13-Ma’ruza; SHOVQINNING INSON ORGANIZMIGA TA`SIRI.
REJA
1.Shovqinning inson organizmiga ta`siri. 2.Tovushning asosiy O‘lchov birliklari. 3.Shovqin darajasini me`yorlshtirish va O‘lchash.
Insonning mavjud beshta sezgi organi ichida eshitish a’zosi o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Aynan eshitish orqali inson boshqa odamlar bilan muloqot qiladi, xavf-xatarni anglaydi va o‘z madaniyatini yuksaltiradi. Inson o‘zining eshitish sezgilari orqali toza tovushlarni, aralash tovushlarni va shovqinni farqlaydi. Toza tovush bir xil chastotadagi sinusoidal tebranishlardan iboratdir.
Bir sekunddagi tebranishlar soni tovush chastotasi deb ataladi. Chastota fizik olim Genrix Gers (1857–1894-у.у.) sharafiga “gers» (Gs) orqali o‘lchanadi. Bir gers (1Gs) – bir sekundda bir tebranish demakdir. Aralash tovush bir necha toza tovushning yig‘indisidan iborat. Shovqin esa har xil chastota va tebranishdagi tovushlar aralashmasidir. 1660-yili Robert Boyl (1627–1661-у.у.) tovush tarqalishi uchun gazsimon suyuqlik yoki qattiq jism holatidagi muhit zarurligini isbotlaydi. Tovush tarqalishiga sabab bo‘ladigan muhitga bog‘liq holda shovqinlar mexanik va aerogidrodinamik ko‘rinishda bo‘ladi.
Tovush intensivligining o‘lchov birligi etib «Bel» qabul qilingan. U telefon yaratilishining asoschisi Aleksandr Greyama Bel (1847–1922-у.у.) sharafiga atalgan. Insonning qulog‘i bir xil bosimdagi, turli xil chastota va qattiqlikdagi tovushlarni eshita oladi. Tovush balandligi («gromkost») - «fon» bilan o‘lchanadi. Bir fon – 1000 Gs chastotadagi va 1dB intensivlikdagi tovush balandligiga tengdir. Inson qulog‘i 16 Gs dan 20000 Gs gacha bo‘lgan tovush chastotalarini eshitish qobiliyatiga ega. Inson 800...4000 Gs chas-totali tovushlarni yaxshi eshitadi, 16...100 Gs chastotali tovushlarni sezilarli darajada eshitadi.
1861-yili anatomik olim Alfonso Korti (1822–1876-у.у.) insonning eshitish a’zosi– quloqni tekshirib, uning ishlash tartibini o‘rganib chiqqan. Odatda, biz quloq deganda, tashqi ko‘rinishdagi quloq chanog‘ini (suprasini) tushunamiz. Ushbu quloq suprasidan bosh suyak tomon ichki eshituv уo‘li o‘tgan bo‘lib, u balog‘atga yetgan odamlarda 2 sm. gacha bo‘ladi. Undan keyin xususiy eshituv a’zosi, o‘rtacha quloq, уa’ni bагаbаn bo‘shlig‘i boshlanadi.
Tovush to‘lqini baraban pardasidan suyakchalar orqali spiralsimon naychaga uzatiladi va bu vaqtda membranada titrash tarqaladi. Titrash “Kort a’zosi»dagi tolasimon hujayralarni harakatga keltiradi, hujayralar egilib, buralib deformatsiyalanadi va unda elektrik signallar hosil bo‘ladi.
Bu elektrik signallar eshitish nervlarini qo‘zg‘atadi. Bu shartli belgili (kodirovanne) lektrik impulslar miyaga uzatiladi va u miyada qayta ishlanib anglanadi. Ana shunday mexanik tebranishlarni elektrik impulslarga aylantirib berish qobiliyatiga ega bo‘lgan inson qulog‘i 0 dan 130 dB gacha bo‘lgan tovush intensivligini eshita oladi. Lekin, insonga turli xil chastotadagi tovushlar turlicha ta’sir etadi.
