Op.90 No.4 ekspromtining ijrochilik hususiyatlari




Download 6.34 Mb.
bet13/13
Sana17.05.2023
Hajmi6.34 Mb.
#61120
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
30s3030
lecture № 6, ASad, 1- мавзуга ХФТ, 55-G
3.2. Op.90 No.4 ekspromtining ijrochilik hususiyatlari.

Ushbu ekspromt 4 qismli simfonik turkumning oxirgi ekspromti hisoblanadi. Eng mashhur to'rtinchi ekspromti bo'lib, u aslida As-dur tonalligida yozilgan, lekin as-mollda boshlanadi, as-mollda 7 ta bemol bor va shuning uchun Shubert, ehtimol, agar 6 ta bemol qabul qilinmasa, albatta, 7 ta bemol ham qabul qilinmasligini allaqachon bilgan va u 4 ta bemol deb yozgan va do-bemolni esa kuyni ichiga qo’shgan. Kuy ko’rinishidan osonga o’xshaydi ammo ijro tomonidan juda murakkab vazifalarga boy. O’ng qo’lda chalinadigan arpedjioli figuratsiyalar nihoyatda muhim rolni o’ynaydi, ijro qilayotgan paytda 16 talik arpedjiolar aniq va tiniq eshitilishi kerak uning uchun ijro qilishdan oldin o’ng qo’l postanovkasini to’g’irlab olish zarur bo’ladi aks holda 16 talik notalar tiniq eshtilmasligi mumkin. Ushbu kuy bizning nazdimizda qish fasli, osmonda yog’ayotgan qorlar, bu biz hayot deb ataydigan go’zal faslning tugashini tasvirlaydi, chunki bularning barchasi butun to’rtta faslning tushunchasi deb talqin qilishimiz mumkin. Bu obrazlarnini biz ushbu pyesani ijro etayotganimizda sezishimiz mumkin va ongimizda tasavvur qilamiz. To’rtinchi ekspromt, xuddi, birinchi ekspromt ruhda tug’ilishga o'xshaydi, ikkinchi ekspromt esa skertso kabi bayon etilgan.
Ushbu to’rtta ekspromtni to’rtta faslga qiyoslasak bo’ladi: Birinchi ekspromt – Bahor, Ikkinchi ekspromt – Yoz, Uchinchi ekspromt – Kuz, To’rtinchi ekspromt esa – Qish.

Mana bu yerdagi akkordlar xuddi birinchi ekspromtning boshlanishi ammo shuni teskarisi (rakaxod), ya’ni o’z doirasiga qaytadi. Biz bu narsani ijro qilayotganimizda sezishimiz mumkin.

O’rta qismi esa cis-moll tonalligiga o’tadi, bu yerda 3 ovozli polifoniyani ko’rishimiz mumkin. Kuyning mavzusi birinchi ovozda ijro qilayotgan paytimizda asosiy urg’uni birinchi ovozga bershimiz kerak bo’ladi. Ikkinchi va uchinchi ovoz esa unga yordamchi. Bu joyi Shubertning “Skitalets” fantaziyasiga o’xshab ketadi.

Bu “Skitalets” tonalligi va biz shu mavzuni deyarli eshitishimiz mumkin.

Undan so’ng kuy reprizaga qaytadi. Bu yerda esa qandaydir qish yoki kuz, qor yoki yomg’ir oqimlari, bo’ron kabi tasavvurlarga ushbu kuyni ijro etayotganda ega bo’lamiz. Bu tasavvurlarni to’rtinchi ekspromtni ijro etgan Krystian Zimmerman (Polsha), Artur Rubinshteyn (Polsha), Vladimir Gorovitz (AQSH), Evgeny Kissin (Rossiya), Grigory Sokolov (Rossiya), Alfred Brendel (Avstriya) va hamda Ulug’bek Palvanov (O’zbekiston) kabi ijrochilarda ko’rishimiz mumkin.

