• 4. Rezina materiallar
  • Rezina va uning tarkibiy qismlari




    Download 4,71 Mb.
    bet15/45
    Sana13.02.2024
    Hajmi4,71 Mb.
    #155758
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45
    Bog'liq
    Majmua maxsulot texnologiya va dizayn

    3. Rezina va uning tarkibiy qismlari


    Rezina tabiiy va sintetik kauchukning haroratni barqarorlashtirish (vulkanizatsiya) usuli bilan olingan elastik materialdir.
    Vulkanizatsiya - bu murakkab texnologik jarayon bo'lib, uning davomida kauchuk yuqori harorat ta'sirida vulkanizatsiya qiluvchi reagent (odatda oltingugurt) bilan o'zaro ta'sir qiladi.
    Oddiy holatda uglerod zanjirlari o'ralgan ko'rinishga ega. Ular cho'zilganda bo'shashadi, lekin tortish kuchi bekor qilinganda ular tezda avvalgi shakliga qaytadi. Aynan shu xususiyat kauchukni turli sohalarda — qo'zg'aysan kamarlari va qistirmalari ishlab chiqarishdan tortib avtomobil shinalarini ishlab chiqarishgacha ajralmas materialga aylantirdi.
    Kauchukdan tashqari, rezina boshqa tarkibiy qismlarni ham o'z ichiga oladi:

    • vulkanizatsiya tezlatgichlari

    • aktivatorlar

    • plastifikator qo'shimchalari

    • piyodalarga qarshi vositalar

    • faol plomba yoki kuchaytirgichlar

    • faol bo'lmagan plomba moddalar

    • bo'yoqlar

    • maxsus maqsadlar uchun ingredientlar

    Kauchuk tarkibida xushbo'y moddalar (xushbo'y moddalar), turli xil modifikatorlar, olovni ushlab turuvchi moddalar (olovdan himoya qilish) va boshqa tarkibiy qismlar ham bo'lishi mumkin. Vulkanizatsiya tezligini oshirish uchun ishlab chiqaruvchilar turli xil tezlashtiruvchi katalizatorlardan foydalanadilar.

    4. Rezina materiallar


    Ma’lumki, hozirgi zamon texnikasini rezinasiz tassavur etib bo‘lmaydi, ya’ni avtomobil, samolyot, velosiðed shinalari, o‘tkazgichlarning izolatsiyalari va shunga o‘xshagan xalq xo‘jaligi mashina mexanizmlarida rezina juda keng ishlatiladi. Rezina materiallar, asosan, kauchukni turli to‘ldiruvchilar, plastifikatorlar, vulkanizatsiya reagentlari, tezlashtiruvchilar va boshqalarni qo‘shib, qayta ishlash orqali hosil qilinadi. Rezina juda ko‘p xususiyatlarga ega materialdir. Bulardan eng muhimi uning elastiklanuvchanligidir, ya’ni 100 % qotish xususiyati mavjud.
    Rezinadagi aralashmaning 10—98 % ini kauchuk tashkil qiladi.
    Kauchuklar, asosan, tabiiy va sintetik polimerlar bo‘lib, daraxt „yig‘isi“ degan iborani anglatadi, ya’ni daraxtni kesganda undan suyuqlik ajralib chiqadi, demakdir.
    Shunday qilib, tabiiy kauchuk (TK) kauchuk tashuvchi (hosil qiluvchi) o‘simliklardan (daraxtlardan) olinadi. U etilda, benzinda, mineral moylarda yaxshi eriydi, suvda esa erimaydi.
    Kauchuk 90°gacha qizdirilganda yumshab, 0 °C dan past haroratda qattiqlashib, mo‘rtlashib boradi.
    Texnikaning intensiv taraqqiyoti tufayli faqat tabiiy kauchukdangina emas, balki sintetik kauchuklar (SK)dan ham foydalanishga to‘g‘ri kelmoqda. Etil spirti, asetilen, butan, etilen, benzol, ba’zi uglevodorodlar sintetik kauchuk hosil qilishning asosiy materiali hisoblanadi.
    Rezinalar vazifasiga yoki ishlatilishiga qarab umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi.
    Umumiy turdagi rezinalar suvda, kislota va ishqorlarning kuchsiz eritmalarida, havo (50—18 °C) muhitida ishlatilishi mumkin. Bunday rezinalardan mashina shinalari, transport tasmalari, kabellarning izolatsiyalari va turli buyumlar tayyorlanadi. Masalan: TK, natriy butadionli sintetik kauchuk (SKB), butadion stirolli (SKS-30,SKS-Za), butadion-metilstirolli (SK MS-30) kauchuklar. Maxsus vazifalarga mo‘ljallangan rezinalar, o‘z navbatida, moyga, benzinga, issiq va sovuqqa, elektroizolatsiya gazlariga va suyuqliklarga chidamli bo‘lgan turlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, maxsus rezina turi bo‘lib, unga armaturali rezinalar kiradi.
    Maxsus vazifalarga mo‘ljallangan rezinalar quyidagi turlarga bo‘linadi: Y7 — benzinga chidamli; natriyli (polixloroprenli kauchuk), butadion-nitrilli (SKN-18, SKN-26, SKN-40), butadionli (SKBM), butadion stirolli (SKS-10 SKSM-10)— sovuqqa chidamli shinalar, transportyorlar, issiqbardosh rezinalar.
    Baland va past haroratda, agressiv muhitda va amaliy ishlarda kauchukning o‘zi toza holda ishlatilmaydi. Yuqori fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lishi uchun rezinaga ingrediyentlar deb ataluvchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Bular quyidagilardir:
    1. Vulkanizatsiyalangan (qattiqlashtirilgan) rezinani shishiradigan eng asosiy modda bu oltingugurt. Bunda ma’lum haroratda oltingugurt atomlari kauchukning molekulalari bilan reaksiyaga kirishib, kimyoviy bog‘lanish hosil qiladi.
    Hozir 93 % rezina oltingugurt bilan qattiqlashtiriladi. Agarda oltingugurt miqdori 1 —35 % bo‘lsa — yumshoq, 25—20 % bo‘lsa — yarimqattiq, 30—50 % bo‘lsa — qattiq rezina hosil bo‘ladi.
    2. Qattiqlashtirish-tezlashtirgich (vulkanizatsiya). Bular organik va noorganik bo‘ladi. Organik moddalar metall oksidlaridir; noorganigi — oletaks, koptaks, sogtaks.
    3. To‘ldirgichlar. Bular aktiv va aktivmas bo‘ladi. Aktivlari — kaolin, kukun qo‘shimchalar, aktivmasi — bor, talk.
    4. Plastifikatorlar — plastiklikni oshiradi.
    5. Charchashga qarshi moddalar. Bunday materiallar rezinaning tez ishdan chiqishiga qarshilik ko‘rsatadi. Bunday materiallar turiga neoden D (fenilbetanaftilimin) va aldol (aldalal fanaftimin) kabi murakkab moddalar kiradi.
    6. Bo‘yoqlar. Bo‘yoqlar rezinaning fizik va mexanik xossalarini yaxshilash bilan birga, ularga rang ham beradi. Ulardan biri qurumdir, shuning uchun rezinaning ko‘pi qora rangda bo‘ladi.
    Oq va boshqa rangli rezina olish uchun alohida bo‘yoqlar qo‘shiladi.


    Download 4,71 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   45




    Download 4,71 Mb.