqarishda ishlatiladi
    Qo'rg'oshin olishda sanoat tarkibida qo'rg'oshin bo‘lgan sulfidli rudani avval flotasiyalab boyitiladi. Keyin koks va ohaktosh solingan pechda qizdiriladi, hosil bo‘lgan qo'rg'oshin elektrolizlab tozalanadi. Eritib olinganqo‘rg‘oshining asosiy qismi akkumulyatorlar plastinalari tayyorlash uchun ishlatiladi.Qo'rg'oshin korroziyaga chidamliligi tufayli, kimyoviy apparaturalar, elektr kabeli qoplamasi va boshqalar tayyorlashda foydalaniladi.
    Qalay (umumslavyan tilidagi ol — oq yoki sariq so‘zlari o‘zagidan) — kimyoviy element 6ynn6 y Qalayli ruda avval flotasiya usulida boyitiladi, so‘ngra ko‘mir va flyuslar bilan qaytariladi yoki elektr pechlarida eritiladi. Qalayning taxm. 40% konserva sanoatida oq tunuka ishlab chiqarishga sarflanadi. Chunki qalay korroziyasi 51 ga chidamli, temirni oson qoplaydi, uning korroziyasi mahsulotlari zararsiz. Qalay kavsharlash, oqartirish, bronza, bosmaxona, podshipnik va boshqa qotishmalar tayyorlashda ishlatiladi.
    Kadmiy - (yunon. kadmeia — rux rudasi)— ximiyaviy element 6ynn6 Tabiatda siyrak va tarqoq holda uchraydigan elementlar jumlasiga kiradi; rux, qo rg oshin va mis rudalarini qayta ishlash mahsulotlaridan ajratib olinadi. Kadmiy yadro energetikasida keng qo‘llaniladi.
    Simob - (rtut)— kimyoviy yelement 6ynn6 y Simob tarkibida NgS bo‘lgan rudalar yoki konsentratlardan olinadi. Simob kimyo sanoatida uyuvchi natriy va xlorni elektrolitik ishlab chiqarishda katod sifatida, organik sintezda katalizator sifatida; elektro-texnika, yorug‘lik texnikasi va asbobsozlikda, jumladan, Simobli to‘g‘rilagichlarda, kunduzgi yorugg‘lik lampalari, kvarsli simob lampalar, manometrlar tayyorlashda, oltinni ajratib olishda keng qo‘llaniladi.
    Yengil metallar guruhiga kiruvchi berilliy - kimyoviy element y samolyotsozlik elektrotexnikada ishlatiladigan alyuminiy, magniy, mis qotishmalari tarkibiga kiradi. Berilliy yadro texnikasida konstruksion material bo‘lib xizmat qiladi. Rentgen nurlari o‘tkazuvchanligi yuqoriligi tufayli berilliydan rentgen trubkalarining darchalari tayyorlanadi.
    Litiy - yunon.. lithos tosh — ximiyaviy element, Asosiy minerallari — alyumosilikatlar. Litiyni boyitilgan rudalardan turli gidrometallurgiya metodlari vositasida, so‘ngra tuzlar eritmalarini elektroliz qilib olinadi. Yadro energetikasida litiy keng qo‘llaniladi.Litiy yadro reaktorlarining rostlovchi sterjenlarini tayyorlash uchun ishlatiladi. Qora metallurgiyada litiy qotishmalarni oksidsizlantirish, legirlash va modifikasiyalashda ishlatiladi,rangli metallurgiyada — ularning mexanik xossalarini yaxshilashda qo‘llaniladi. Litiy birikmalari maxsus oyna, issiqda chidamli chinni, sopol, shuningdek plastik moylar olishda ishlatiladi.
    Kalsiy — ohak; ilk bor so‘ndirilgan ohakdan olingan— ishqoriy-yer metallar gruppasiga mansub ximiyaviy element,. Kalsiy birikmalari (ohak, se- ment va boshqa) qurilishda keng ishlatiladi.
