22
«Nima uchun?» sxemasini to’zish bo’yicha o’quv topshirig’iga yo’riqnoma
O’quv topshiriqda ko’rsatilgan muammosababini aniqlash uchun:
1) Muammoni yozing va strelka chizig’ini chiqarib «Nima uchun?» so’rog’ini
yozing.
2) Savolga javob yozib nima uchun so’rog’ini takror yozib boravering. Bu
jarayonni muammoning dastlabki sababi aniqlanmagunicha davom ettiring
“Baliq skeleti” sxemasini to’zish bo’yicha o’quv topshirig’iga yo’riqnoma
O’quv topshiriqda ko’rsatilgan muammo maydonini tavsiflash uchun:
1.«Baliq skeletini” chizing:
Muammo osti
muammolar
Muammo osti
muammolarning
mavjudligini tasdiqlovchi
dalillar
2. «Suyak»ning chap qismida (yoki yuqori suyakda) muammo osti muammoni
yozing, o’ng qismida (pastki suyakda) – muammo osti muammoni amalda mavjud
ekanligini tasdiqlovchi dalillarni yozing.
«Qanday?» diagrammasini to’zish bo’yicha o’quv topshirig’iga
yo’riqnoma
«Qanday?» diagrammasini to’zishdan avval, siz quyidagilarni bilishingiz kerak:
ko’p hollarda Sizga muammolar hal etishda «Nima qilish kerak?» haqida o’ylashga
hojat bo’lmaydi. Muammo yechimini topish uchun asosan «Buni
qanday qilish
kerak?» qabilida bo’ladi. «Qanday?» - muammoni
hal etishda asosiy savol
hisoblanadi.
1. Doira chizing va uning ichiga yechilishi lozim bo’lgan muammoni yozing.