• PINBORD TEXNIKASI
  • KEYS–STADI METODI KEYS
  • Menejment va marketing




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/158
    Sana10.02.2024
    Hajmi6,3 Mb.
    #154089
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   158
    Bog'liq
    33740 Strategik boshqaruv

    INSERT TEXNIKASI 
     
    INSERT (inglizcha so’zdan olingan bo’lib - INSERT Interaktive- interfaol 
    Noting – belgilash System - tizim for-uchun Effective – samarali Reading – o’qish 
    and– va Thinking – fikrlash degan ma’noni anglatadi). 
    1) Samarali o’qish va fikrlash uchun matnda belgilar qo’yishning interfaol 
    tizimi hisoblanadi. 
    Matnni belgilash tizimi: 
    (√) - mening bilganimni tasdiqlovchi axborot; 
    (+) –men uchun yangi axborot; 
    (−) - menning bilganlarimga, zid axborot; 
    (?) - meni o’ylantirib qo’ydi. Bu bo’yicha menga qo’shimcha axborot kerak. 
    PINBORD TEXNIKASI 
     
    Pinbord–(inglizchadan: pin- mahkamlash, board – yozuv taxtasi) – 
    o’quvchilarni tizimli va mantiqiy fikr bildirishga o’rgatadigan metod. 
    Pinbord texnikasi
    1) muammoli masalalar va vaziyatlar, aqliy hujum va amaliy o’qitish metodlari 
    bilan birga jamoaviy tarzda (guruhlarda) muammoni yechish variantlarini baholash 
    hamda ular ichidan eng yaxshisini tanlash imkonini beradi; 
    2) aqliy hujum va amaliy o’qitish metodlari bilan birga jamoaviy tarzda 
    (guruhlarda) toifali sharh o’tkazish imkonini beradi. 
    Pinbord texnikasining texnologik chizmasi 
    KEYS–STADI METODI 
     
    KEYS – (ingl. sase – to’plam, aniq vaziyat) – nazariy bilimlarni amaliy 
    vazifalarni yechish jarayonida qo’llash imkonini beruvchi o’qitish vositasi
    Keysda bayon qilingan vaziyatni o’rganib va tahlil qilib, o’quvchilar o’zining 
    kelgusidagi kasbiy faoliyatida o’xshash vaziyatlarda qo’llashi mumkin bo’lgan tayyor 
    yechimni oladi. 
    Keysda bayon qilingan vaziyatlar (kasbiy), amaliy 
    mashg’ulotlarda 
    yechiladigan vaziyatli masalalardan tubdan farq qilinadi. Agar vaziyatli masalalarda 
    har doim shart (nima berilagan) va talab (nimani topish kerak) berilgan bo’lsa, keysda, 
    qoidaga ko’ra, bunday parametrlar mavjud emas. 
    O’quvchiga taqdim etilgan ixtiyoriy keysda: 
    • keysning belgilanishi va topshiriq/savollar aniq ifodalangan bo’lishi kerak; 
    • bayon qilingan muammoli vaziyatni yechish uchun kerakli va yetarli xajmda 
    ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak 
    keysni yechish uchun uslubiy ko’rsatmalar bo’lishi kerak. 
    Keys–stadi (ingl.sase– to’plam, aniq vaziyat, stadi-o’qitish)–amaliy o’qitish 
    vaziyatlarmetodi. 
    Keys-stadi - o’qitish, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo’yilgan 
    ta’lim maqsadini amalga oshirish va keys-stadida bayon qilingan amaliy muammoli 
    vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan o’quv natijalariga kafolatli 
    yetishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va 
    vositalari majmuidan iborat bo’lgan o’qitish texnologiyasidir. 


    21 

    Download 6,3 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   158




    Download 6,3 Mb.
    Pdf ko'rish