|
Klasterni to’zish bo’yicha o’quv topshirig’igayo’riqnomaBog'liq 33740 Strategik boshqaruvKlasterni to’zish bo’yicha o’quv topshirig’igayo’riqnoma
1.
Katta qog’oz varag’i markazida kalit so’z yoki 1-2 so’zdan iborat mavzu
nomini aylana ichiga yozing.
2.
Kalit so’z bilan birlashdigan yon tomoniga kichkina hajmdagi aylana-
“yo’ldoshcha” ichiga mavzu bilan aloqador so’z yoki so’z birikmasini yozing. Ularni
chiziq bilan “bosh” so’zga bog’lang.
3.
Ushbu “yo’ldoshcha”larda “kichik yo’ldoshlar” ham bo’lishi mumkin, ular
ichiga yana so’z yoki iboralar yozib ajratilgan vaqt tugagunga qadar yoki g’oyalar
tugamagunga qadar davom ettiriladi.
Ushbu metod o’quvchilarni quyidagilarga undaydi:
• muammoni shakllantirishga;
• amaliy vaziyatni tahlil qilish va baholashga;
• muammo yechimini eng maqbo’l variantini tanlashga.
O’quv mashg’ulotning o’qitish texnologiyasini tanlashni ikki asosiy dalil
belgilaydi:
1. Keysning hajmi (qisqa, o’rtacha miqdordagi, katta)
2. O’quv topshirig’ini taqdim etish usuli:
- savolli ( savollar keysdan keyin keltiriladi)
- topshiriqli (topshiriq keys kirish qismining oxirida keltiriladi)
O’QUV LOYIHA METODI
Ushbu metodning mohiyati shundan iboratki, ma’lum muddat ichida (bitta
o’quv mashg’ulot doirasidan 2-3 oy muddat ichida) ta’lim oluvchi guruhli yoki yakka
tartibda berilgan mavzu yo’zasidan loyiha topshirig’ini bajaradi. Uning vazifasi –
muayyan foydalanuvchiga yo’naltirilgan yangi ma’lumot olish, belgilangan muddat ichida
berilgan u yoki bu muammoni ilmiy, texnikaviy yechimidan iborat.
O’quv loyihasi tushunchasi:
- muayyan istemolchiga mo’ljallangan, muammolarni izlash, tadqiq qilish va
yechish, natijani noyob (moddiy yoki intellektual) mahsulot ko’rinishida
rasmiylashtirishga qaratilgan. Talablarning mustaqil o’quv faoliyatini tashkil qilish
usuli;
- nazariy bilimlar orqali amaliy vazifalarni yechishga qaratilgan o’quv vosita va
qurollari;
- rivojlantiruvchi, ta’lim-tarbiya hamda bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish
va malakalarni shakllantirishga qaratilgan didaktik vosita.
|
| |