• FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 59 Kirish
  • III BOB Romantizm musiqasida ekspromt janri xususiyatlari




    Download 6.34 Mb.
    bet2/13
    Sana17.05.2023
    Hajmi6.34 Mb.
    #61120
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    30s3030
    lecture № 6, ASad, 1- мавзуга ХФТ, 55-G
    III BOB

    Romantizm musiqasida ekspromt janri xususiyatlari.

    34

    3.1

    F.Shubert va F.Shopen ekspromtlarining qiyosiy tahlili.

    34

    3.2

    Op.90 No.4 ekspromtining ijrochilik hususiyatlari.

    54




    XULOSA

    57




    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

    59


    Kirish
    Musiqa san’ati sertarmoq boy va ular rang-barang ijrochilik an’analari bilan insoniyat ma’naviyatining rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan sohadir.
    Har bir cholg‘u- organ, arfa, skripka, fleyta, fortepiano, truba yoki klarnet qaysi biri bo‘lmasin o‘z shakli, ovozi, ohangi, tarannumi bilan ijrochilik amaliyotida o‘z o‘rniga ega. Ularning o‘rni o‘tmish tarix davomida yaratilgan ijod mahsuli va cholg‘uning imkoniyat saviyasi bilan harakterlanadi. Fortepiano musiqasi ham ana shunday boy xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan uch asrlik tarixiga ega bo‘lgan janrdir. Tarix davomida fortepiano mukammal cholg‘u sifatida shakllanib rivojini topgan.
    Bilamizki, xalqimiz hayotida musiqa boshqa san’at turlari qatorida azaldan beqiyos o‘rin tutib keladi. Yurtimizda ko‘p yillardan buyon musiqa ijodiyoti va musiqiy-uslubiy rivojlanish masalalariga urg‘u bergan holda, shuningdek, g‘oyaviy-estetik qarashlar, musiqiy hayot, ta’lim va ijrochilik san’atining rivojlanishi kabi muhim masalalarni ham yoritishga harakat qilinib kelinmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
    2016 yil 30 dekabrda mamlakatimiz ilm-fan namoyondalari bilan bo‘lgan uchrashuvda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilish kerakligini ta’kidladi.
    Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o’z asarlarida ta’kidlaganidek: “Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirishning – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. Musiqa deb atalmish ilohiy bu mo’jizada shunday bir sehr borki, uni tushunish, ta’sirini sezish uchun hech qanday tarjimonning keragi yo’q”. Prezidentimiz tomonidan o’qituvchi va murabbiylarga yo’llagan bayram tabrigida ham : “Ishonchim komil, xalqimiz ziyolilarining ilg’or vakillari bo’lgan siz, hurmatli ustoz va murabbiylar mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash,yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, jamiyatimizda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash bo’yicha olib borayotgan ishlarimizni sifat jihatidan yangibosqichga ko’tarish, hayotda o’zini oqlagan maktab, oila va mahalla hamkorligiga asoslangan ijtimoiy tizim samarasini oshirishda faol ishtirok etib, barchaga o’rnak va namuna bo’lasizlar”1 deya alohida ta’kidlab o’tganligi misolida ko’rishimiz mumkin.
    Shu bilan birga san’at, madaniyat va ma’naviyat haqidagi dasturiy nutqlari, san’atni rivojlantirishga qaratilgan farmonlarida mavjud bo’lgan - “Madaniyat va san’at rivojlansa jamiyat rivojlanadi” deb aytib o‘tgan fikrlari hamda bir qator yoshlarga yaratilib berilgan ulkan sharoitlar tufayli Respublika va Xalqaro miqiyosidagi festival, ko‘rik-tanlovlarda nafaqat milliy musiqa san’ati bo‘yicha balki, yevropa musiqa san’atini chuqur o‘rgangan yoshlar ishtirok etib katta sahnalarda yuqori natijalarga erishib kelishmoqda.
    Ushbu erishilgan yutuqlar qatorida fortepiano cholg‘u ijrochiligi bilan ishtirok etib jahon sahnalarida yurtimiz dovrug‘ini ko‘klarga ko‘targan Aleksey Sultonov, Begzod Abduraimov kabi mahoratli ijrochilarni borligi bizni quvontiradi. O‘z o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bunday ko‘rik-tanlov va festivallarda dunyo tan olgan kompozitorlar (Iogan Sebastian Bax, Yozef Gaydn, Volfgang Amadey Motsart, Lyudvig van Bethoven, Frederik Shopen, Sergey Rahmaninov)ning fortepiano uchun yaratgan eng yetuk asarlarini ijro qilish kerakligi bilan kasbiy mahorat cho‘qqisi bosqichini ko‘rsatib beradi.
    Bugungi kunda biz jahondagi taraqqiy etayotgan davlatlar bilan mustahkam hamkorlik o’rnatib, mamlakatimizda erkin va farovon jamiyat barpo etayotgan ekanmiz, san’atni, musiqani o’zimizning ma’naviy hamrohimizga aylantirmay turib, ana shunday yuksak marralarga va ko’zlagan maqsadimizga erishishimiz, hayotimizni yanada mazmunli va yorug’, har taraflama mukammal qilishimiz mumkin bo’lmaydi, albatta.
    Bu masalada esa, mamlakatimizda qilinayotgan bir qator ijobiy ishlarni sanab o’tmasak bo’lmaydi. Juda tez sur’atlarda taraqqiy topayotgan zamonamizda yurtimizda san’at va madaniyatga keng e’tibor qaratilmoqda. Qolaversa, mazkur sohalarni rivojlantirish yo’lida talaygina targ’ibot va tashviqot ishlari ham olib borilayotgani barchamizga birdek ayon.
    San’atga va madaniyatga tegishli bo’lgan kadrlarning salohiyatini mustahkamlash va ularning tarmog’ini kengaytirish, shuning bilan birga bilim darajalarini o’stirish masalasiga alohida e’tibor berilayotgani esa bugungi kun musiqa ihlosmandlari uchun ayni muddaodek gap.
    Bundan tashqari bolalar musiqa va san’at maktalarining moddiy texnik bazasini yaxshilash maqsadida jahon tajribalarini amala qo’llash, ularning erishayotgan natijalarini ko’zdan chetda qoldirmasdan o’z faoliyatimizga olib kirish borasidagi tajriba almashuvlari ham ayni kunlarda san’at sohasida yaxshi o’zgarishlarga sabab bo’lmoqda.
    Ya’ni, mamlakatimizni o’z maqsadlariga yetaklovchi ishonchli qadami sifatida prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “O’zbekiston davlat Konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish to’g’risida”gi qarorini ta’kidlab o’tishimiz lozim.
    Mazkur qarorda xalqimiz, xususan, yoshlarimizning dunyoqarashi, ma’anaviy saviyasi va estetik tarbiyasini yuksaltirishda g’oyat muhim o’rin va ahamiyatga ega bo’lgan musiqa san’atini har tomonlama rivojlantirish, boy musiqiy merosimizni chuqur o’rganish, yosh avlodni milliy va jahon musiqa san’atining mumtoz namunalariga muhabbat ruhida tarbiyalash, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsdida muhim vazifalar belgilandi.
    Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan bu ahamiyatli hujjatga binoan O’zbekiston davlat Konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirsh va takomillashtirishga doir chora - tadbirlar dasturi tuzilmasi, konservatoriya faoliyatini rivojlantirsh va takomillashtirishga doir chora - tadbirlar dasturini amalga oshirish bo’yicha Respublika komessiyasi tasdiqlandi.
    Shu kabi yuksak maqsadlarga erishish uchun biz musiqa san’atini faqatgina markazda emas, balki, olis shaxar va qishloqlarimizda ham rivojlantirishimiz, mazkur yo’nalish vakillari-yu, fidoiylarini doim qo’llab-quvvatlashimiz va mana shu ta’lim maskanlarida ular bilan ijodiy uchrashuvlar uyushtirishimiz lozim.
    Bir so’z bilan aytadigan bo’lsak, hayotbaxsh musiqa sadolarining mamlakatimiz bo’ylab mudom yangrab turishi turmush tarzimizning oltin qoidasiga aylanishi darkor.

    Download 6.34 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 6.34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III BOB Romantizm musiqasida ekspromt janri xususiyatlari

    Download 6.34 Mb.