• FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • TEXNIKA OLIY O‘QUV YURTLARIDA PEDAGOGIKANING O‘RNI Muxtorov Abdumajidxon Murodxon o‘g‘li
  • avtomatik tarzda inson omilisiz nazorat qilish va  baholash o‘z samarasni beradi




    Download 6,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet155/312
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,64 Mb.
    #249488
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   312
    Bog'liq
    3 tom

     
    avtomatik tarzda inson omilisiz nazorat qilish va 
    baholash o‘z samarasni beradi
    .
    Ushbu natijalarga erishish uchun iSpring Quiz 
    Marker 9 hamda Multimedia Builder dasturlari orqali test topshiriqlarni tuzish 
    eng samarali usul ekanligini talabalarda qo‘llab fan bo‘yicha olgan bilimlarini 
    mustahkamlashga hamda fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga erishdik. 
    Buning natijasida kelgusi faoliyatida loyihalash jarayonlarida talabalarda 
    fazoviy tasavvur mavjudligi natijasida keyingi fanlarni o‘zlashtirishda uzviylikni 
    saqlab 
    qolish 
    imkoniyatini 
    yaratishga 
    harakat 
    qildik. 
    Maqsadimiz 
    raqabatbardosh yetuk kadrlar tayyorlashdi. 
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
    1. Holmurzaev, A. A., Madaminov, J. Z., Rahmonov, D. M., & 
    Rasulzhonov, I. R. (2019). Metodika razvitija professional''noj 
    kompetentnosti informacionno-tehnicheskih sredstv budushhih 
    uchitelej cherchenija. Aktual'naja nauka, 4, 112-115. 
    2. Kholmurzaev, A. A., & Polotov, K. K. (2020). METHODS OF 
    USING 
    MEDIA 
    EDUCATION 
    IN 
    THE 
    LEARNING 
    PROCESS. Theoretical & Applied Science, (5), 205-208. 
    3. 
    Polotov, 
    K. 
    K. 
    (2020). 
    FEATURES 
    OF 
    TEACHING 
    ENGINEERING AND COMPUTER GRAPHICS. Theoretical & 
    Applied Science, (6), 573-576. 
    4. Holmurzaev, A. A., Alizhonov, O. I., Madaminov, Z. Z., & Karimov, 
    R. H. (2019). Jeffektivnye sredstva sozdanija obuchajyshhih 
    programm po predmetu" nachertatel'naja geometrija. Problemy 
    sovremennoj nauki i obrazovanija, (12-1 (145))). 
    TEXNIKA OLIY O‘QUV YURTLARIDA PEDAGOGIKANING O‘RNI 
    Muxtorov Abdumajidxon Murodxon o‘g‘li,
    Farg‘ona politexnika instituti, Chizma geometriya va muhandislik grafikasi 
    kafedrasi assistenti 
    Xaliljonov Dostonjon Davronzoda
    Farg‘ona politexnika instituti, 31-22 YXTE guruh talabasi 
    Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish pedagogikaning asosiy 
    funksiyasi hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash pedagogikadagi asosiy tushuncha 


    Современные решения проблем системы высшего, среднего образования и их решения
    Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
    цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
    310
    sanalib, oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan 
    birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Tarbiya yordamida inson shaxsining maʼnaviy 
    jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, eʼtiqod, ezgulik, 
    goʻzallik, yaxshilik, adolatga doyr qarash va koʻnikmalarning shaxs sifa-tiga 
    aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. Insonlar orasida yashash, 
    hayotda turmush kechirish va faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan bilim, 
    koʻnikma va malakalar yigʻindisini oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat oʻqitish 
    tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan 
    taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus maʼlumotni olish imkoniga ega 
    boʻladi. Tarbiyalash va oʻqitish natijasida odamda muayyan shaxs sifatlari 
    shakllantiriladi. Shaxs tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan 
    maʼnaviy-intellektual sifatlarga ega boʻladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida 
    uzluksiz davom etadi va uning rivojlanishiga omil boʻladi.
     