    Stronsiy - [shotlandiyaning stronshian (strontian) qishlog' i yaqinida topilgan stronsianit minerali nomidan] — ishqoriy-yer metallar gruppasiga mansub kimyoviy element Metall stronsiy mis va bronzani oksidsizlantirishda, elektr- vakuum texnikasida gazlarni yutuvchi sifatida ishlatiladi. Kaliy - (arab, alkali — ishqor K2SO3 — qadimdan ma’lum bo‘lgan KanHH birikmasidan)— ximiyaviy element. Havoda tez oksidlanadi. Tabiatda birikma holida keng tarqalgan, ulardan eng muhimi silvin, silvinit, karnallit minerallar va boshqa kaliyli tuzlar hisoblanadi. Kaliy o‘simliklarning oziqlanishi uchun zarur; tuzlarining taxminan 90% kaliyli o‘g‘itlar sifatida ishlatiladi. Kaliy metallining o‘zi sanoatda kam miqdorda olinadi;
    Asl metallar guruhida bo'lgan oltin — kimyoviy element, Kimyoviy jihatdan oltin boshqa asl metallar kabi juda inertemir. Tabiatda asosan, sof holda uchraydi. Asosiy oltin koni ham, uning sochma konlari ham (asosiy konlarda oltinning mayda zarralari qattiq tog‘ jinslari orasida bo‘ladi; ular oliganda O.ni qum va loylar bilan suv daryolar o‘zanlariga olib ketib, u yer da sochma konlar hosil bo‘ladi) sanoat ahamiyatiga ega. Oltinni yaratib olishda amalgamasiya, ishlash va ion almashinish sortlari prosesslari katta ahamiyatga ega. Texnikada oltin boshqa metal- lar bilan qotishmalar holida ishlatiladi; bu esa oltinning mustahkamligi va qattiqligini oshiradi. Zargarlik buyumlari, tangalar, medallar, tishrotezlash korxonasining yarim fabrikat ishida oltinning miqdori proba bilan ifodalanadi; odatda, mis qo‘shilma bo‘lib xizmat qiladi. Oltinning platinali qotishmasi kimyoviy turg‘ un apparaturalar ishlab chiqarishda, platinali va kumushli qotishmasi esa elektrotexnikada ishlatiladi. Tovar ishlab chiqarish sharoitda Oltin barcha tovarlar narxining umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi. Xalq tilida t i l l a deb ham yuritiladi.
    Kumush — ximiyaviy element yaltiroq oq metall Tabiatda tug‘ma va birikmalar holida uchraydi, lekin ikkala xili ham kamyob boshqa kumushning asosiy massasi boshqa metallar, chunonchi, qorgoshin va mis rudalari bilan birga qazib olinadi. Kumush elektr va issiqlikni boshqa metallarga qaraganda yaxshi o‘tkazadi, yorug‘likni yaxshi qaytaradi, ximiyaviy jihatdan juda turg‘ un. Asosan qotishma holida tanga pul zarb qilishda, zargarlik va uy-ro‘zg‘or buyumlari, laboratoriya idishlari tayyorlashda, shuningdek ximiyaviy apparatlarni futerovkalashda, radiodetallarga qoplashda, kumush-rux akkumulyatori ishlab chiqarish va boshqada qo‘llaniladi.
    Osmiy - (yunon. ozme — hid)— platinali metallar gruppasiga kiruvchi kimyoviy element, Tabiatda osmiyli iridiy gruppasidagi minerallar korinishida, ba’zan sof platina bilan birga uchraydi. Platina va boshqa platinali metallar bilan birga qazib olinadi. Osmiy va uning boshqa platinali metallar bilan tabiiy va sun’iy qotishmalari (juda qattiqligi, korroziya va yeyilishga chidamliligi tufayli) aniq o‘lchov priborlarining yeyiladigan detallari, avtoruchka perolarining ichki qismi va boshqa tayyorlanadi. Osmiy va uning birikmalari turli prosesslar (mas., ammiakni sintezlash, gidrogenizasiya)da yaxshi katalizatorlar hisoblanadi.
