-mavzu: Tanqid va adabiy jarayon




Download 3.69 Mb.
bet16/17
Sana25.03.2017
Hajmi3.69 Mb.
#2313
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
17-mavzu: Tanqid va adabiy jarayon

Adabiy tanqid va badiiy adabiyot. Tanqidning adabiy jarayondagi o’rni va roli. Adabiy jarayonning murakkab, harakatchanligi. Unda yangi tamoyil, mezon, meyor, qoidalarining paydo bo’lishi. Adabiy jarayonning milliy zamin miqyosida va umumjahon adabiy-madaniy hayot kengligida tushunilishi.

So’nggi 15 yil ichida o’zbek adabiy jarayonida ro’y berayotgan o’zgarishlar. O’zbek tanqidchiligida poetika, asarning estetik ta’siri, talqini baholanishida paydo bo’layotgan yangi mezonlar va tamoyillar.

Umumjahon adabiy hayotidagi jarayonlar, xususan modern, avangard, syurrealizm, poststrukturalizm singari oqim, yo’nalishlarga o’zbek adabiy jarayoni munosabati. An’ana va yangilik mujdalari.

“... Yangilik paydo bo’lishi bilanoq avval “yangi” maqomida yurgan qadriyat qisman eskilikka aylana boradi. Ana o’sha mahalda “eski yangilik”ning ashaddiy tarafdorlari “yangi yangilikka” qarshi kurashga otlanadilar. Hattoki, bu yo’lda quyushhondan chiqish holatlari bo’rtib ko’zga tashlanadi, “yangi yangilik” o’sha chig’iriqlardan o’tsagina adabiyot maydonida yashab qolish huquqini qo’lga kiritadi” (B.Ro’zimuhammad) O’zbek adabiyotshunosligi, tanqidchiligidagi “eski yangilik” bilan “yangi yangilik” aro kurashi.

Hozirgi tanqidchilikda germenevtika-talqin, tafsir, izoh, sharh, ta’vilning keng qo’llanilayotganligi. Talqin yo’llari, usullari.

Badiiy asarga biografik, tarixiy-funktsional, tarixiy-tipologik, ontologik yondashuv.

O’zbek adabiy tanqidchiligida yangi oqimlar...bormi?

Adabiy tanqid janrlarining adabiy jarayonga, ijodkor hayoti va ijodiga hamda bevosita badiiy asar tahliliga yo’naltirilganligi.

Adabiy-tanqidiy sharh, tanqidiy ocherk, xronologik tadqiqot janrlarining milliy adabiyotni baholashdagi o’rni. Taqriz, ocherk, ochiq xat, asar qahramonlariga maktub, suhbat, maqola, adabiy portret, umumlashma obzor maqola janrlarining ham ijodiy jarayonni, ham aniq asarning o’rganishiga yo’naltirilganligi.

Xotira, badia janrlarining vazifasi, yo’nalishi, mohiyati.



Download 3.69 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 3.69 Mb.