II BO ‘LIM
MELIORATSIYA MASHINALARINI HISOBLASH VA
TANLASH
XI bob. MELIORATSIYA MASHINALARINI HISOBLASHNING
UMUMIY QOIDALARI
Melioratsiya mashinalarini hisoblash va tanlashda quyidagilarni
e’tiborga olish zarar: mashinaiarni har xil sharoitda, turli guruh
gruntiarida ishlashini; mashinaning harakati turli xil yo‘l (qumli, toshii,
botqoq, temir, muzli) sharoitida bo‘lishini; uning o ‘tuvchanligini;
quriladigan gidrotexnik inshootning o ‘lchamlarini.
Bundan tashqari turli shaklga ega b o ig an melioratsiya insho-
otlarini qurishda ishlatiladigan mashinaiarni takomillashtirish va ayrim
hollarda yangi ish jihozlarini loyihalashni, mashinani statik va dinamik
turg'unlikka bardosh berish usullarini aniqlash yo‘llarini o‘rganishni
taqozo etadi.
Ushbu qo‘yilgan savollarni amalga oshirish uchun mashina
quvvati, tortish kuchi, ish unumdorligi, statik va dinamik hisoblashni,
shuningdek, mashinaning turg‘un va ish paytida unga ta’sir etuvchi
tashqi va reaksiya kuchlarini aniqlashning uslubiyatini bilish talab
qilinadi.
Shuningdek, mashinaning ayrim qism va detallarini mustahkamlik
va chidamliligini aniqlashda, nazariy mexanika, materiallar qarshiligi va
mashina detallarini hisoblashning umumiy qoida va uslubiyotlarini
yaxshi o ‘zlashtirish zarur.