• Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari Kompaniyani boshqarishda direktorlar kengashining o’rni va vazifalari
  • Tayanch iboralar: Strategiya, strategik menejment, strategiyani amalga oshirish, strategik ko’rish, kompaniya missiyasi, yangi yo’nalashlarni tahlil
  • Menejment va marketing




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/158
    Sana10.02.2024
    Hajmi6,3 Mb.
    #154089
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   158
    Bog'liq
    33740 Strategik boshqaruv

    III. NAZARIY MATERIALLAR 
    1-MAVZU. STRATEGIK BOSHQARISH JARAYОNI 
     
    Strategik menejment fanining mohiyati 
     
    Strategik menejmentning besh vazifas. 
     
    Strategik boshqarish jarayonining ta’rifi 
     
    Strategik boshqarish ijrochilari 
     
    Strategik rejalashtirish va uning afzalliklari 
     
    Kompaniyani boshqarishda direktorlar kengashining o’rni va vazifalari 
    Strategik fikrlash va uning afzalliklari. 
     
    Strategik menejmentning ahamiyati 
     
    Tayanch iboralar: Strategiya, strategik menejment, strategiyani amalga 
    oshirish, strategik ko’rish, kompaniya missiyasi, yangi yo’nalashlarni tahlil 
    qilish, maqsadni aniqlash, strategiya yaratish, strategik rejalashtirish 
     
     
    Strategik menejment fanining mohiyati 
     
    Strategiya 
    umumiy 
    tarzda 
    korxonaning 
    mavqeini 
    mustaxkamlash, 
    istemolchilarning talablarini qondirish va qo’yilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan 
    boshqarish rejasidir. Aniq strategiyani tanlash - rivojlanishning mumkin bo’lgan turli 
    yo’llari va usullari ichidan eng maqbo’lini tanlab olish demakdir. 
    Korxonani boshqarish rejasi quyidagi asosiy funktsiya va bo’linmalarni o’z 
    ichiga oladi: ta’minot, ishlab chiqarish, moliya marketing, xodimlar, ilmiy tadqiqotlar 
    va ishlanmalar. 
    Strategik tanlash - bu biznes yechimlar va raqobatga bardoshlilik xarakatlarini 
    yagona tizimga bog’lash demakdir
    1

    Strategiyani ishlab chiqish menejerlarning asosiy funktsiyalaridan biridir. Ba’zi 
    menejerlar kuchli strategiya ishlab chiqadilar, biroq uni xayotga tadbiq eta olmaydilar. 
    Boshqalari o’rtacha strategiya ishlab chiqadilar va uni moxirona amalga oshiradilar. 
    Strategiya qanchalik yaxshi o’ylangan va moxirona amalga oshirilgan bo’lsa, 
    kompaniyaning mavqei shunchalik kuchayadi. Boshqarish yaxshi tashkil etilgan 
    kompaniyalar xam kutilmagan noxush vaziyatlarga duch keladi. Pirovard natijada 
    yaxshi strategiya bozorda kuchli mavqeni egallash, kutilmagan holatlarga, kuchli 
    raqobatga va ichki muammolarga qaramay muvaffaqiyatli ishlashga zamin yaratadi. 
    «Menejment asoslari» kursidan bizga ma’lumki, menejment quyidagilarni 
    aniqlashdan iboratdir: 
    -«biz qaerdamiz?» 
    - «qayoqqa ketyapmiz?» 
    - faoliyatimizning maqsadlari qanday?» 
    - maqsadga erishish yo’llari qanday ?» 
    - optimal yo’lni tanlash mezonlari nimalardan iborat? 
    - pirovard natija qanday bo’lishi kerak? 
    Bu savollarning javoblari kelgusi boshqaruv tsikllarida foydalanish uchun 
    maqsad va natijalarni aniqlash uchun o’ta muximdir. 
    1
    Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p4 


    25 
    Strategik menejment kompaniyaning o’zoq muddatli maqsadlar va faoliyatiga 
    ta’alluqlidir. Aytish mumkinki, strategiyani (xarakatlar tarzini) va uning aniq 
    vositalarini ifodalash boshqaruvning negizini tashkil qiladi va kompaniyada 
    menejmentning yaxshi yo’lga qo’yilganligini ko’rsatuvchi eng to’g’ri belgi bo’lib 
    xizmat qiladi
    2

    Strategik menejmentning mazmuni quyidagilardan iborat: 
    - Korxona biznesining yo’nalish va asosiy maqsadlarni belgilab olish; 
    - Korxonaning tashqi muhitini tahlil qilish; 
    - undagi ichki vaziyatni tahlil qilish; 
    - Korxona yoki xo’jalikning o’rta bo’g’inlarida strategiyani tanlash va ishlab 
    chiqish; 
    - diversiyalangan Korxonaning portfelini tahlil qilish; 
    - uning tashkiliy strukturasini loyihalash; 
    - integratsiya darajasini va boshqaruv tizimini tanlash; 
    - «strategiya - struktura - nazorat» majmuasini boshqarish, 
    - Korxona faoliyatining ba’zi sohalardagi siyosatini va uning fel-atvor meyorlarni 
    belgilash, 
    - kompaniya strategiya va natijalarining teskari aloqasini ta’minlash, 
    - strategiyani, strukturani va boshqaruvni takomillashtirish. 
    Strategiya - tashkilotning tashkiliy vazifa va maqsadlariga erishishda 
    foydalaniladigan tashkiliy xatti-xarakatlar va boshqaruvga yondashuvlari tarzidir. 
    Biznes sohasini belgilash, maqsadni belgilash, qisqa va o’zoq muddatli 
    vazifalarni (dasturlarni) aniqlash, maqsadga erishish strategiyasini belgilab olish 
    strategik rejani tashkil qiladi. 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   158




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish