|
Foydalaniladigan adabiyotlar
|
bet | 13/45 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #155758 |
Bog'liq Majmua maxsulot texnologiya va dizaynFoydalaniladigan adabiyotlar
Shoyoqubov Sh. K “O’zbek xalq amaliy bezak san’ati” T 2009
Shoyoqubov Sh. K “Zamonaviy O’zbekiston miniatyurasi” T 2006
Qo’shimcha adabiyotlar
Mirziyoyev.Sh.M buyuk kelajagimiz mard va oliyjanob xalqimiz bilan birgalikda quramiz T., 2017
Mirziyoyev.Sh.M Erkin farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz T., 2016
O’zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev 2017-2020-yillarda
MAVZU: REZINADAN DETALLAR, TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI. PLASTMASSALARDAN DETALLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI.
Reja:
Rezinalar haqida umumiy ma’lumotlar
Rezina konstruksion material
Rezina va uning tarkibiy qismlari
Rezina materiallar
5..Plastmassa turlari
6.Ikki plastik toifalar 7.Plastmassalarning o'ziga xos turlari
8.Plastmassalar, plastik massalar, plastiklar
9.Xususiyatlariga ko'ra plastik turlari
1. Rezinalar haqida umumiy ma’lumotlar
Rezina buyumlar xalq xo‘jaligining barcha sohalarida, ayniqsa, traktor va avtomobil sanoatida keng qo‘llaniladi, chunki rezinaning asosiy tarkibiy qismi hisoblangan kauchuk juda elastik bo‘ladi. Rezina juda kuchli (1000 foizgacha) deformatsiyalanishi mumkin, lekin yuklanish olinganidan keyin rezina avvalgi holatiga deyarli butunlay qaytadi. Bundan tashqari, rezinaning kimyoviy chidamliligi, yemirilishga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati yuqori, yaxshi elektr izolatsion xossalarga ega, zichligi uncha katta emas. Hozirgi zamon avtomobillarida bir necha yuz xil rezina detallar mavjud. Ishlab chiqariladigan kauchukning anchagina qismi (taxminan 60 foizi) avtotraktor texnikasi uchun shinalar ishlab chiqarishga sarflanadi.
Har qanday rezinali materialning asosi kauchuk bo‘lib, zamonaviy yengil avtomobillarda 300 tagacha nomdagi umumiy soni 500-600 ta bo‘lgan detallar (yuk avtomobillarida esa 200 tadan 500 tagacha detali) rezinadan tayyorlangan bo‘lib, bu detallarni tayyorlash uchun 250-400 kg kauchuk, ya’ni 500-800 kg rezina materiallar sarflanadi, 40 t yuk ko‘tara oladigan MA3 markali avtomobillarning faqatgina shinalari 4000 kg ni tashkil etadi. Avtomobillarga sarflanadigan rezina materiallarining umumiy massasi avtomobil massasining 8-9 foizini, shu bilan birga, avtomobilning umumiy tannarxining 10-40 foizini tashkil etadi, bundan ko‘rina- diki rezina qimmatbaho va kamyob materialdir.
Rezinadan texnikada keng ko‘lamda foydalanishga sabab quyidagilardir:
materialning yuqori elastiklik xususiyatiga egaligi (yuqori sifatli rezinalar uchun cho‘zilishdagi solishtirma uzayish 1000 foizga yetadi);
yetarli darajada mustahkamlikka egaligi (rezinalaming eng yaxshi navlarining uzilishdagi mustahkamligi 40 MPa ga yetadi);
gazni juda kam miqdorda o‘tkazishi va suvni butunlay o‘tkazmasligi;
yuqori dielektrik xususiyatlari.
Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarga asoslangan holda rezinali materiallardan turli-tuman rezinotexnik buyumlar: shinalar, bikir shlanglar, amortizatorlar, tasmali uzatmalar, qistirmalar, salniklar, muftalar, transport tasmalari ishlab chiqariladi. Kabel, o‘tkazgich, elektromashinalar va jihozlar ishlab chiqarishda rezinalardan elektroizolatsiyasi sifatida foydalanilishini ta’kidlab o‘tish lozim.
|
| |