Shovqinning insonga ta’sirini fiziologik baholash maqsadida, u past chastotali (300 Gs acha), o‘rta chastotali (300...800 Gs) va yuqori chastotali (800 Gs dan yuqori) shovqinlarga jratiladi.
Inson xoh kunduzi, xoh tunda, ish vaqtida ham, dam olish vaqtida ham, uyquda ham ma’lum darajadagi shovqin ta’sirida bo‘ladi. Masalan, barglarning shitirlashi 10–40 dB, soatning chiqillashi quloqdan 1m uzoqlikda 25–35 dB, uxlayotgan odamning nafas olishi 25 dB atrofida, oddiy so‘zlashuv vaqtida -50–60 dB, qattiq baqirib so‘zlashganda – 75 dB, 100 km/soat tezlikdaharakatlanayotgan yengil avtomobil – 110 dB, 50–100m balandlikda uchayotgan reaktiv samolyot - 120–130 дВ tovush intensivligidagi shovqin hosil qiladi.
Insonni doimiy yuqori intensivlikdagi shovqin ta’sirida bo‘lishi uning sog‘lig‘iga ta’sir etadi, u tez charchaydi, psixologik reaksiya tezligi kamayadi, xotirasi susayadi. Tovush to‘lqinlarining sinusoidal tarqalishi havo muhitining turli nuqtalarida bosimni o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Tovush to‘lqinlari ta’sirida hosil bo‘lgan havo bosimi bilan atmosfera bosimi orasidagi farq tovush bosimi deb ataladi. Tovush bosimi paskalda o‘lchanadi – 1Ha=1N/m2. inson qulog‘ Po=2x10- 5Pa bosimidan boshlab tovush bosimi o‘zgarishini sezadi. Tovush bosimi 2x102Pa bo‘lganda quloqda og‘riq hosil bo‘ladi. Tovush intensivligi deb 1 sekundda 1m2maydondan tovush tarqalishiga perpendikular уo‘nalishda tovush to‘lqinlari orqali olib o‘tiladigan tovush energiyasi miqdoriga aytiladi. Tovush intensivligi Vt/т2orqali o‘lchanadi. Inson qulog‘ining tovushni sezishi tovush
intensivligi Jo=10-12Tt/m2dan boshlanadi va bu miqdor
SINOV SAVOLLARI
Shovqinning inson organizmiga qanday ta`siri bor? Tovushning asosiy O‘lchov birliklarini aytib bering?
Shovqin darajasini qanday me`yorlshtirish va O‘lchash mumkin?
Foydalanilgan adabiyotlar: “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi”
O‘.R.Yo‘ldashev. O.D.Rahimov. 2002 yil Fan va texnologiya nashryoti
Internet manbalari ZiyoNET>Библотека<“Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi» http://library.ziyonet.uz>book
Baholash mezoni
Guruhda ishlashni baholash jadvali
Guruh
|
Javobning aniqligi va toliqligi (2-5 ball)
|
Taqdim etilgan axborot yaqqolligi
(2-5 ball)
|
Guruhning har bir a’zosi faolligi (2-5
ball)
|
Umumiy ball miqdori (2+3+4)
|
Baho (5/4)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
Har bir guruh mezonlar bo‘yicha ballarni jamlab, boshqa guruhlar chiqishini baholaydi. Guruh olgan baho guruhning har bir a’zosi bahosini belgilab beradi: 5 ball – “a’lo”; 4– “yaxshi”; 3 – “qoniqarli”; 2 ball – “qoniqarsiz”.
Dars yakuni O‘qituvchi o‘tgan yangi mavzu bo‘yicha tushunmagan savollarga javob beradi,darsni mustahkamlashdagi o‘quvchilar javobini muhokama qilib, o‘quvchilar bilimini baholaydi va darsni yakunlaydi
O‘quvchilar faoliyatini baholash mezonlari
|
90-100 %
|
5 baho “a`lo»
|
75 – 89 %
|
4 baho “yaxshi»
|
60 – 74 %
|
3 baho “qoniqarli»
|
Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi №14
|