• Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari
  • Malakaviy ish obyekti
  • Maxsus fortepiano




    Download 6.34 Mb.
    bet3/13
    Sana17.05.2023
    Hajmi6.34 Mb.
    #61120
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    30s3030
    lecture № 6, ASad, 1- мавзуга ХФТ, 55-G
    Mavzuning dolzarbligi. Professional kompozitorlardan biri Franz Shubert ijodiy faoliyati bilan bir qatorda romantizm janrdagi sermahsul ijodi ko‘plab pianinachilar tomonidan o‘rganilgan. Shunga qaramay faqat Franz Shubert uslubiga xos romantizm ijro yo’llari haqida kengroq fikr mulohazalar bildirib ularni umumiy va xususiy qonuniyatlarini aniqlash ishlari ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.
    Shubertning ijodi kompozitor vafotidan so‘ng bir necha yil davomida unut bo‘lib ketdi. Shopen, Shuman va Mendelsonning targ‘ibot faoliyatlari tufayli XIX asrdan boshlab, buyuk kompozitorning musiqasi qaytadan hayot yuzini ko‘rdi.
    Bugungi kunda butun jahon san’atkorlari Shubertning musiqasini uning go‘zalligi va ilhomlantiruvchi kuchi, mahorat darajasi hamda mukammalligiga tan bergan holda ijro etib kelishmoqda.
    F. Shubert buyuk romantizm sifatida o‘zidan keyin romantik musiqaning ajoyib namunalarini qoldirdi. F. Shubert uchun romantizm, musiqiy fikr va tasavvur ifodasining muhim vositasiga aylandi. U o‘z ijodida romantizm musiqaning eng muhim xususiyati — kuy yo‘nalishi jarayonining rivojlanish dinamikasi va mantiqini kashf qildi. F. Shubert romantizmning asl shoiri hisoblanadi.
    Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari:
    F. Shubertning jahon musiqa madaniyatiga qo’shgan hissasi bilan tanishish;
    F. Shubert hayoti va asarlariga doir turli manba va adabiyotlarni
    to’plash va ularning mazmuni bilan tanishish;
    F. Shubertning musiqiy lahzalar ijrochilik masalalari bilan tanishi;
    F. Shubert ekspromtlari ijro yo’llari xususiyatlarini tahlillar asosida
    o’rganish;
    F. Shubertning “Ekspromt Op.90 №4” ijrochilik xususiyatlarini o’rganish;
    Malakaviy ish obyekti:
    Malakaviy ish obyekti sifatida Franz Shubertning jahon musiqasi san’atida fortepiano uchun olib borgan samarali ijodi, uning musiqadagi tashkilotchi sifatidagi ijodiy merosi, ijrochilik va kompozitorlik mahorati olindi.
    Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi.
    F. Shubert “Ekspromt Op.90” to‘plami haqida ilmiy qo‘llanmalar, turli xil maqolalar kitoblar yozilgan. “Ekspromt Op.90” to‘plamidagi asarlarning tahlillari ko‘p bo‘lsa ham aynan “№4 As-dur” Ekspromti ijrochilik interpretatsiyasi kam va o‘zbek tilida yoritib berilayotgan mavzu musiqa o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus va akademik litseylarning “Maxsus fortepiano” yo‘nalishi talaba va o‘qituvchilari uchun qo‘llanma sifatida foydalanish maqsadida topshirildi

    Download 6.34 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 6.34 Mb.