|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
bet | 16/45 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #155758 |
Bog'liq Majmua maxsulot texnologiya va dizaynFoydalanilgan adabiyotlar:
A. Matkarimov, F. Ahmadjonov MATERIALSHUNOSLIK Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma 4-nashri „O‘QITUVCHI“ NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI TOSHKENT – 2017
https://www.researchgate.net/publication/344099130_MATERIALSHUNOSLIK
https://uz.wikidea.ru/wiki/Natural_rubber
https://uz.zahn-info-portal.de/wiki/natural_rubber
https://ziyouz.com/books/darsliklar/yangi/7-sinf/Texnologiya.%207-sinf%20(2017,%20Sh.Sharipov,%20O.Qo'ysinov).pdf
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kauchuk
http://www.chemistryexplained.com/Ru-Sp/Rubber.html
https://mechanicalland.com/rubber-material/
https://uz.wikipedia.org/wiki/Rezina
https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/12973-rezina-va-sopol-materiallar
Nazorat savollari:
Har qanday rezinali materialning asosi nima?
Rezinadan texnikada keng ko‘lamda foydalanishga sabab, nimalardan iborat?
Rezina qanday usul bilan olinadi?
Vulkanizatsiya qanday jarayon?
Kauchuk necha gradusda yumshab, necha gradusda qattiqlashib, mo‘rtlashib boradi?
Kauchukga ta’rif bering?
Kauchuk qanday turlarga bo’linadi?
Tabiiy kauchuk deb nimaga aytiladi?
Sintetik kauchuk haqida nimalarni bilasiz?
Rezinalar qanday ko‘rinishlarda ishlab chiqariladi?
MAVZUGA OID TEST SAVOLLARI:
Har qanday rezinali materialning asosi nima?
kauchuk
metallar
metallmaslar
suv
Rezinadan texnikada keng ko‘lamda foydalanishga sabab, nimalardan iborat?
barcha javoblar to’g’ri
materialning yuqori elastiklik xususiyatiga egaligi (yuqori sifatli rezinalar uchun cho‘zilishdagi solishtirma uzayish 1000 foizga yetadi);
yetarli darajada mustahkamlikka egaligi (rezinalaming eng yaxshi navlarining uzilishdagi mustahkamligi 40 MPa ga yetadi);
gazni juda kam miqdorda o‘tkazishi va suvni butunlay o‘tkazmasligi; yuqori dielektrik xususiyatlari.
Rezina qanday usul bilan olinadi?
tabiiy va sintetik kauchukning haroratni barqarorlashtirish (vulkanizatsiya) usuli bilan olingan elastik materialdir.
keramikani asos qilib olingan sintetik materialdir.
tabiiy va sintetik kauchukning ajratib olish usuli bilan olingan elastik materialdir.
polikondensatsiyalash uchun issiqlik bilan ishlov berish natijasida olingan materialdir.
Vulkanizatsiya qanday jarayon?
bu murakkab texnologik jarayon bo'lib, uning davomida kauchuk yuqori harorat ta'sirida vulkanizatsiya qiluvchi reagent (odatda oltingugurt) bilan o'zaro ta'sir qiladi.
bu tizim bir biriga bog'liq harakat bo'lib, bajaruvchi tomonidan kerakli natijalar olingungacha bo'lgan jarayondir
ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo’lib, tanavorga ishlov berish natijasida, uning geometrik o’lchamlari, shakli va sifati o’zgartirilib, detalning ishchi chizmasida berilgan o’lchamlariga, shakliga va sifatiga mos keltirilishiga aytiladi.
ilmiy bilimlarni (g‘oyani) innovatsiyaga (yakuniy mahsulotga) aylantirish va uni keyinchalik tarqatish (diffuziya) jarayonidir.
Kauchuk necha gradusda yumshab, necha gradusda qattiqlashib, mo‘rtlashib boradi?
90°gacha qizdirilganda yumshab, 0 °C dan past haroratda qattiqlashib, mo‘rtlashib boradi
50°gacha qizdirilganda yumshab, -10 °C dan past haroratda qattiqlashib, mo‘rtlashib boradi
20°gacha qizdirilganda yumshab, 10 °C dan past haroratda qattiqlashib, mo‘rtlashib boradi
150°gacha qizdirilganda yumshab, -20 °C dan past haroratda qattiqlashib, mo‘rtlashib boradi
Kauchukga to’g’ri berilgan ta’rif qaysi?
(tupi tilida "kau" — daraxt va "uchu" — oqmoq) — rezina va rezina buyumlari tayyorlashda ishlatiladigan elastik material
(lotincha: metallum; qadimgi yunoncha: metallon — qaziyman, yerdan qazib olaman) — oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektromagnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar
metallarning xossalariga ega boʻlmagan kimyoviy elementlar
kauchukni vulkanizatsiyalab olinadigan, elastik deformatsiyalanishi juda yuqori (1000% gacha) boʻlgan mahsulot
Kauchuk qanday turlarga bo’linadi?
tabiiy va sintetik
umumiy maqsadlarda ishlatiladigan va yuqori haroratlarda ishlatiladigan
asosiy va qo’shimcha
oddiy va murakkab
Tabiiy kauchuk - ….
asosan, braziliya geveya daraxtining sutsimon shirasi — lateks va kauchukli daraxtlardan olinadi
sunʼiy yoʻl bilan rezina olinadigan yuqori polimer material (elastomer)
(tupi tilida "kau" — daraxt va "uchu" — oqmoq) — rezina va rezina buyumlari tayyorlashda ishlatiladigan elastik material
kauchukni vulkanizatsiyalab olinadigan, elastik deformatsiyalanishi juda yuqori (1000% gacha) boʻlgan mahsulot
Sintetik kauchuk haqida nimalarni bilasiz?
— sunʼiy yoʻl bilan rezina olinadigan yuqori polimer material (elastomer)
asosan, braziliya geveya daraxtining sutsimon shirasi — lateks va kauchukli daraxtlardan olinadi
(tupi tilida "kau" — daraxt va "uchu" — oqmoq) — rezina va rezina buyumlari tayyorlashda ishlatiladigan elastik material
kauchukni vulkanizatsiyalab olinadigan, elastik deformatsiyalanishi juda yuqori (1000% gacha) boʻlgan mahsulot
Rezinalar qanday ko‘rinishlarda ishlab chiqariladi?
barcha javoblar to’g’ri
kislotabardosh
issiqbardosh va sovuqbardosh
yog‘ va benzinga chidamli
|
| |