|
Maxsulot tayorlash texnologiyasi
|
bet | 12/45 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #155758 |
Bog'liq Majmua maxsulot texnologiya va dizayn27-rasm. Qo’l qaychi bilan yupqa list materialni qirqish
Agar zazor bundan oshib ketsa, qaychi metallni qirqmay ezadi, natijada kirqilgan joy g’adir-budur bo’lib chiqadi. Agar tig’lar orasida zazor bo’lmasa, katta ishqalanish kuchi paydo bo’lib, tig’ni tez o’tmaslashtirib qo’yadi. Tig’larning ishqalakishini kamaytirish uchun ular bir-biriga tegib turadigan tekislik ki-chik (b =1-2°) burchak ostida charxlanadi. Qo’l qaychilar 65, 70 markali po’latdan yasaladi, qirquvchi tig’lar NRS 52-58 qattiqligigacha toblanadi.
Qaychilar o’naqay (27-rasm, a) va chapaqay (27-rasm, b) bo’ladi. O’naqay qaychilar bilan qirqqanda pastki tig’ning qiyaligi o’ng tomonda bo’ladi. Bunday kaychilar ko’proq qo’llanadi. Chapaqay qaychilar egri chiziqli detallar qirqishda foydalaniladi.
Listlar va trubalarda shakldor teshiklar ochish uchun egri tig’li qaychilar ishlatiladi (27-rasm, v).
Qirqish paytida qaychi o’ng qo’l bilan ushlanadi (27- rasm, g). Bosh barmoq yuqori dasta ustida turadi, uch o’rta barmoq bilan pastki dasta ushlanadi, ko’rsatkich yoki kichik barmoq dasta,tar orasida turib, dastalarni ochib turadi. Qirqish paytida qaychining yuqori tig’i reja chizig’i ustidan yurishi kerak.
Qirqiladigan metall qaychilarning jag’i orasiga qanchalik ichkari kirsa, shuncha kam kuch bilan qirqiladi. Lekin tig’lar katta ochilganda kirqish kuchining gorizontal tashkil etuvchisi kattalashadi va metall qirqilmasdan itariladi, qaychi jag’lar orasidan chiqishga harakat qiladi (27-rasm, d).
Qaychini oldinga yurgizyb qirqqan sari uni qirkiladigan joyga taqab borish kerak. Aks holda g’adir-budurliklar paydo bo’ladi.
Qaychi qirqilayotgan metallga tik ushlanishi lozim. Qiyshaytirilsa, qirkmasdan metallni ezadi. Yupqa plastmassa listlarini oddiy qo’l qaychilar bilan qirqsa ham bo’ladi. Lekin bunda tig’lar orasidagi zazor juda kichik (0,1-0,2mm) bo’lishi kerak. Qirqish paytida listni stolga zich taqab turish kerak. Mo’rt plastmassalar: polistirol, organik shisha va boshqalarni qaychi bilan qirqish kerak emas, ular arra bilan qirqiladi. Diametri 3mm gacha bo’lgan sim ombur bilan qirqiladi.
|
| |