    Inson va uni shakllantirishga doir fan sifatida falsafa, etika, estetika, 
    madaniyatshunoslik, psixologiya, iqtisodiyot, siyosatshunoslik, demografiya, 
    tarix, adabiyot, tibbiyot, mat. va boshqa fanlar bilan uzviy bogʻliq. pedagogika 
    fani va amaliyoti taraqqiyotida bu fanlarning nazariy asoslari, tadqiqot 
    metodlari, ilmiy xulosalarni aniqlash, taxlil qilish hamda umumlashtirish 
    usullaridan foydalanadi.
    Zamonaviy kadrlar oldiga qo‘yilayotgan eng muhim vazifalardan biri-
    yuksak malakali mutaxassislar sifatida o‘zligini, o‘z qobiliyatlari, individualligi, 
    shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan holda biznes va boshqaruvda jamoaning 
    mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning, shuningdek, 
    tadbirkorlikning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat 
    ko‘rsatishdir. 
    Chunki shaxs o‘z qobiliyati, iqtidori, layoqati, tafakkuri, diqqati, e’tiqodi, 
    xarakteri, temperamenti, muomala va muloqoti xususiyatlarini bilib, uni to‘g‘ri 
    yo‘naltira olsa, o‘zi va o‘zgalar ruhiyatiga befarq bo‘lmaslikka, o‘z layoqatini 
    o‘stirishning elementar vositalaridan boxabar bo‘lishga yordam beradi. 
    O‘qitishda nazariy bilimlar qanchalik qat’iy bayon etilsa, talabaning fikr 
    yuritishi ham shunchalik aniq va to‘g‘ri bo‘ladi, o‘quv materiallarini to‘la, ongli 


    Oliy va o‘rta ta’lim tizimida pedagogik – psixologik muammolarning zamonaviy yechimlari 
    Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
    цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
    311
    o‘zlashtirish darajasi oshadi. Talabalar o‘qish jarayonida faqat nazariy 
    bilimlarnigina o‘zlashtirish bilan cheklanib qolmasliklari zarur. Ular nazariy 
    bilimlarni amaliyot bilan bog‘lab olib borishlari lozim. Ta’limdagi yutuqlar 
    nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘liqligiga asoslangandir. Talabalar 
    o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olsalar, amaliyotda ulardan 
    foydalana olsalar, shundagina ular o‘z kasbining chinakam mutaxassislari bola 
    oladilar. Talabalar amaliyotdagi hodisalarni kuzatish va o‘rganish orqali 
    qo‘shimcha bilimlarga ham ega bo‘lib boradilar. Orttirilgan bilimlarini nazariy 
    bilimlar bilan uyg‘unlashtirib, yagona umumlashgan xulosaga keladilar. 
    Natijada, ularda voqea va hodisalar mohiyatini anglash ko‘nikmasi shakllanadi. 
    Ishlab chiqarish kadrlar tayyorlash tizimida buyurtmachi va iste’molchi 
    funksiyalarini bajarib, kerakli yuksak darajalarda va tegishli sohalar uchun 
    kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonida faol ishtirok 
    etadi. Ishlab chiqarishning ehtiyojlari kadrlar tayyorlashga bo‘lgan ijtimoiy 
    buyurtmani shakllantiradi, kasb-hunarga tayyorlashning maqsadi, vazifasi va 
    mazmunini aniqlaydi, malakaviy talablarni ilgari suradi, zamonaviy 
    texnologiyalar va o‘qitish shakllarini tanlab olish shartlarini belgilaydi. Ishlab 
    chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga baho 
    beradi. 

    Download 6,64 Mb.
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   312




    Download 6,64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    avtomatik tarzda inson omilisiz nazorat qilish va  baholash o‘z samarasni beradi

    Download 6,64 Mb.
    Pdf ko'rish