|
Foydalaniladigan adabiyotlar
|
bet | 10/45 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #155758 |
Bog'liq Majmua maxsulot texnologiya va dizaynFoydalaniladigan adabiyotlar
Shoyoqubov Sh. K “O’zbek xalq amaliy bezak san’ati” T 2009
Shoyoqubov Sh. K “Zamonaviy O’zbekiston miniatyurasi” T 2006
Qo’shimcha adabiyotlar
Mirziyoyev.Sh.M buyuk kelajagimiz mard va oliyjanob xalqimiz bilan birgalikda quramiz T., 2017
Mirziyoyev.Sh.M Erkin farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz T., 2016
O’zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev 2017-2020-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakat strategiyasi T.2017.
3-Mavzu: METALLARGA BADIIY ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI
Reja:
Metallni qo’lda qirqish asboblari.
Metall list materiallari turlari.
Metalllami kesish texnologiyasi.
Metallni qirqish. Metallni bo’laklarga bo’lish uchun arralashpolotnosi, qaychi va boshqa kesuvchi asboblardan foydalaniladi.
Metallni qirqish uchun asbob . Qalin bo’lgan listli, polosali kesimi doira shaklida bo’lgan, profilli metallarni qirqish uchun qo’l-temir arrasi ishlatiadi. U paz, shlis, aylana bo’ylab belgi qilish uchun ham ishlatiladi (8-rasm).
Temir arra polotnosi tishlarini shunday o’rnatish kerakki, uning egilgan tishlarining uchlari ushlagichga teskari bo’lsin. Sal tortilgan polotnoning tishlari arralagan payitda sinib ketishi mumkin, aksincha agar polotno juda qattiq tortilib o’rnatilsa, sal qiyalikdan ham polotno sinib ketadi.
8-rasm.Qo’l temir arrasi: 1 - Qirqich; 2 - barashkali gayka; 3 - arra stannogi; 4 - ushlagich; 5 - arra polotnosi.
Polotno tishlarinng qayrilish burchagi odatda 60 ° ni tashkil qiladi. Metallni qirqayotgan paytda ishqalanish kuchini kamaytirish uchun ikki tomonga qayiriladi. Polotno to’lqinsimon qilib ishlangani uchun uning qirqish eni 0,25-0, 6 mm ko’proq bo’ladi. Temir arra polotnosining uzunligi odatda 250-350 mm, eni 12-15 mm, qalinligi 0,6-0, 8 mm bo’lib« tishlar qadami 0,6-1,2 mm ni tashkil qiladi.
|
| |