|
Metallni qirqish usullari
|
bet | 11/45 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #155758 |
Bog'liq Majmua maxsulot texnologiya va dizaynMetallni qirqish usullari. Temir arrani qanday ushlash 12-rasmda ko’rsatilgan. Ishga tushishdan oldin qirqiladigan materialni 1 tiskida mahkam qotirib olish kerak. Arralanadigan joy tiskiga yaqin 1 bo’lishi shart. Agar u tiskidan uzoqroqda joylashsa, unda kesish paytida 1 tebranib, polotnoni sindirib yuboradi. Qirqish paytida shunga ahamiyatl berish kerakki, chizilgan chiziq o’chib ketmasin. Ishlagan paytda I temir arra gorizontal holatda ushlash lozim. Uni keskin tortmay asta sekin I harakatlantirish va oldinga qarab surilganda sekin egish kerak. Temir arraning xarakat tezligi taxminan ikki tomonga bir minutda 35-50 marta bo’lishi tavsiya qilinadi.
Qirqishni zagotovkani uchidan boshlamaslik kerak, chunki tishlari sinib qolish extimoli bor (9-rasm).
9-rasm. Prokatni qirqish usuli
Polotno bilan qirqilayotganda detallning devori orasidagi ishqalanish kuchini kamaytirishi uchun unga tinmay yog` surtish kerak. Agar polotnoning tishi sinib qolsa, unda qirqishni to’xtatib, singan tishni olib tashlab, o’rniga charh yordamida yoysimon shakl berib, yana qirqishni davom ettirish mumkin.
Bir xilda uzun zagotovkani qirqayotgan paytda temir arraning dastgohi zagotovkaning tepasiga tegib qolgani uchun uni qirqish imkoni bo’lmay qoladi. Shunda dastgohni polotnoga nisbatan 90 ° ga burib mahkamlab olsangiz, unda bemalol qirqishni davom ettirishingiz mumkin (10-rasm).
I ngichka metall listlarni qirqish uchun uni ikkita yog`och bruslar orasiga mahkamlab qirqish mumkin (11-rasm).
10-rasm. Uzun metallarni qirqish 11-rasm. Listli metallni qirqish
Metallni qaychi bilan qirqish juda unumli bo’lib, qirindi chiqarmay turib istalgan shakldagi detalni qirqishga va to’g’ridan-to’g’ri tayyor detal olishga imkon beradi
Qo’l qaychilar (26-rasm) yupqa list materialni qirqish uchun ishlatiladi. Ular bilan 0,5-0,7 mm qalinlikdagi po’latni, tunukani, qalinligi 1,5 mm gacha bo’lgan rangli metallarni kirqish mumkin.
Qo’l qaychilarning tig’i kalta, dastasi uzun bo’ladi. Qaychilarning tig’i, v = 70° burchak ostida charxlanadi. Metallni qirkqanda paydo bo’ladigan kuch ta`sirida tig’ning o’t, maslashishiga yo’l qo’ymaslik uchun charxlanish burchagi shunchalik katta olinadi.
Q aychilarning tig’ini o’tkir va to’g’ri chiziqli qilib charxlash kerak. Tig’lar butun uzunligi bo’yicha o’zaro yondoshib turishi lozim. Ular orasidagi zazor 0,2mm dan oshmasligi darkor.
|
| |