    Palladiy - (1803 y.da topilgan va 1802 y.da topilgan kichik planeta Palladiy nomi bilan atalgan)— platina gruppasidagi metallarga oid kimyoviy element.Tabiatda boshqa platina gruppasidagi metallar bilan birga uchraydi. Asosan, sulfidli mis nikel rudalaridan platina bilan birgalikda qazib olinadi. Plastikligi va arzonligi tufayli texnikada boshqa platina gruppasidagi metallarga nisbatan ko‘p ishlatiladi. Toza Palladiydan vodorodni tozalashda foydalaniladi.
    Platina - (ispancha rlatina ~ kumush) — kimyoviy element, Tabiatda, asosan, tug‘ma va qotishmalar holida uchraydi. Platina nikel va mis shlam (kukunsimon chuqindi) laridan, boyitilgan sochma konlardan, temir-tersakka chiqarilgan texnika buyumlaridan olinadi. Platina qarshilik termometrlari va termoparalar,^lektr kontaktlari va qizdirgichlari uchun foydalaniladi Platinaning ko‘p qismi zargarlik buyumlari tayyorlashda ishlatiladi.
    Iridiy - (yunon. Iridiy — kamalak; tuzlari turli rangda bo‘lgani uchun shunday atalgan)— platina metallar turkumidagi kimyoviy element, Tabiatda kam, asosan yombi platina tarkibiga kiruvchi osmiyli Iridiy ko rinishida uchraydi. Iridiyni uning birikmalarini platina metallarning eritmalaridan ion almashinish sorbsiyasi yoki uning birikmalarini tanlab cho ktirish bilan olinadi. Iridiy (volfram, platina, rodiy va boshqa bilan qotishmalari) ning korroziya bardoshligi va olovbardoshligi yuqori bo‘lgani uchun ximiya agsharatlari uchun qimmatbaho material hisoblanadi.
    Nodir metallar guruhiga kiruvchi volfram — kimyoviy element, tabiatda, asosan, volframit va sheyelit minerallarida bo‘ladi va shu minerallardan olinadi. Volfram po‘latlarni legirlashda, yeyilishga chidamli va issiqbardosh qattiq qotishmalar olishda keng qo‘llaniladi. Qiyin eruvchanligi va yuqori Tantalda bug‘ bosimi pastligidan elektr lampalarining cho‘g‘lanish tolalari, shuningdek elektronika va rentgen texnikasi detallari uchun material sifatida ishlatiladi.
    Molibden — qo'rg'oshin; molibdenit va qo'rg'oshin yaltirog‘ i minerallarining tashqi o'xshashligidan)— kimyoviy element, Molibden minerallaridan eng muhim molibdenit Mo82. Sanoatda molibdenitni MoOz gacha oksidlab qizdiriladi, so‘ng tozalab, metall hosil bo‘lguncha vodorod bilan qaytariladi. Molibden issiqbardosh siklik ajratuvchi element bo‘lib xizmat qiladi.
    Tantal - bo‘ynigacha suvda turib tashnaligini qondira olmagan afsonaviy shox Tantal nomidan («Tantal azobi» ifodasi shundan); toza holda olish qiyin bo‘lgani uchun shunday atalgan]—kimyoviy element. Tantal — kam uchraydigan element; tabiatda niobiy bilan birga uchraydi Ta va N ftorid k-tali muhitdan suyuqlik bilan ekstraksiya qilish usulida ajratib olinadi, metall esa Tantal ftorid kompleksi (kaliy ftoroTantalat)ni qaytarish yo‘li bilan olinadi. Tantal ixcham elektrolitik kondensatorlar, elektron lampa detallari, kimyoviy apparaturalar tayyorlashda, meditsinada suyaklarni, nerv tomirlarini ulashda ishlatiladi. Shuningdek Talliy, Toriy, Sirkoniy, Niobiy, Galliy, Gafniy, Germaniy. Seziy. Indiy. Aktiniradiy. .Reniy. Rubidiy .Poloni, Yuran va boshqa nodir metallar texnikani turli javxalarida ishlatiladi.



    Download 4,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




    Download 4,71 Mb.