Strategik boshqarish jarayonining ta’rifi




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/158
Sana10.02.2024
Hajmi6,3 Mb.
#154089
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   158
Bog'liq
33740 Strategik boshqaruv

 
Strategik boshqarish jarayonining ta’rifi 
 
Yuqorida ko’rib o’tilgan strategik boshqarish vazifalarining xar biri doimiy tahlil 
va qarorlar qabo’l qilishni talab etadi: ishni belgilangan yo’nalishda davom ettirish 
kerakmi yoki unga o’zgartirishlar kiritish kerakmi? CHunki strategik menejment 
doimiy xarakatdagi jarayondir. 
1) bu besh vazifa bir-biridan ajralgan xolda bo’lmay , ular o’zaro o’zviy 
boglangan. Masalan, kompaniyaning missiyalariga bogliq masalalar mauyyan 
maqsadlar bilan jips boglangan; 
2)bu besh vazifa aloxida xolda amalga oshirilmaydi; 
3)strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish ogir jarayon xisoblanadi va 
menejerlardan turli xil xarakatlarni talab qiladi; 
4)strategik 
menejmentga 
doimiy 
yetarli 
etibor 
berish 
strategiyani 
takomillashtirish zaruriyati va uni amalga oshirish usullarini yangilash strategiyaning 
sifati, samaradorligini oshirish uchun xar bir xodimdan talab qilinadi. 
Bu bosqichlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik 2-rasmda ko’rsatilgan. 
2 - rasm. Strategik menejment jarayoni 
Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari
4

Strategik boshqaruvning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat: 
1. Biznes sohasini aniqlash va Korxonaning asosiy maqsadini ishlab chiqish. 
2. Korxonaning asl maqsadini aloxida o’zoq muddatli va qisqa muddatli faoliyat 
maqsadlariga aylantirish. 
3. Faoliyat maqsadlariga erishish strategiyasini belgilash. 
4. Strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish 
5. Faoliyatni baholash, vaziyatni ko’zatib borish va unga to’zatishlar kiritish. 
 
Strategik boshqarish ijrochilari 
 
Korxonaning ijrochi direktori strategiya bo’yicha eng ta’sirli va javobgar menejer 
bo’lib xisoblanadi. Asosiy direktor lavozimi vazifalarini qo’yuvchi funktsiyalarni 
bajarishni ko’zda tutadi. U maqsadlarni belgilaydi, strategiyani, uni bajarish yo’llarini 
ishlab chiqadi. 
Ishlab chiqarish, marketing, moliya, kadrlar va boshqa funktsiyalar bo’yicha 
vitse-prezidentlar xam strategiya ishlab chiqadilar va uni amalga oshirish bo’yicha 
javobgar xisoblanadilar. Xar bir menejer o’zining javobgarlik sohasi bo’yicha 
strategiyani ishlab chiqish va uning bajarilishini ko’zatib boradi. 


30 
Diversifikatsiyali kompaniyalarda bir necha tarmoqlarda boshqaruv talab etilib, 
strategiya bo’yicha menejerlarning 4 darajasi mavjud bo’ladi: 
-ijrochi direktor yoki yuqori boshqaruv pogonasi raxbari; 
-aloxida korxonalarning foyda va zararlari uchun javobgar menejerlar; 
-muayyan ishlab chiqarish bo’linmasi bo’yicha funktsional menejerlar; 
-asosiy operativ bo’linmalar va regional bo’limlar menejerlari; 
Xususiy kompaniyalar va korxonalarda odatda strategiya bo’yicha bitta yoki 
ikkita menejer mavjud bo’ladi. 
Strategik menejerga qo’yiladigan asosiy talablar. 
Bugungi kundagi murakkab va tez o’zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun 
Korxona strategiyani ishlab chiqishni boshqaruvchilarni - strategik menejerlarni 
aniqlab olishi lozim. Ularning vazifasi - butun tashkilot faoliyatining ma’lum bir 
yo’nalishda borishini ta’minlashdir (ular ko’pincha kompleks menejerlar deb ataladi). 
Ular biznesning ayrim funktsiyalarining (xodimlar, ta’minot, ishlab chiqarish, savdo, 
mijozlarga xizmat ko’rsatish, xisob) bajarilishini ta’minlaydigan funktsional 
menejerlardan farq qiladi va butun tashkilotni strategik jixatdan boshqarib, 
kompaniyada o’ziga xos o’rin egallaydi. 
E.Vrappning fikricha (Chiqago universiteti), eng omadli strategik menejerlar 
quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kerak: 
- ko’p narsadan yaxshi xabardor bo’lishlari, 
- o’z vaqti va energiyasini boshqara olishlari, 
-yaxshi siyosatchi bo’lishlari (konsensus topa olishlari), 
-ekspertlarga o’xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari», 
-dasto’rni xususiy yo’nalishlarda ilgari sura olishlari lozim. 
Ko’p narsadan xabardor bo’lish boshqaruvning turli pog’onalarida keng ko’lamli 
boshqaruv qarorlarini qabo’l qila olishga imkon beradi. Menejerlar tashkilotning turli 
qismlarida axborot manbalari tarmog’ini tashkil qilishlari kerak, bu ularga operativ 
voqelikdan xabardor bo’lib turishga imkon beradi. 
Ular o’z vaqti va energiyasini turli ishlar, qarorlar va muammolar o’rtasida to’gri 
taqsimlay olishlari kerak. Ular qachon javobgarlikni taqsimlash kerakligi, qaysi paytda 
esa xususiy muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim. 
Yaxshi siyosatchi o’z fikrlari asosida konsensus topa olish san’atini egallagan 
bo’lishi, ularni o’z obro’si bilan ilgari surish uchun bosim ko’rsatmasligi kerak. 
Udiktator emas, balki koalitsiyaning a’zosi yoki raxbari sifatida ish tutishi lozim. 
O’zgaruvchan dunyo strategik menejerdan moslashuvchanlikni talab qiladi. U 
manevrlarga va vujudga kelgan vaziyatga moslashishga tayyor turishi kerak. Bu esa 
Korxona ma’lum bir maqsadlarsiz ish tutsa-da, biroq ularni o’zgartirishga tayyor 
turishi kerakligini anglatadi. 

Download 6,3 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   158




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Strategik boshqarish jarayonining ta’rifi

Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish