II-bob. Shubert ijodida fortepiano miniatyuralarining ahamiyati




Download 6.34 Mb.
bet7/13
Sana17.05.2023
Hajmi6.34 Mb.
#61120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
30s3030
lecture № 6, ASad, 1- мавзуга ХФТ, 55-G
II-bob. Shubert ijodida fortepiano miniatyuralarining ahamiyati
2.1. Kompozitorning vals janriga murojaati.
Franz Shubert ijodiy merosining muhim qismini fortepiano musiqasi egallaydi va bu cholg`u kompozitor hayotining mazmuniga aylandi. Shubertning valslari ayniqsa nafis va g’ayrioddiy edi. Ta’sirchanlik va lirizm bilan to’lgan, turli xil hissiyotlar ifodalangan valslarda yengil qayg’u hissi bor edi. O’z hayoti davomida kompozitor maishiy raqs janrida juda ko’p asarlar yaratdi, ammo valslar miqdori bo’yicha birinchi o’rinda turadi.
Valslarning yaratilish tarixiga nazar solsak, Franz Shubertning asosiy harakter xususiyatlari – kamtarlik, jozibalik, soddalik va samimiylik edi. U chinakam mehnatkash bo`lgan va har doim hamma narsada mukammalikka erishishga harakat qilar edi. Aynan shu fe’l-atvor fazilatlari tufayli kompozitor o’z atrofida ko’plab iste’dodli va ijodiy qobiliyatli odamlarni to’plashga muvaffaq bo’ldi.
Shu tarzda, hamfikrlar doirasi asta-sekin shakllandi va unga kompozitor tomonidan “Shubert doirasi” nomi berildi. Madaniyatli va ma’rifatli kishilar jamiyati tarkibiga o’sha davrning quyidagi muhim siymolari kirgan:
Moris Shvind, Leopold Kupellvizer (rassomlar), Iogann Mayerhofer, Bauerfeld Eduard, Grillpartser Franz (shoir va dramaturglar), Iosef Shpaun (skripkachi), Franz Shober (adabiyotchi), Iogann Mihael Fogel (xonanda).
Asosiy tadbirlar nafaqat raqsga tushish va musiqa cholg’ularini chalish, balki siyosat haqida suhbatlashish, so’nggi yangiliklarni muhokama qilish edi. O’sha kunlarda bunday hatti-harakatlar jamiyatda qoralashga olib kelishi mumkin edi. Bir paytlar ushbu to’garak a’zolaridan biri haddan tashqari so’z erkinligi uchun hibsga olingan.
Aynan shu ijodiy oqshomlarda Shubert o’z iste’dodini namoyish eta oldi. Valslarning aksariyati ana shunday musiqiy tadbirlarda yozilgan. O’sha davr muhitini so’z bilan ifodalab bo’lmaydi: ijodkorlar sehrli musiqa, beqiyos valslar ostida raqsga tushishardi. O’sha kunlarda bu raqs mashhurlik cho’qqisida edi. Boshqa maishiy janr namunalardan farqli o’laroq, Shubert musiqasi ajoyib lirika va she’riyat bilan to’ldirilgan. Ba’zan kompozitor tayyor vals qismlarini olib kelsa, ba’zida u soatlab improvizatsiya qilib, tobor ko’proq yangi va qiziqarli raqslarni yaratardi. Hamma vals qismlari ham yozilmagan, chunki Shubert uyga charchab kelib uxlar edi. Ertalabdan unga barcha katta hajmli musiqiy materallarni eslab qolish qiyin qilgan.
XIX-asrda Shubert musiqasi tor va keng doiralarda ham mashhur bo’lgan va ayniqsa ziyolilar orasida dolzarb ahamiyatga ega bo`lgandir. Ammo, musiqiy asarlar yaratish kompozitorga juda kam daromad keltirgan.
Manbalarda yozilishicha, Shubert butun umri davomida 250 ga yaqin vals yozgan va nashr etgan. Kompozitor doimiy ravishda improvizatsiya qilgan va tom ma’noda yangi asarlar yaratgan, ijodiy parvoz tuyg’usida bolgan va ko’pincha asar yozishni yoki yodlashni unutib qo’ygan.
Birinchi valslar Shubert tomonidan yozilganida, bu raqs endigina modaga kira boshlagan edi. Vena chekkasida yashovchi kichkina Franzga valsning eng mashhur lendlerlar va valstserlar xalq raqslarini tinglash baxtiga muyassar bo’lgan. Faqat XVIII-asrning ohirida paydo bo’lgan vals bilan solishtirganda, prototiplar xalq raqslari orasida bo’lgani kabi, ovoz jihatidan ancha qo’pol edi. Vals ohangi yanada bo’rttirma, yengil va nafis bo’lib, avvalgilaridan faqat uch hissalik metr va akkomponement formulasi saqlanib qolgan. Shubertning valslari ushbu janrda musiqiy inqilobi amalga oshirdi, ular romantik ranga ega bo’la boshladilar. Shubert ishidagi valslarga xos bo’lgan harakterli xususiyatlar quyidagilarni o’z ichida oladi:

  1. Miniyaturlik. Kompozitsiyalar oddiy 2 qismli yoki 3 qismli shaklda yozilgan. Ularning uzunligi taxminan 2-5 daqiqa.

  2. Lirik. Ohang qahramonnig holatini ifodalaydi. Dramatik funksiya ortib boradi. Hissiy diapazon oshadi.

  3. Ovozli tasvir. Kompozitor fortepianoning barcha instrumental imkoniyatlaridan foydalanishga harakat qiladi.

  4. Konstratli bo’limlar . Kompozitsiyaning birligiga musiqiy materiallarni turli xil hissiy ranglar bilan solishtirish orqali erishiladi.

  5. Koloristik funksiyani bajaruvchi modulyatsiyalar va xromatizmlar. Aytish joizki, yuqoridagi barcha xususiyatlar, asosan kompozitorning yetuk ijodiga taaluqlidir. Dastlabki ishda valsarning o’zini ham, ularning musiqiy salaflarini ham topish mumkin. Shunday qilib, erta valslarning g’ayrioddiy namunasi – nemis raqsi. Tonallik E-dur tinglovchini hayotning yorqin olamiga ochadi. Ohangdagi nafis farshlaklar va boshqa bezaklar mavzuning janr-maishiy xususiyatini ta’kidlaydi. Asosan tonika-dominanta munosabatlarga asoslangan ritm va garmoniya Avstriya xalqlari folkloriga mansubligini aks ettiradi. Tinglovchi bu mamlakat madaniyatining ajoyib olamiga uning urf-odat va an’analariga sho’ng’ib ketgandek tuyuladi.


Download 6.34 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Download 6.34 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-bob. Shubert ijodida fortepiano miniatyuralarining ahamiyati

Download 6.34 Mb.