Xulosa
Musiqiy ta’lim tizimi kundan-kun rivojlanib, yangilanib, yanada keng imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda. Bu jarayonlarni biz ijrochilik amaliyotining rivojlanib borayotganligi, kompozitorlik soxasining yuksalayotganidan ko’rishimiz mumkin. Ayniqsa, vatanimiz mustaqillikka erishganidan so’ng musiqa maktablari qurilishi, ularni kerakli cholg`u asboblari va axborot-texnologik vositalari bilan ta’minlash davlatimiz siyosatining asosiy vazifasiga aylandi.
XX asrga qadar yurtimizda fortepiano cholg’usida ijrochilik musiqasi mavjud dolzarb muammo edi. O’zbekistonga akdemik yo’nalish aynan XX asrda kirib kelgan bo’lib uning rivojiga ko’p atoqli olimlar o’z hissasini qo`shgan. O`quvchilarni estetik tarbiyalashda fortepiano cholg’u musiqasi namunalari, musiqa darslarining mazmuni va unda berilgan bilimlar o`ziga xos muhim manba bo`lishi mumkin.
Franz Shubert ijodiy merosi Avstriya musiqasining dunyo musiqasi rivojidagi ahamiyati mustahkamlanishiga ulkan xizmat qildi va jahon musiqa san’atining rivojlanish yo’llarini qaysidir ma’noda belgilab berdi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Shubert - asl Avstriya kompozitoridir. Kompozitor turli janrlarda ijod qilib, romans va qo’shiqlar, orkestr simfoniyalari, vokal- simfonik asarlar, kamer cholg’u va fortepiano uchun asarlar yozdi. Shubert – pianistning yuzi uning fortepiano ijodida yaqqol ko’rinadi. Ijodida kamer harakteri hukm suradi. Kompozitorning uy havaskorligi bilan bog’liqligi ko’pincha raqs miniatyuralari va 4 qo’l uchun fortepiano asarlarini yaratilishiga turtki bo’ldi. Shubertni fortepiano miniatyurasining yaratuvchisi deb hisoblashadi. Uning musiqasino eshitganda birinchi taktlardanoq Shubert qalamini tanib olish mumkin. Kompozitorning romantik obrazlari nafaqat uning fortepiano uchun yozgan asarlarida balki , simfonik asarlarida, romanslarida ham singib ketgan. Shunertning musiqiy asarlari jonli va tabiiydir. Ularni birinchi bor tinglashdayoq xuddi badiha qilinayotgandek, lekin asarning barcha detallari o’ylab chiqilgani, shaklning aniq va ixchamligi haqida taassurot qoldiradi. Uning asarlarida bir qator motivlar birlashib, kengaytirilgan yaxlit kuylanuvchan mavzuni tashkil qiladi. Musiqiy obrazning sekin- asta rivojlanishi Shubertning uslubining o’ziga hos jihatidir. Uning musiqasi hayotbaxsh ohanglarda aks etadi. Hatto kompozitorning kechki ijodiy davridagi asarlarining ko’pchiligida g’amgin obrazlar ustunlik qilgan bo’lsa ham, ular pessimistik taasurot qoldirmaydi.
Nega Franz Shubertning ijodiy merosi XXI-asr tinchlovchisi uchun juda muhim? Chunki, u birinchi romantik kompozitori hisoblanadi. Birinchi tan olingan romantiklar – List, Shuman, Shopen, Chaykovskiy – Shubertni faqat XIX-asrning ikkinchi yarmida, uning o’limidan bir necha o’n yillar o’tgach, ular romantizm davrni davomchisi boladilar. Ularning barchasi Franz Shubertga ergashib, o’z asarlarida hal qilinmagan ichki ziddiyat, bosh lirik qahramonning yolg’izligi haqida gapiradilar. Izdoshlar venalik yorqin kompozitorning asarlarini o’rganadilar va uning musiqiy mavzularini o’z ijodida yo’riqnoma sifatida ishlatadilar.
Shubert musiqaning klassitizmdan romantizmga o’tishini belgilab beruvchi qisqa, ammo juda haqiqiy davrni romantizm ifodalovchi kompozitordir.



1 Prezident Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 29-sentyabrda o’qituvchi va murabbiylarga yo’llagan bayram tabrigidan.

2 Б. Асафьев – книга “О симфонической и камерной музыке”

3 Г. Гольдшмидт – “Жизненный путь Франца Шуберта” (1968)

4 Б. Асафьев – “О симфонической и камерной музыке”

5 Вульфиус – “Очерки жизни и творчества Ф. Шуберта” (1983)

6 Вульфиус – “Очерки жизни и творчества Ф. Шуберта” (1983)


Download 6.34 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 6.34 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Op.90 No.4 ekspromtining ijrochilik hususiyatlari

Download 6.34 Mb.