Muammolarni aniqlash va ifodalash. Muammolarni aniqlash uchun




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/158
Sana10.02.2024
Hajmi6,3 Mb.
#154089
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   158
Bog'liq
33740 Strategik boshqaruv

 
Muammolarni aniqlash va ifodalash. Muammolarni aniqlash uchun 
qo’yiladigan savollar. Kompaniya avvalgi strategiyasini amalga oshira oladimi? 
 
Kompaniyaning strategik istiqboli uchun kuchli jixatlar ayniqsa muximdir
chunki ular strategiyaning poydevorini tashkil qiladi, raqobatli ustunliklar ana shu 
jixatlar asosiga qurilishi lozim. Ayni paytda yaxshi strategiya zaif jixatlarni ko’rib 
chiqishni xam talab qiladi. Tashkiliy strategiya bajarish mumkin bo’lgan ishlarga 
yaxshi moslashgan bo’lishi lozim. Kompaniyaning o’ziga xos jixatlarini aniqlash 
aloxida axamiyat kasb etadi. Bu esa strategiyani shakllantirish uchun muximdir, 
chunki
31

- noyob imkoniyatlar Korxonaga bozordagi qulay vaziyatlardan foydalanish 
imkoniyatini beradi; 
- bozorda raqobat ustunliklarini vujudga keltiradi; 
- potentsial jixatdan strategiyaning asosini tashkil etishi mumkin. 
Tarmoqdagi qulay imkoniyatlarni kompaniyaning qulay imkoniyatlaridan 
farqlash kerak. Tarmoqdagi ustivor va qayta paydo bo’layotgan qulay imkoniyatlar 
raqobat ustunligiga ega bo’lgan yoki o’sish uchun boshqa imkoniyatlari bo’lgan 
kompaniyalar uchun ayniqsa mos keladi. 
SWOT-tahlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi: 
- kompaniya o’z strategiyasida o’zining ichki kuchli tomonlaridan yoki 
ustunliklaridan foydalanadimi? Agar kompaniyaning xech qanday ajralib turuvchi 
31
Strategic Management concepts and cases. Arthur A. Thompson. Jr. A.J Strikland. p.168 


61 
ustunliklari bo’lmasa, uning qanday potentsial kuchli jixatlari ana shu ustunliklarga 
aylanishi mumkin? 
- kompaniyaning zaif jixatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular 
ma’lum bir qulay jixatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jixatdan 
kelib chiqqan xolda qaysi zaif jixatlarga to’zatish kiritish kerak? 
- qanday qulay sharoitlar kompaniyaga muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat 
yaratadi? SHuni qayd qilib utish lozimki, foydalanish usullari bo’lmagan qulay 
imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Korxonaning kuchli va zaif tomonlari uning 
boshqa Korxonalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga yaxshiroq yoki 
yomonroq darajada moslashishiga yordam beradi. 
- menejerni qaysi taxdidlar ko’proq tashvishlantirishi kerak? U himoyani yaxshi 
tashkil qilish uchun qaysi strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim? 

Download 6,3 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   158




Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muammolarni aniqlash va ifodalash. Muammolarni aniqlash uchun

Download 6,3 Mb.
Pdf ko'rish