|
Metallarning mexanik xossalari
|
bet | 9/45 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #155758 |
Bog'liq Majmua maxsulot texnologiya va dizaynMetallarning mexanik xossalari.
Metallarni mexanik xossalari: mustahkamlik, qattiqlik, egiluvchanlik, plastiklik va xakazolar.
Bunda har xil metal namunalari mashinalarda sinab ko‘riladi.(materiallar qarshiligi fanida namunalarni sinash to‘la o‘rganiladi) ushbu bo’limda, faqat metallarni qattiqligiga to’xtashga to‘g’ri keladi, chunki mashinasozlik sanoatida metallarni qattiqligini o‘zgartirish usullari mavjud.
Metallarni qattiqligi deganda bir metallni unga boshqa bir qattiqroq metallni botishiga qarshilik ko’rsatish xossasiga aytiladi. Qattiqlik metallning eng asosiy xususiyatlaridan bo‘lib, detallar tayyorlashda uni yaroqli va yaroqsizligi belgilanadi. Metal qancha qattiq bo‘lsa uni ishlash uchun shuncha ko‘p kuch talab etadi. Metallarni qattiqligini turlicha aniqlanadi. Ko‘proq tekshiriladigan usullar namunaga po‘lat sharikni, olmos konusni yoki olmos piramidani botirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Rokvell usulida diametri 1.58 mm bo‘lgan po‘lat sharik yoki 1200 burchakli olmos konusdan foydalaniladi. Bunda qattiqlik indikatordagi shkaladan aniqlanadi. Sharik yumshoq metallar uchun olmos konusi esa, qattiq metallarni sinash uchun ishlatiladi.
Vikkers usulida juda yumshoq va qattiq metallarni qattiqligini aniqlash mumkin. Bu usulda naomunaga uchlaridagi burchak 136 0 bo‘lgan piramida bilan bosiladi. Bosiladigan kuch 550-1200 N gacha. Izni o‘lchami priborni o‘zidagi mikroskop yordamida o‘lchanadi.
Metallarni texnologik xossalari.Metallarni texnologik xossalariga kesib ishlanishlik toblanuvchanlik, payvandlanishlik, bolg’alanishlik, erigan metalni ravonligi va boshqalar. Shulardan asosiy o‘rinlarda metalni kesib ishlanuvchanlik xususiyati turadi, chunki ko‘pchilik metal buyumlarini stanoklarda kesib ishlanadi.
Metallarga ishlov berishda o’lchov va rejalash asboblari va ularni ishlatish texnologiyasi chilangarlik nazorat o‘lchov va rejalash asboblari, rejalash asboblaridan foydalanishga, ishlov berilgan va ishlov berilmagan yuzani rejalashga tayyorlashga, parallel va o‘zaro perpendikulyar belgi chiziqlar chizishga, o‘lchamlar va andozalar yordamida konturlarni rejalashga, reja belgi chiziqchalariga kern urib chiqishga, rejalash asbobini charxlash kiradi.
Jihozlar va moslamalar: charxlash stanogi; rejalash plitalari; reflektorli yoritqich.
Asboblar va materiallar: o‘lchash lineykalari; shtangen-sirkullar; rejalash sirkullari; chizg‘ichlar; keng asosi 90°li go‘niyalar; kernerlar; transportyolar; rejalash bolg‘achalari; metall cho‘tkalar; qirg‘ichlar; jilvirli qog‘oz; mis kuporosi (to‘tiyoyi); bo‘r; tez qotadigan lak va bo‘yoqlar.
1.Yuzalarni rejalashga tayyorlash.
Ish o‘rnini tashkil qilish rejalash plitasini yaxshilab artish;
plitani vaterpas va lineyka yordamida tekshirish;
prizma va ostqo‘ymalarni tayyorlash va artish;
reflektorli yoritqichni tayyorlash .
2. Ishlov beriladigan materialni po‘lat cho‘tka yordamida chang, loy, kuyindi, zang izlaridan tozalash. Rejalanadigan joylarni jilvir qog‘oz bilan tozalash.
3. Ishlov beriladigan materialni sinchiklab ko‘zdan kechirish (unda rakovinalar, shishgan joylar, darzlar, g‘udurlar, o‘tkir burchaklar bo‘lmasligi kerak); ko‘rinmaydigan darzlarni ishlov beriladigan materialga bolg‘acha bilan urganda chiqadigan dirillagan ovozga qarab aniqlash.
4. Ishlov beriladigan materialning chizmadagi o‘lchamlarini aniqlash, uni o‘lchash va ishlov berishda nuqsonlarning olib tashlanishini hisobga olish.
5. Rejalash planini belgilash: rejalash usuli va tartibi, yuzalarni-o‘lchamlar qo‘yiladigan bazani belgilash.
6. Chizmaga muvofiq qo‘yimlarni tekshiris
Nazorat uchun savollar:
O`lchash va rejalash asboblarini qanday turlarini bilasiz?
Buyumni tayyorlashda qanday o`lchamlarga e’tibor berish kerak?
3.O`lchash va rejalash asboblarini ishga tayyorlashda nimalarga e’tibor berish kerak
4.Metallarga ishlov berishda rejalash maqsadi.
5.Rejalashda o’lchov vositalaridan foydalanadi,ular qanday asosiy gruppalarga bo’linadi.
6.Yuzalarni rejalashga qanday tayyorlanadi.
7.Qanday topiladi aylanalarning markazini kerner-markaz qidirgich yordamida.
|
| |